Mavzu: Kiyimni konstruksiyalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar turlari bilan tanishish va taxlil qilish. Ishdan maqsad
Download 16.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy ish 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar
- Kiyim uchun konstruktiv qoshimchalar Kiyim turi ________________________________________________
Mavzu: Kiyimni konstruksiyalashda ishlatiladigan qo‘shimchalar turlari bilan tanishish va taxlil qilish. Ishdan maqsad: Turli kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan qo'shimchalarni o'rganish, kiyim namunasidan foydalanib konstruktiv qo'shimchalarning qiymatlarini aniqlash Reja: 1. Konstrukniv qo'shimchalar turlarini va ularni aniqlashusullarini o'rganish. 2. Kiyim namunasidan foydalanib qo'shimchalar miqdorini aniqlash. Ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar: Mavzuga oid plakatlar, internet ma’lumotlar, katta yoshli aholi va bolalar tipaviy qomatlar klassifikatsiyasi Dars o’quv qurollari: Kiyim namunalari, daftar, ruchka, qalam, sm.lenta 1. Konstrukniv qo'shimchalar tavsiya etilgan adabiyotlardan o'rganiladi. Ish ikki kishilik guruh tomonidan bajariladi. 1.1 . Tayyor kiyim razmerlari konstruktiv qo'shimcha Pk ni xarakterlaydi. Ular tayyor kiyim razmerlarining tarkibiy qismi bo'lib, materiallar paketi qalinligiga va bemalollik (to'kislik) qo'shimchasi Ps qiymatlarini o'z ichiga oladi: P k =P p + P c 1.2 . Paket qalinligiga qo'shimcha P p kiyim ichki va tashqi razmerlari orasidagi farqni belgilaydi. Bemalollik qo'shimchasi P c esa kiyim ichki razmerlari va figura o'lchamlari orasidagi farq orqali topiladi va gavda hamda kiyim oralig'idagi havo qatlamini xarakterlaydi. P p materiallar qalinligiga va egri uchastkalarda egilish bur- chagi kattaligiga bog'liq. 1.3 Bemalollik qo'shimchasi P c miqdori kiyim turi, silueti va moda yo'nalishiga bog'liq. P k ning kiyim asosiy bo'laklarida (ort, o'miz va old) taqsimlanishi moda yo'nalishiga bog'liq. 1.4 Talabalar kiyim assortimenti bo'yicha konstruktiv qo'shimchalar turlari bilan tanishadi. Har bir qo'shimchaning minimal va maksimal miqdori aniqlanadi, hamda natijalari 12.1-jadvalga yoziladi. 2. O'lchanayotgan buyum namunasining old-orqa ko'rinishi eskizi (texnik rasm) chiziladi va o'lchash joylari ko'rsatiladi. 2.1 Buyum namunasi bo'yicha konstruktiv qo'shimchalar quyidagi tartibda aniqlanadi: ochiq kiyimlar tugmalanadi va stolga tekislab qo'ygan holda o'lchanadi. Tayyor engil kiyimda (ko'ylak, bluzka, sorochka) P p ning miqdori kamligi uchun P k =P p qilib olinadi. P k tayyor kiyimda ko'krak, bel va bo'ksa chizig'ida tayyor kiyimning chiziqlik o'lchami L n va tipaviy figura o'lchami L f farqi asosida topiladi. P k = L n - L f O'lchov qiymatlari 12.2-jadvalning 3-ustuniga yoziladi. Ushbu jadvalning 6- ustuniga o'lchanayotgan kiyim razmeriga mos gavda o'lchami ko'rsatgichlari yoziladi. 2.2 Kiyim razmeri ort bo'lak o'rta chizig'idan old bo'lak o'rta chizig'igacha tekis holda o'lchanadi. 12.2-jadvaldagi 1-, 5- va 6-qatordagi o'lchamlar kiyimning ko'krak, bel va bo'ksa chiziqlari bo'yicha P k miqdorini belgilaydi. So'ngra ko'krak chizig'i bo'yicha ort bo'lak, o'miz va old bo'lakka qo'shiladigan qo'shimchalar aniqlanadi. Buning uchun eng tor joyda ort bo'lak, engni ulash oralig'ida o'miz kengligi o'lchanadi. Old bo'lak kengligi ko'krak uchlari sathida o'lchanadi.[3.1.-rasm]. P k miqdori (1) formuladan topilib 12.2-jadvalga kiritiladi. Kiyim uchun konstruktiv qo'shimchalar Kiyim turi ________________________________________________ Qo'shimchalar nomi Shartli bel- gsi Qo'shimchalar Minimal Maksimal 1. Bemalollik qo' shim- chasi 2,0 4,0 Document Outline
Download 16.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling