Mavzu: Koagulyatsiya va uning ahamiyati
Download 30.19 Kb.
|
Mavzu Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyatsiyasi копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Koagulyatsiya ostonasini aniqlash.
K =2π Dlα
bu erda α-effektiv to`qnashuvlarni xisobga oluvchi koeffitsient. 4. Elektrolitlar aralashmalari ta`sirida bo`ladigan koagulyatsiya kolloidlarning qayta zaryadlanishi va o`zaro koagulyatsiya. Koagulyatsiya bir necha xil elektrolitlar aralashmalari ta`sirida xam vujudga keladi va uch xil bo`lishi mumkin. Bir elektrolitning koagulyatsiyalash qobilyati ikkinchi elektrolitnikiga qo`shiladi. Bu xossa elektrolit ta`sirining "additivligi" deyiladi. Bir elektrolit ikkinchi elektrolit ta`sirini kuchaytiradi, bu xodisa "sinergizm" yoki "sensibilizatsiya" deyiladi. Bir elektrolitning koagullovchi ta`siri ikkinchi elektrolit qo`shilganda kamayadi, ya`ni antogonizm xodisasi vujudga keladi. Zollar koagulyatsilanganda ko`pincha antogonizm va sinergizm xodisalari sodir bo`ladi, additivlik esa kamroq uchraydi. Dispers sistemalarning elektroitlar ta`sirida koagulyatsiyalanishini o`rganish natijasida zarrachalarning (kolloidlarning) qayta "zaryadlanishi" deb ataladigan xodisa aniqlandi. SHu bilan birga zolga qo`shilayotgan elektrolit kontsentratsiyasiga bog’liq koagulyatsiya sodir bo`lishi bilan bo`lmasligining almashinib kelishi, ya`ni koagulyatsiya zonalari, boshqacha aytganda noto`g’ri qatorlar deb nomlanuvchi jarayonlar mavjudligi ko`rsatildi. Ma`lumki dispers sistemalarning faqat elektrolitlar ta`sirida koagulyatsiyaga uchramasdan kolloid eritmaga qarama-qarshi zaryadli boshqa kolloid qo`shilganda xam koagulyatsiya jarayoni vujudga keladi, ya`ni "o`zaro koagulyatsiya"ga uchraydi. Kolloidlarni kolloidlar bilan koagulyatsiyalanishi ularning zaryadiga va kontsentratsiyasiga bog’liq bo`ladi. Masalan, AgJ ning musbat va manfiy zollari o`rtasida (ular ekvivalent miqdorda olinganda) bo`ladigan o`zaro koagulyatsiyani quyidagi sxema bilan ko`rsatish mumkin: [nAgJ]xJ-+[nAgJ]xAg+→(2n+x)AgJ Agar musbat zaryadli zoldan ortiq mikdorda qo`shilgan bo`lsa, zol’ musbat zaryadli bo`lib qoladi va koagulyatsiyalanmaydi: [mAgJ] xAg+ [nAgJ] yJ-→(m+n+y)AgJ,(x-y)Ag+ Kolloid eritmalar qizdirilsa, ba`zan tez koagulyatsiyalanadi, ba`zan qizdirish kam ta`sir etadi. Umuman kolloidlar qaynatilganida koagulyatsiya tezlashadi. Buning sababi shundaki, zol’ qaynatilganda uning zaryadi kamayadi, eritmada zarracha va ionlar o`rtasidagi muvozanat buziladi. Zol’ qizdirilganda kolloid zarrachalar ionlarni yomon adsorbilaydi, natijada ularning zaryadi kamayadi va bunday zarrachalar bir-biri bilan uchrashib, zol’ koagulyatsiyalanadi. 5. Koagulyatsiya ostonasini aniqlash. Kolloid kimyoda zol’ loyqaligini o`zgarishi, cho`kmaga tushishi, zol’ rangini o`zgarishi koagulyatsiya sodir bo`lganligining belgilari bo`lib, ushbu belgilarni kuzatish natijasida "koagulyatsiya ostonasi" aniqlanadi. Zolni koagulyatsiga uchratish uchun kerak bo`lgan elektrolitning minimal mikdori, ayni zolning "koagulyatsiya ostonasi" deyiladi. Uni aniqlash uchun probirkalarga qo`yilgan zolga turli kontsentratsiyadagi elektrolit eritmalaridan baravar xajmda ketma-ket qo`shib boriladi. Avval probirkalarga suv solib, uning xajmi bir probirkadan ikkinchi probirkaga o`tganda oshirib boriladi. So`ngra probirkalardagi suyuqliklarning xajmi bir xil bo`ladigan qilib elektrolit eritmasi qo`shiladi. SHundan keyin birida loyqalanish borligi seziladigan, ikkinchisida loyqalanish sezilmaydigan ikki qo`shni probirkani olib quyidagicha muloxaza yuritiladi. Faraz qilaylik, elektrolitning dastlabki kontsentratsiyasi S, uning koagulyatsiya paydo qilgan xajmi V bo`lsin. Unda ayni xajmdagi elektrolitning millimollar soni ga teng bo`ladi. Koagulyatsiya ostonasi odatda 1 litr zol’ uchun xisoblanadi. Agar tajriba uchun W ml zol’ olingan bo`lsa, zolning koagullanish ostonasi quyidagi formula bilan xisoblab topiladi: Odatda tajribada quyidagi formuladan foydalaniladi: Bu erda, N- elektrolitning (normal lar bilan ifodalangan kontsentratsiyasi, Vel-elektrolit eritmasini xajmi, W- zolning litrlar bilan ifodalangan xajmi, -elektrolitning koagulyatsiyalash "ostonasi". B.V.Deryagin zolning koagulyatsiyalash ostonasi bilan koagullovchi ionning valentligi (Z) orasida quyidagi bog’lanish borligini topdi: bunda A-umumiy konstanta, ε- dielektrik konstanta, T-absolyut temperatura. Download 30.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling