Mavzu: Kislorod yetishmovchiligi va o'lim Reja


Gipoksiya va mexanik asfiksiya haqida tushuncha hamda mexanik asfiksiya klassifikatsiyasi


Download 21.94 Kb.
bet2/4
Sana13.12.2022
Hajmi21.94 Kb.
#1001053
1   2   3   4
Bog'liq
Sud med Ulugbek Sh

Gipoksiya va mexanik asfiksiya haqida tushuncha hamda mexanik asfiksiya klassifikatsiyasi

Hayotni bir maromda saqlab turish uchun boshqa sharoitlardan tashqari organizm uchun etarli darajada kislorod miqdori zarur. Tashqi muhit o’zgarishlari yoki organizmdagi o’zgarishlar kislorod etishmovchiligiga sabab bo’lishi mumkin. Bunga gipoksiya deyiladi. Bu o’z navbatida odamni sog’lig’ini buzilishiga va xatto tezda o’limga olib kelishiga sababchi bo’lishi ham mumkin. O’zining kelib chiqishiga ko’ra gipoksiyaning gipoksemik, qonda qislorodning kamayishi (gemik), tsirkulyator va to’qimaga aloqador turlari mavjud.


Sud tibbiyoti amaliyotida o'tkir kislorod yetishmovchiligining har xil turlarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Bular qatoriga asfiksiya kiradi. Asfiksiya, bu o‘tkir o'tadigan patologik jarayon bo'lib, qonda va organizm to'qimalarida kislorodning yetishmovchiligi tufayli organizmda ko‘p miqdorda karbonat angidrid to ‘planishi bilan xarakterlanadigan jarayondir. Organizmga mexanik faktorlaming ta ’siri tufayli chaqirilgan asfiksiyaga mexanik asfiksiya deyiladi. Mexanik asfiksiya o'pkada nafas olishning o'tkir buzilishi, qon aylanishi va markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bir necha daqiqa ichida asfiksiya holati o'lim bilan tugashi mumkin. Kamdan-kam hollarda odamni asfiksiya holatidan tiriltiriladi. Ko'pchilik hollarda tiriltirilganlar ham m a lu m m uddatdan keyin pnevmoniyadan yoki markaziy nerv sistemasi funksiyasidagi qaytmas o‘zgarishlardan o'lib qolishi mumkin.
Mexaniki asfiksiya va uning klassifikatsiyasi haqida gapiradigan bo'lsak, Tashqi faktorning ta’sir qilish joyi va xarakteriga qarab mexanik asfiksiya quyidagi turlarga bo’linadi:
I. Siqilish tufayli vujudga kelgan asfiksiya. Bunga quyidagilar kiradi:

  1. strangulyatsion asfiksiya (osish, sirtmoq bilan bo’g’ish, qo’l bilan bo’g’ish);

  2. kompression asfiksiya (ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’ini siqilishi).

  1. Yopilish tufayli sodir bo’lgan asfiksiya. Bunga:


  1. obturatsion asfiksiya (og’iz bo’shlig’i va burun, nafas olish yo’llarining yot jismlar bilan yopilishi);

  2. aspiratsion asfiksiya (sochiluvchan jismllar, suyuqliklar, qusuq massalarining yutilishi);

  3. cho’kish (asfiksik, «quruq», haqiqiy, «nam».

  1. Chegaralangan yopiq bo’shliqda sodir bo’lgan asfiksiya (boshig tsellofan xaltasini kiygizish, yopiq xonada sodir bo’lgan asfiksiyalar).

Mexanik asfiksiyalar ichida eng ko’p uchraydigani osish (60 foizga yaqin) va cho’kish (30 foizgacha), qolganlari esa ancha kam uchraydi. Yana shuningdek mexanik asfiksiyaning rivojlanish jarayoni va murdadagi belgilar haqida ham aytib o'tishimiz kerak.
Asfiksiyaning kechishi 5 davrga bo’linadi:

  1. asfiksiya oldi davri;

  2. xansirash davri;

  3. nafas olishning qisqa muddatga to’xtash davri (pauza davri);

  4. terminal nafas olish davri;

  5. nafas olishni to’lig’icha to’xtash davri.

Asfiksiya oldi davrida nafas olish qisqa muddatga (10-15 sekund) to’xtaydi. Ba’zan tartibsiz harakat qilishi mumkin. Bu davrda asfiksiyaning hech bir belgisi kuzatilmaydi. Ikkinchi davrda organizmda karbonat angidrid yig’ilgani va kislorod kamaygani uchun nafas olish tezlashadi. Avvalo nafas olish chiqarishga qaraganda ancha chuqur va davomli bo’ladi. Bunga inspirator xansirash deyiladi. Taxminan bir minutdan keyin inspirator xansirash ekspirator xansirash bilan almashinadi. Bunda nafas chiqarish nafas olishga qaraganda ustunlik qiladi. Bu davrning oxirida kuchli klonik talvasalanish boshlanib o’ziga bog’liq bo’lmagan holda axlati va siydigi ajraladi. Pauza davrida nafas olish to’xtaydi, reflekslari, og’riqni sezish va taktil sezuvchanligi yo’qoladi, ammo yurakning qisqarishi saqlanadi. Bundan keyin terminal nafas olish davri boshlanadi. Bu davrda havo etishmovchiligi tufayli tez va kalta-kalta nafas olish kuzatiladi. Bu davr tugagach, beshinchi davr nafas olishning to’liq to’xtashi ko’zga tashlanadi. Bu davrda yurak urishi tezlashadi va kuchsizlanib, ko’pincha asfiksiya boshlangan davrdan 5-8 minut o’tgach to’xtaydi, o’lim sodir bo’ladi. Ko’pincha nafas olish to’xtagandan keyin ham yurak urishi 15-30 minutgacha davom etadi. Yuqorida ko’rsatilgan vaqt asfiksiyaning turi, rivojlanishining ayrim holati va organizmning individual xususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin. Asfiksiyaning rivojlanish jarayonida qon aylanish keskin buzilishi ko’zga tashlanadi. Yurak muskullariga o’tkir kislorod etishmasligidan yurakning qisqarishi susayadi hamda arterial bosim kamayadi. O’pkadan qonni oqib ketishi qiyinlashishi tufayli yurakning o’ng tomoni qon bilan to’lib, g’ovak venalardan qonni oqib ketishi qiyinlashadi. Buning natijasida venoz sistemasi qon bilan to’lishib ichki organlar to’laqonli bo’lib qoladi. Ayrim yurak-qon tomiri kasalliklarida asfiksiyaning o’tishi yurakning to’xtab qolishi nafas olishning to’xtashiga qadar sodir bo’ladi.
Mexanik asfiksiyada markaziy nerv sistemasi funktsiyasining og’ir buzilishi bilan birga davom etadi. Asfiksiyaning birinchi minuti oxiri va ikkinchi minutining boshida xushini yo’qotadi, bo’yin tomirlari siqilganda, ayniqsa osilish paytida yanada oldinroq xushini yo’qotish kuzatiladi. Agar asfiksiya sekinlik bilan rivojlansa xushini yo’qotish bilan birgalikda ko’rish, eshitish hamda og’riqni sezish qobiliyati ham yo’qoladi. Mexanik asfiksiya uchun barcha mushaklarda qisqarishlar (talvasalar) tufayli va aktiv harakat qilish qobiliyatini yo’qotilishi ham xarakterli hisoblanadi. Ichak va siydik pufagi silliq mushaklari qo’zg’aluvchanligi oshishi hamda sfinktorlarning kuchsizlanishidan odamni o’ziga bog’liq bo’lmagan holatda axlati va siydigini chiqib ketishi kuzatiladi. Shu sababga ko’ra erkaklar spermasi ham ajralishi mumkin.
Asfiksiyaning belgilari. Mexanik asfiksiyadan o’lganda murdani tekshirishda qator belgilar kuzatiladi. Ammo bu belgilar umumasfiksik deb atalib, faqatgina mexanik asfiksiyadagina emas, balki o’lim birdaniga sodir bo’lganda (masalan, yurak-qon tomiri sistemasi kasalliklari, elektr tokidan jarohatlanish va to’satdan o’lim) ham kuzatilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda ko’pgina hollarda shu belgilar mexanik asfiksiyadan o’lgan murdalarni tanasida topilmasligi ham mumkin. Bunday hollarda aniqrog’i umumasfiksik belgilar emas, balki tezda sodir bo’ladigan o’limning belgilari deb gapirish to’g’ri bo’ladi.
Asfiksiyaning belgilari 2 guruhga: tashqi va ichki belgilarga bo’linadi.
Asfiksiyaning tashqi belgilariga quyidagilar kiradi:

  1. Ko’zning biriktiruvchi pardasiga mayda nuqtali qon quyilish. Ular ko’p yoki alohida bo’lishi mumkin. Ko’pincha kon’yunktivaning o’tuvchi burmasida joylashadi. Uzoq davom etuvchi asfiksiyada qon quyilishlar ko’z qovog’i terisi, yuzi, bo’yni, ko’kragining yuqori qismi, og’iz shilliq pardasida (bu belgi venoz bosimning oshib ketishi, gipoksiya tufayli tomir devori o’tkazuvchanligining oshishidan darak beradi) ko’zga tashlanadi.

  2. Yuzini ko’karishi - ko’p uchraydigan, ammo doimiy bo’lmagan belgi; u murdaning pastki qismiga qonni oqishi tufayli o’lgandan keyin dastlabki birinchi soatda yo’qoladi; boshqa tomondan, murdani yuzi bilan pastga qaratib qo’yilganda ko’karish mexanik asfiksiya bilan bog’liq bo’lmagan holda ham kuzatilishi mumkin.

  3. Tarqalgan intensiv to’q-binafsha murda doglarining paydo bo’lishi. Ularning intensivligi qonning suyuq holatda bo’lishiga bog’liq va shuning uchun ham tananing pastki qismida qon almashinuvi buzilishi tufayli ko’zga tashlanadi; murda dog’larining bunday holati o’lim tez sodir bo’lgan barcha hollarda kuzatilib, bu belgining diagnostik ahamiyati uncha muhim emas.

  4. O’ziga bog’liq bo’lmagan holda axlati, spermasi va siydigining chiqishi.

  5. Ko’z qorachig’ining kengayishi.

  6. O’limning belgilarini erta paydo bo’lishi va murdaning tez chirishi.

Asfiksiyadan o’lganlikning ichki belgilariga quyidagilar kiradi:

  1. Qonning suyuq va xira bo’lishi. Bu doimo uchraydigan belgi bo’lib, qonning tarkibidagi fibrinogenni erishi bilan bog’liq.

  2. Yurakning o’ng tomoni va unga kelib quyiladigan katta qon tomirlarining to’laqonligi. Bu kichik qon aylanish doirasida qon aylanishning qiyinlashuvi bilan bog’liq.

  3. Ichki organlarning to’laqonligi. Bu holat kichik qon aylanish doirasida qon bosimining oshib ketishi tufayli ichki organlardan qonni oqib ketishi qiyinlashuvi tufayli yuzaga keladi.

  4. Taloqning kamqonligi – bu belgi kamroq uchraydi, ammo asfiksiyaning boshqa belgilari bilan birgalikda mexanik asfiksiyadan o’limning diagnostikasids foydalaniladi.

  5. Plevra va epikard tagida mayda qon quyilishlar bo’lishi. Bunga Tarde dog’lari deyiladi. Bu qon quyilish kapillyarlarning to’la qonligi va kapillyar bosimining oshib ketishi tufayli sodir bo’ladi.

  6. Alveolalar emfizemasi va o’pka shishi. Alveolalar emfizemasi xansirash paytida yuzaga kelib, alveolalar chegara devori uzilganda oralik emfizema ham rivojlanishi mumkin. Organlar to’laqonligi, qon tomirlari devori o’tkazuvchanligi oshishi, qon aylanish doirasida qonning dimlanishi tufayli o’pka shishi kelib chiqadi.


Shunday qilib, umumasfiksik belgilar ko’pligiga qaramasdan ular ichida mexanik asfiksiya uchun doimiy birorta xarakterli belgi yo’q. Shuning uchun ham mexanik asfiksiyadan o’limning diagnostikasida faqat barcha ko’rsatilgan belgilar birgalikda asfiksiyaning alohida turi (strangulyatsion egatcha, bo’ynida yarimoysimon shilinishlar, burni va og’iz bo’shlig’i atrofida mayda pufakchali ko’pik bo’lganda va boshqalar) ga xos belgilar bilan qo’shilib kelgan taqdirda muhim hisoblanadi.



Download 21.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling