1 Mavzu: Kitobim, jon kitobim
Sana_______________________ Dilshod Rajab
Maqsad: DTS talablari asosida Matn mazmunini to’liq qayta hikoyalashni o’rgatish.
Ta’limiy: Kitob haqidagi fikr va mulohazalarini boyitish. Kasb tanlashga o’rgatish.
Tarbiyaviy: To’g’ri so’z bo’lishga,barchani hurmat qilishga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK2 - o‘z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish va kutubxonadan foydalana olish; TK3 - o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. TK4- o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish. FK1- ertak, rivoyat, hikoya, topishmoq, latifa va maqollar hamda she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; FK2- o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
Rivojlantiruvchi: Og’zaki nutqini o’stirish, fikrini erkin bayon etishga o’rgatish.
Dars turi: Yangi bilim beruish, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi: Aqliy hujum, ifodali o’qish.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash O’quvchilarni darsga jalb qilish maqsadida o’quvchilar o’rtasida mushoira o’tkazish . G’olib o’quvchini aniqlab uni baholash.
Qadimda ota-bobolarimiz kitobga qanday munosabatda bo‘lganlar?
III Y angi mavzu bayoni Kitobim, jon kitobim
Nur, ziyoga kon o‘zing,
Do‘st-u qadrdon o‘zing,
Ma’no to‘la har so‘zing,
Kitobim, jon kitobim!
Zavq-shavqqa to‘lar dilim,
Olaman sendan bilim,
Bulbulday sayrar tilim,
Kitobim, jon kitobim!
Qo‘limdan hech qo‘ymayman,
O‘qib-o‘qib to‘ymayman,
Kelajakka bo‘ylayman,
Kitobim, jon kitobim!
She`rni o’qib mazmunini so’zlab berish. O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |