Mavzu: Ko‘chki va ularga qarshi chora-tadbirlar


Download 113.3 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi113.3 Kb.
#1148862
  1   2   3

Mavzu: Ko‘chki va ularga qarshi chora-tadbirlar.

REJA:


1. Ko'chki harakati va bahosi
2. Ko‘chki qarshi chora-tadbirlar
3. Sel haqida ma`lumot
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Respublikamizning tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari hududlarida yashaydigan aholi va xalq xo`jaligi ob’ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri yer kuchishidir. Ko`chki sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlarga Toshkent, Andijon, Fargona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqaqaryo, shuningdek, Jizzax va Naman­gan viloyatlarining ayrim tumanlari kiradi. Har yili respublikamizda 150-250 ta ko`chki hodisasi sodir bo`ladi. Og`irlik ta’sirida tog` jinslarining tog` yonbag`ri bo`ylab siljishi ko`chki deb ataladi.


Ko`chkilar tog` yonbag`rini suv yuvishi natijasida qiyalikning oshishi, shamollar ta’sirida yoki yog`inlar va yer osti suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini hisobga olmay inson tomonidan olib borilgan xo`jalik faoliyati ta’siridan sodir bo`lishi mumkin. Ko`chkilarning 90% tog`larda, 1000-1700 m balandlikda ro`y beradi.
Tik tushgan va jarli tog` yonbag`irlarida, daryo vodiylarida va dengiz qirg`oqlarida asosan, shamol uchirib ketishi (nurash), yer usti va yer osti suvlari faoliyati ta’sirida tog` jinslarining bo`shashishi hisobiga katta massalar va tog` jinslarining uzilib, ag`darilib tushishi o`pirilish deb ataladi. 

Ko'chki harakati va bahosi 

Tezlik

Harakat bahosi

3 m/sek

jadal

0,3 m/daqiqa

faol

1,5 m.sut

tez

1,5 m/oy

me`yorida

1,5 m/yil

juda sekin

0,06 m/yil

juda ham sekin

Tog jinslari va yer massasi siljishlari turli belgilarda namoyon bo`ladi:

  • eshik va derazalarning yopilmay yoki qisilib qolishi;

  • tuproqda yangi yoriqlar va darzlarning paydo bo`lishi;

  • ichki va tashqi devorlardagi, suv quvurlari atrofida, asfalt yuzasidagi kutilmagan darzlar;

  • yonbag`irlar poyida yer bo`rtib chiqishi, yer osti suvlarining yangi-yangi joylardan chiqa boshlashi, de vorlar va daraxtlarning siljiy boshlashi;

  • gumburlash eshitilishi va zo`raya borishi;

  • yangi xavf manbalarining paydo bo`lishi va oldingi xavf manbalarining yo`qolishi;

Tabiiy ofatning bu turini oldini olish mumkinmi? Buning uchun qanday muhofaza tadbirlari olib borilishi kerak?
Ko`chki xavfi paydo bo`lganda tezlikda xavfli hududni tark etish lozim. Ko`chki yoki sel belgilari to`g`risida hukumat organlariga xabar berish kerak. Xavf kuchli bo`lgan joylarda o`ta ehtiyotkor bo`lib harakat qilish va xavfsizlik tadbirlarini ko`rish zarur.
Ko`chkining yana bir turi - qor ko`chkisidir. Bu tog yonbag`irlarida harakatga kelgan va surilayotgan qor massasining o`pirilishidir. Qor ko`chkisi doimiy qor qoplamiga ega bo`lgan barcha tog`li rayonlarda yuz berishi mumkin. Qop ko`chkisi katta hajmdagi qor massasi bo`lib, u 20-30 m/s tezlikda harakat qiladi. U 25-30 m o`lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko`chkidan pay­do bo`lishi mumkin. 150 m.kub hajmdagi ko`chkining og`irligi 20 dan 30 t.gacha yetadi.
Qor ko`chkisining uch turi bo`ladi:
1. Yangi yoqqan qordan (qor yog`ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo`ladi).
2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog`liq.
3. Qor ko`chkilari sel oqimlari, ko`chki, o`pirilish, suv toshqinlariga olib keladi.
1999-yil 21-noyabr kuni Toshkent-O`sh avtomobil yo`lining «Qamchiq» dovonida qor ko`chkisi sodir bo`ldi. Soat 5:30 dan 12 largacha 8 bor qor ko`chishi takrorlanishi oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinaning chuqurlik tomon surib tushirilgani aniqlandi. Qor ko`chkisi natijasida 29 odam halok bo`ldi, 400 transport vositasi va 1200 dan ortiq yo`lovchi qutqarib qolindi.
Qor ko`chkisiga duch kelib qolsangiz quyidagi muhofaza choralari sizga yaqindan yordam beradi: Qor ko`chkisi yaqinlashib qolgan bo`lsa, avvalo, gorizontal holatni egallab, qor yuzasida qolishga harakat qiling. Tizzalaringizni qoringa tortib, kaftlaringiz bilan yuzingizni qor massasidan muhofaza qilishga harakat qiling. Bu holat og`iz va burningiz qor bilan to`lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo bo`shlig`i bo`lishiga yordam beradi. Ko`chki to`xtagandan so`ng yuzin­giz va ko`kragingiz oldini kengaytirishga harakat qiling. So`ngra yuqori tomon qayerdayu, pastki tomon qayerdaligini aniqlab olish zarur. Buning uchun so`lagingizni ko`lingizga olib uni oqizib ko`ring. So`lak pastlik qayerda e
kanligini ko`rsatadi va siz qarama-qarshi tomonga harakat qilishingiz kerak bo`ladi.
Har qanday holda ham uxlamang. Erinmay yuqoriga tirmashavering. Sizni qidirishayotganligini doimo yodda tuting.
Sel - kuchli oqim, ya’ni tog` daryolari o`zanlarida to`satdan shakllanuvchi, katta hajmdagi tosh, qum va boshqa qattiq materiallarga ega vaqtinchalik suv oqimi. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog`in, qor va muzliklarning tez erishi selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo`ladi. Odatdagi oqimlardan farqli ularoq, sel uzluk­siz oqim sifatida emas, balki alohida tulqinlar tarzida harakat qiladi. Shuningdek, o`zi bilan birga yuzlab tonna, ayrim hollarda millionlab kubometr yopipshoq massani olib


Turi

Birlamchi sababi

Tarqalishi va yuzaga kelishi

Yomgirli

Jala, kuchli yomg`ir



Qoyalarning yuvilishi va ko`chki hosil bo`lishi natijasida yuzaga keladi



Muzli



Qor va muzlarning keskin eriy boshlashi



Baland tog`li hududlarda, erigan muzlik suvlarining urib ketishi bilan bog`lik



Seysmogen



Kuchli zilzilalar



Yuqori seysmik faol hudud­larda



Insonning bevosita ta’siri


texnogen jinslarning to`planishi, sifatsiz qurilgan tug`onlar



texnogen jinslarning yuvi­lishi va siljishi, to'g'onlarning buzilishi



Insonning bilvosita ta’siri


Tuproq-o`simlik qoplamining buzilishi



O'rmon, o`tloqlar birlashgan maydonlarda, qoya va o'zanlar ning yuvilishi



keladi. Ayrim tosh va bulaklarning o`lchami ko`ndalangiga 3-4 m.ga yetadi. Sel to`siqqa uchragandan so`ng, ularni oshib o`tadi va yanada kuchli bo`la boradi.

Download 113.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling