Mavzu: Kislorod yetishmovchiligi va o'lim Reja


Ezilish natijasida ro'y beradigan mexanik asfiksiya turlari


Download 21.94 Kb.
bet3/4
Sana13.12.2022
Hajmi21.94 Kb.
#1001053
1   2   3   4
Bog'liq
Sud med Ulugbek Sh

Ezilish natijasida ro'y beradigan mexanik asfiksiya turlari

Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda beriladi. Ariza shakli, mazmuni va matniga qo‘yilgan talablar da’vo arizasiga qo‘yilgan talablarga o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga, buyruq chiqarish jarayonining o‘ziga xosligini hisobga olib, uning shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilinishini ko‘zda tutadi. Lekin buyruq tartibida ish yuritishda, da’vo arizasi bilan murojaat qilishdagi jarayondan farqli ravishda, nizosiz va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan talablar ko‘rib chiqiladi.


Demak, sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizada talablar bayon qilinib, uni asoslovchi holatlar va tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish bilan kifoyalaniladi. Lekin sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalarning mazmuniga alohida e’tibor berish lozim. Unda ariza berilayotgan sudning nomi, undiruvchi va qarzdor shaxsning aniq manzili, joylashgan joyi va agar ulardan biri yuridik shaxs bo‘lsa, uning rekvizitlari, undiruvchining talabi va talabga asos bo‘lgan holatlar, arz qilingan talabni tasdiqlovchi va ilova etilayotgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilishi lozim. Agar undiruvchi tomonidan ko‘char mol-mulk talab qilinayotgan bo‘lsa, arizada ushbu mol-mulkning qiymati ham ko‘rsatilishi talab etiladi.
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova etilishi lozim. Buyruq tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar arizani qabul qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili ko‘rsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrug‘ini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno.
Yuqorida bayon etilganidek, sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi ariza bilan prokuror ham sudga murojaat qilishi mumkin. Lekin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli qarorida tushuntirish berilishicha, prokuror fuqaro sog‘ligi, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasagina, fuqaro manfaati yuzasidan sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Bunday holda, sud buyrug‘i chiqarish haqidagi prokurorning arizasiga arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, fuqaroning sudga murojaat qila olmasligini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinishi lozim.
Oila qonunchiligi talabiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab ota-onalarning biri yoki har ikkalasidan, boshqa ota-onalar, farzandlikka oluvchi, bolaning vasiy yoki homiyi yoxud bolalarni tarbiyalash muassasasi mamuriyati tomonidan ham berilishi mumkinligi sababli, ular ham sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladilar.
Sudya FPKning 2382-moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha faqatgina ushbu talab hujjat asosida tasdiqlangan hamda talab yuzasidan qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmagan taqdirda, sud buyrug‘ini chiqarishi mumkin. Shunga ko‘ra, undiruvchi taraflar o‘rtasida da’vo tartibida hal qilinishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo mavjud emasligi haqidagi o‘z talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart. Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risida ariza berilganida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarori asosida tasdiqlangan ilovaga ko‘ra, da’vo ishlarini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Yana shuni eslatib o’tishimiz kerakki, FPKning 2385 -moddasiga ko‘ra, sudya sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni FPKning 152-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etadi:

1. Arz qilingan talab FPKning 2382 -moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa


2.Qarzdor O‘zbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiya doirasidan chetda bo‘lsa
3. Arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa
4. Huquq to‘g‘risida nizo mavjud deb hisoblansa
5. Arizaning shakli va mazmuni FPKning 2383 - moddasi talablariga javob bermasa
6. Ariza berganlik uchun davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa (FPKning 2385 –moddasi)

Sudya arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi. Arizani qabul qilishning rad etilishi undiruvchining ana shu talab bo‘yicha da’vo ishini yuritish tartibida da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi. Agar ariza FPKning 2383 -moddasi talablariga javob bermasa yoki davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul qilib, o‘z ajrimi bilan undiruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish yoxud davlat bojini to‘lash uchun ko‘pi bilan uch kun muhlat berishi mumkin. Undiruvchi belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kundan qabul qilingan hisoblanadi. Aks holda, sudya, qonun talabiga muvofiq, arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.




Download 21.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling