Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo


– MAVZU: GOMOGEN KIMYOVIY REAKSIYALARNING KINETIKASI


Download 451.95 Kb.
bet31/52
Sana28.10.2023
Hajmi451.95 Kb.
#1732194
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Bog'liq
Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org

17 – MAVZU: GOMOGEN KIMYOVIY REAKSIYALARNING KINETIKASI
Kimyoviy kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezligi haqidagi ta’limot bo’lib, u kimyoviy reaksiyalarning vaqt bo’yicha o’zgarishi qonuniyatlarini o’rganadi.
Turli kimyoviy reaksiyalar har xil tezlikda boradi. Ba’zi reaksiyalar juda tez boradi, boshqalari shu darajada sekin boradiki, yuzaki qaraganda hatto reaksiya bormayotganga o’xshaydi. Portlash bir onda sodir bo’ladigan reaksiyaga misoldir.
Bunda sekundning ulushlari qadar vaqt ichida portlovchi qattiq modda gazsimon mahsulotlarga aylanadi.
Temirning zanglashi ya’ni korroziyalanish jarayoni asta-sekin boradigan reaksiyadir.
Korroziylanish tufayli yiliga ishlab chiqariladigan metallning taxminan 12% befoyda yo’qoladi.
Korroziyalanish jarayoni atrof-muhitga bog’liq.
Masalan, namlik yuqori va havosi o’rtacha issiq mamlakatlarda po’lat va temir buyumlar o’rtacha mintaqalardagiga qaraganda tezroq zanglaydi.
Bir idishga xona haroratsida vodorod bilan kislorodni aralashtirib solinsa, har qancha uzoq vaqt qo’yib qo’yilganda ham idishga suv tomchisi paydo bo’lmaydi.
Bunda vodorod kislorod bilan umuman birikmaydiganga o’xshaydi. Aslida esa reaksiya juda sekin boradi idishda suv tomchisi hosil bo’lishi uchun necha ming yil o’tishi kerak. Lekin shu idish qizdirilganda tez orada “terlaydi” suv hosil bo’ladi. 500C da esa bu gazlar bir onda portlash bilan birikib suv hosil qiladi.
Biror reaksiyadan amalda foydalanishni uning qanday tezlik bilan borishini bilishning ahamiyati katta. Masalan, kimyoviy reaksiyalardan foydalaniladigan ishlab chiqarish jarayonlarida apparatning unumdorligi reaksiyaning tezligiga bog’liq.
Agar ko’mirning yonish reaksiyasi bir onda sodir bo’ladigan bo’lsa, biz qonunlarni o’rganish sodir bo’ladigan jarayonning muhim tomonlarini reaksiyaning mexanizmning chuqurroq tushunib olishga reaksiyalarni ongli ravishda boshqarishga imkon beradi.
Kimyoviy kinetikani o’rganishga rus olimlaridan N.A.Menshutkin (birinchi bo’lib eritmalardagi reaksiyalarning kinetikasini tekshirgan). N.A.Shilov (murakkab reaksiyalarning kinetikasini o’rgangan) va boshqa olimlar katta hissa qo’shgan.

Download 451.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling