Mavzu: Kislorod yetishmovchiligi va o'lim Reja
Download 21.94 Kb.
|
Sud med Ulugbek Sh
Mavzu: Kislorod yetishmovchiligi va o'lim Reja: Kirish
1. Gipoksiya va mexanik asfiksiya haqida tushuncha hamda mexanik asfiksiya klassifikatsiyasi
Xulosa
Kirish Sud tibbiyotida ko'p uchraydigan o'lim turlaridan biri sifatida qaraladigan holat bu kislorod yetishmovchiligi sanaladi. Kislorod inson organizmi uchun, yashashi uchun kerak bo'ladigan asosiy omil hisoblanadi. Albatta, o'z o'rnida kislorodning organizmga yetishmasligi, yoki inson organizmining qandaydir tashqi ta'sirlar natijasida kislorod bilan yetarli darajada ta'minlanmasligi albatta o'lim holatiga olib keladi. Sud tibbiyoti va psixiatriyasi fanida bu holatga alohida e'tibor qaratilgan. Ma'lum bir o'lim sababini aniqlashda, uning qanday va qay tarzda sodir bo'lganligini aniqlash juda muhim sanaladi. Agar o'lim kislorod yetishmovchiligi sababli sodir bo'lgan bo'lsa, uning qanday yuz berganini aniqlash, ya'ni u insonning sog'ligi yomonlashuvi natijasidami yoki boshqa tashqi ta'sirlar natijasida yuz bergan yo bermaganligini bilish sud ekspertizasi uchun muhim sanaladi. Mustaqillik yillarida sud tibbiyoti oldingi davrga qaraganda birmuncha o'sdi va texnologiyalar yanada rivojlandi, sud ekspertizasiga yangi texnikalar joriy etildi va bu sud tibbiyoti va ekspertiza ishlarini samarasini yanada oshirdi. Shuningdek yuqorida aytganimizdek o'lim holatlarini qay tarzda sodir bo'lganligini aniqlash ham birmuncha osonlashdi. Jinoyat sodir etilishi natijasida o'lim holati kuzatilar ekan jinoyatchiga yoki ayblanuvchiga odillik bilan jazo tayinlashda bu o'lim holati qay tarzda sodir etilganligini aniqlash muhim hisoblanadi. Kislorod yetishmovchiligi natijasida o'lim holati yuz berishiga quyida batafsil to'xtalamiz va uning turlari hamda qanday omillar, qanday holatlarda yuzaga kelishini yoritib berishga harakat qilamiz. Download 21.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling