Mavzu: kombaynlarning umumiy tuzilishi va ish jarayoni
Download 122.72 Kb.
|
RUSTAM
Don yigʻish kombayni, gʻalla yigʻish kombayni — boshokli don ekinlari (bugʻdoy, arpa, sholi)ni bir yoʻla oʻrish, gʻalla massasini uyumdan ajratib olish va boshoklarini yanchib donini ajratish, tozalangan donni bunkerga uzatish, soʻngra transport vositalariga ortish, poxol va somonlarni uyum qilib dalada krldirish yoki maydalab dalaga sochish va b. ishlarni bajaradigan qishloq xoʻjaligi mashinasi. Uni maxsus moslamalar bilan jihozlab, uzel va mexanizmlari ish rejimini oʻzgartirib undan don oʻrish mashinalari bilan hosil qilingan uyumlar qatorini yi-gʻishda, silos bostirishda va donga moʻljallangan makkajoʻxori, kungaboqar va b. ekinlarni oʻrishda foydalanish mumkin.
D. y. k.ning oʻziyurar va tirkama xillari bor. Tirkama D. y. k.ning ish organlari tirkalgan traktorning quvvat olish validan yoki kombayndagi dvigatellar yerdamida harakatlantiriladi. Oʻziyurar D. y. k. esa kombaynga oʻrna-tilgan dvigateldan harakatlanadi. Dastlabki D. y. k. 19-asr oxirida AQSH da tayyorlangan. Bu kombayn 20—30 ot bilan tortib yurilgan. 20-asr 20-y.lariga kelib ancha takomillashtirilgan; barcha yogʻoch qismlar metallga almashtirilgan. Ish organlari ichki yonuv dvigatellari bilan harakatga keltirilgan. Ot oʻrniga dastlab lokomotiv, keyin traktordan foydalanilgan. 30-y.larda koʻproq tirkama D. y. k. tayyorlashga eʼtibor berilgan. Keyinchalik tirkama kombaynlar i. ch. keskin qisqardi. 1962 y.dan boshlab Rossiyada SK-4, SK5, SK-5A "Niva", SK-6 "Kolos" SK-6-8 rusumli oʻziyurar kombaynlar chiqarila boshlandi. D. i. k. vazifasiga, energetika vositasiga qoʻshilishiga, oʻrilgan gʻallaning kombayn ichida harakatlanish yoʻnalishiga, yurish qismi va ish qurilmalarining turiga, bunker, motor va kabinaning joylashish oʻrniga hamda ish unumiga qarab tasniflanadi. D. y. k. gʻalla oʻrish, uyumlar qatorini yigʻish, yanchish-ajratish-tozalash, poxol-somonni gʻaramlash qismlaridan iborat. Yanchish qismi koʻndalang joylashgan bir yoki ikki barabanli va boʻylama yoʻnalishda joylashgan aksial-rotorli boʻladi. Bir barabanli D. y. k. harakatlanganda motovilo poyalarni qirqish apparatiga uzatadi, qirqilgan poyalar shnek yerdamida qiya kameraga uzatiladi. Kamera ichidagi transportyor gʻallani yuqoriga, yanchgichning qabul biteriga, qabul biterining tishli plankalari gʻalla-poyalarni qisman maidalab va tekis yoyib, yanchish barabani (savagʻichli va tishli) ga uzatadi. Unda boshoklar baraban ostligiga zarb bilan urilib ishkalanadi. Boshoklardan ajralgan don va mayda xaschoʻplar baraban ostligi koʻzlaridan oʻtib pastga, elash taxtasiga tushadi. Poxol va uning ichida qolgan boshoklar va donlar qaytarish bi-teri yerdamida klavishli poxol elagichga uzatiladi. Unda elangan boshoklar va donlar ajralib, elash taxtasiga tushadi. Elash taxtasi tebranganda donlar quyi qatlamda, yengil somonqipiklar esa ustki qatlamda siljiydi. Donlar taroq koʻzlaridan toʻkilib, ustki gʻalvirning boshlanish qismiga, somonqipiqlar esa taroq sirtidan gʻalvirning oʻrta qismiga tushadi. Toza don ostki galvirga, undan elevator orqali bunkerga uzatiladi. Yengil somon-qipiqlarni ventilyator olib ketadi. Yanchilmagan boshoklar ustki gʻalvir oxiridagi jalyuzali uzaytirgich koʻzlaridan toʻkilib, boshoklar shnegiga, undan qaytarish biteriga uzatiladi. Biter aralashmani qayta yanchish bara-baniga uzatadi. Poxol-somonlar garamlagichda zichlanadi. Poxol-somonlarni angʻizga uyum shaklida toʻkishda gʻaramlagich va uzatgichlar yechib olinadi. Poxollarni maidalab dalaga sochish lozim boʻlganda pichoqli va ventilyatorli maxsus moslama oʻrnatiladi. Aksial-rotorli D. y. k. (Rossiyaning Don-2600, AQSH ning "Massey ferguson" don yigʻish kombaynlari) quyidagicha tuzilgan (2-rasm). Old tomonga qiya oʻrnatilgan rotorning bosh qismiga juda mustahkam ikki kurakli vintsimon parrak oʻrnatilgan. Par-rak zanjir-plankali qiya transportyordan gʻallani qabul qilib olib, rotorning ish qismiga yoʻnaltiradi. Rotorning oldingi qismida boshoklar yanchiladi, ketingi qismida esa poxoldagi donlar ajratiladi. Rotorning yanchish qismiga vint yoʻnalishida savagʻichlar oʻrnatilgan, ajratish qismiga esa, oddiy toʻgʻri plankalar biriktirilgan. Baraban ostligidan oʻtgan donlar toʻrt qator oʻrnatilgan shneklarga, bulardan esa shamol-gʻalvirli tozala-gichning ustki, soʻngra ostki jalyuzali gʻalvirlariga, bulardan esa don shnegiga tushadi. Havo oqimi kuchli diametral ventilyator bilan hosil qilinadi. Rotor bilan baraban ostligi orasidagi tirqish katta boʻlganidan, donlar shikastlanmaydi, yanchish jarayoni rotor boʻylab davom etgani uchun boshoklar toʻliq yanchilib, koʻproq don olinadi. Poxol-somonlar pichoq bilan maydalanib dalaga sochiladi yoki qator uyumga tashlanadi. Kombaynning tozalash qismi Yanchish apparati va somon elagichda ajratilgan don bilan birgalikda chala yanchilgan boshoklar, kipik va boshqalar aralashma xolida kombayn tozalash qismining transport taxtasi 1 ustiga tushadi. Transport taxtasi 1 ABCEF mеxanizmidan oladigan uzluksiz tеbranma xarakati xisobiga ustidagi aralashmani galvirlar tomon kеpchib uzatadi. Uzatish jarayonida tеbranma xarakat xisobiga еngil xaschuplar yuzaga chikib, og’irlari pastga tushadi. Transport taxtasi aralashmani taroqimon chiviqlar 2 ustiga uzatadi. Don va mayda aralashmalar yuqorigi galvir 3 ning boshlanish joyiga tushadi. Aralashmaning yirik bulaklari tarok chiviqlaridan utib, ustki galvirning urtarogiga tushadi. Shuning xisobiga galvirning bosh qismidagi kuzlar tiqilib qolishining oldi olinadi. Donning 80...95% i ustki galvirning dastlabki 1/3 qismida ajralib ulgurishi kеrak. Ustki galvirdan don, maydalangan somon va kipiklar pastki galvirga tushadi. Pastki galvir 4 kuzlaridan esa fakat don utib shnеk 11 ga tushadi. Ikkala galvir xam tеbranma xarakat xisobiga aralashmani elab donni ajratadi. ABC krivoship-shatun mеxanizmi KL va NU tortkilariga osilgan galvirlarni tеbratib turadi. Vеntilyator 12 muayyan burchak ostida galvir tagidan yukoriga yunalgan xavo okimini xosil qiladi. ўalvirlar ustidagi еngil aralashmalarni xavo okimi dondan ajratib, somon tuplagich 7 ga uchirib yuboradi. Ustki galvirning kuzidan utmay kolgan yirik bulaklar kiya o’rnatilgan galvir uzaytirgich 5 ning ustiga kuchib utadi, chala yanchilgan boshoklar uzaytirgich kuzlaridan uz og’irligi bilan pastga, boshok shnеgi 9 ga tushadi. Kombaynning ishlash sharoitiga moslab, galvirlarning engashish burchagi (4°...7°), galvir kuzlarining ochilishi (8...17 mm), yukorigi galvir uzaytirgichining kiyaligi (8°...30°), vеntilyatorning aylanish tеzligi (600—660 ayl/min) va vеntilyator xavo suradigan darchasining ochilish darajasi sozlanadi. Yukorigi galvir kuzlarining ochilish darajasi mе'yoridan kichik bo’lsa, donning bir qismi undan tushib ulgurmasdan uzaytirgichga utib kеtadi. Kuzlari mе'yoridan katta kuyilsa, donning xammasi galvir urtasiga еtib bormay, pastki galvirga tushib, uning fakat bir qismida to’planib qolishi mumkin. Vеntilyator xosil kilgan xavo okimining bosimi mе'yoridan oz bo’lsa, bunkеrda tuplangan don ichida xas-chuplar ko’payib kеtadi. Agar bosim ko’p bo’lsa, somon tuplagichga puch donlar bilan birgalikda tuk donlar xam uchib tushadi. Vеntilyator mе'yorida ishlaganda xam bunkеrda og’ir aralashmalar ko’payib kеtsa, galvir kuzlarini kichraytirish kеrak. Yukorigi galvir uzaytirgichining kiyalik burchagi kichikrok yoki kuzlarining ochilish darajasi kamroq qilib o’rnatilsa, chala yanchilgan boshoklar somon tuplagichga ko’proq utib kеtadi. Aks xolda boshok shnеgi va elеvatorida tikilish xollari ruy bеrishi mumkin. Somon elagich Yanchish apparatidan otilib chikayotgan somon tarkibida xosilning 25...30% gacha koldi.i buladi. Uni somondan ajratib olib kombaynning tozalash kismiga tushirish, somonni esa kеrakli joyga uzatish uchun somon elagich ishlatiladi. Kombaynlarda klavishli, platformali, konvеyеrrotorli va rotorli somon elagichlar ishlatiladi. Eng kup tarkalgani klavishli somon elagich bulib (225- rasm), u еngil tunukadan tayyorlangan galvir kuzli pogonalar 1 va klavishlar korpusi 2 dan iboratdir. Kombayn ish unumdorligiga karab somon elagich uch, turt va bеsh klavishli bulishi mumkin. Uar bir klavish korpusining ikkala uchi AV va SD tirsakli vallarga urnatilgan bulib, krivoship tirsaklari AVqSD va oraliklari ADqVS kabul kilinib, AVSD turt zvеnoli parallеlogrammsimon mеxanizm xosil kilinadi. Natijada klavish aylanayotgan krivoship ta'sirida bir vaktning uzida vеrtikal xamda gorizontal yunalishlarda yassi parallеl xarakatlanadi. Somon elagich xarakatining vеrtikal yunalishida somonni silkitib, kokib, uning orasidagi don va boshoklarni ajratsa, gorizontal yunalishida esa somonni siljitib chikarib tashlaydi. Xulosa O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish mehnatning ijtimoiy bo‘linishi, geografik (hududiy) bo‘linishining bir shakli bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlaridan yuzaga keladi. Umumiy ko‘rinishda u o‘zida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hududlar bo‘yicha ma‘lum tamoyillar asosida va qator omillar ta’sirida shakllangan tabiiy, ijtimoiy, demografik, siyosiy sharoitlarga ko‘ra taqsimlanishini ko‘rsatadi . Respublikamizda qishloq xo‘jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko‘p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi bosqichga ko‘tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat bilan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy sug‘orish tizimlari, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiya va agrotexnologiyalarni o‘rganish, urug‘chilik-seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot, e’tibor bering tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho’l meva chetga sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar valyuta keltirdi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish bu alohida mahsulotlar ishlab chiqarishni mamlakatning viloyat, tuman va boshqa hududlari bo’ylab taqsimlash bo’lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga ko’ra o’zgaruvchandir. Respublikamizning don mustaqilligini ta’minlashda yetishtirilgan g‘alla hosilini tez va nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish muhimdir. Buning uchun o‘rim-yig‘imni mahalliy sharoitga moslab tashkil etish, mavjud texnikani ishga sifatli tayyorlab, undan unumli foydalanish kerak. O‘rim-yig‘im usulini xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoitiga, hosilni yetishtirish usuliga, mavjud texnikaning turi va sonini e’tiborga olgan holda quyidagicha tanlanadi: 1. Xo‘jalikda g‘alla kombaynlari yetarli bo‘lsa, sug‘oriladigan yerlarni takroriy ekinlarga tez bo‘shatib berish talab qilinmasa, g‘alla to‘liq pishib yetilgandan keyin keng tarqalgan bir fazali usul, ya’ni hosil kombayn bilan o‘rib olinib, bir yo‘la donga ajratiladi, somoni esa dala chetiga chiqariladi. 2. Namgarchilik ko‘p bo‘ladigan regionlarda esa ikki fazali usuldan foydalanish ma’qul. G‘alla dumbul davridan o‘tib yetilgan davrda, ya’ni boshoqdagi don namligi 25 % gacha kamayganida, g‘alla o‘rgich yordamida o‘rilib, qatorlarga uyumlar holida tashlab ketiladi. Bir necha (10-15) kundan so‘ng donning namligi 16-18 % gacha kamayganda kombaynga yig‘gich o‘rnatilib uyumlar yig‘ishtiriladi, yanchiladi va don ajratib olinadi. Bu usuldan foydalanish o‘rim-yig‘imni bir fazali usulga nisbatan 15-20 kun oldin tugatish va don nobudgarchiligini kamaytirish imkonini beradi. Respublikamiz shimolida sholi o‘rimida mazkur usuldan foydalanilsa, o‘rim-yig‘im kuzgi yog‘ingarchilik boshlanmasdan tugallanadi. 3. Xo‘jalikda g‘allani tez yig‘ishtirib olish uchun texnika yetishmasa va sug‘oriladigan yerlarni takroriy ekinlarga tezda bo‘shatib berish kerak bo‘lsa, ko‘p fazali usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda: — boshoqdagi don dumbullik davridan o‘tib, yetilayotgan vaqtida, ya’ni namligi 25 % gacha kamayganida o‘riladi; — o‘rilgan g‘alla imkoniyat qadar tezroq transportga ortilib, xirmonga yetkaziladi; — xirmonga keltirilgan g‘alla g‘aramlanib boshoqdagi donning namligi 16-18 % ga kamaygunga qadar texnik vositalar yordamida quritiladi; — quritilgan g‘alla statsionarda ishlayotgan kombayn yordamida yanchiladi. G‘alla o‘rgichlarda o‘rilib, so‘ngra tirkalma yig‘ishtirgich yordamida tezda daladan olib chiqib ketilib, xirmonda maxsus tayyorlangan joyga uyumlanadi. Xirmonga keltirilgan g‘allaning eni 4,0-5,0 m, balandligi 3,0 4,0 m, bo‘yi esa cheklanmagan holda g‘aram shaklida to‘planishi kerak. Iyun-iyul oylarida havoning tabiiy harorati yuqori, namligi past bo‘lganligi sababli don yanchish uchun tez yetiladi. Agar uchinchi texnologiyadan foydalanilsa: 1. O‘rilgan g‘alla olib ketilganidan so‘ng, dalani takroriy ekin ekishga tayyorlashni 15-20 kun ertaroq boshlash mumkin. 2. Don dumbullik davrida boshoqdan to‘kilishi oz bo‘ladi, demak, nobudgarchilik keskin kamayadi. 3. G‘allani kombaynda emas, nisbatan arzonroq bo‘lgan o‘rgich yordamida o‘rish mumkin. 4. Hosil quritilgandan so‘ng, g‘aramlangan g‘allani xirmonda kuzda muayyan fursatda (iyul-sentabr oylarida) statsionar kombaynda yanchish mumkin. Statsionar kombaynni uzluksiz ishlatilishi e’tiborga olinsa, xo‘jalikdagi kombaynlarning soni ham keskin qisqaradi. Kombaynlardan to‘kiladigan don esa xirmonda qoladi, demak, don nobudgarchiligi kamayadi. G ‘alla yigHshtirishda mahalliy sharoitlarga mos keladigan usuldan foydalanib don nobudgarchiligini kamaytirish mumkin. 375 Agrotexnik talablar. Ikki fazali yig‘ish usulidan foydalanish uchun balandligi 60 sm, zichligi har bir m2 ga kamida 250- 300 tup o‘simlik ekilgan dala ajratiladi. Bunday usul bilan o‘rilgan ekin massasi tezroq shamollab qurishi uchun ang‘iz balandligi 12-25 sm, har metr uyumdagi g‘allaning massasi kamida 1,5 kg, qalinligi 15 20 sm, kengligi esa 1, 4-1, 6 m bo‘lishi kerak, aks holda uni yig‘ishtirgich bilan yig‘ib olish qiyinlashadi. O‘rgich tik turgan ekinni o‘rganda, don isrofgarchiligi 0, 6 % dan, yotib qolgan ekinni o‘rganda esa 5% dan oshmasligi kerak. Yig‘ishtirgich o‘rnatilgan kombayn bilan qator uyumlarini yig‘ib olishda don isrofgarchiligi 1 % dan oshmasligi lozim. G‘allani bir fazali usul bilan o‘rib-yig‘ib olganda, don isrofgarchiligi 1 % gacha, yotib qolgan g‘allani yig‘ishtirishda esa 1,5 % gacha yo‘l qo‘yiladi. Kombayn yanchish apparatida boshoqlarning chala yanchilishi natijasida bo‘ladigan don isrofgarchiligi g‘alla uchun 1,5 % va sholi uchun 2 % dan oshmasligi kerak. Urug‘lik donning shikastlanishi 1 %, ozuqabop don uchun 2 %, dukkakli va yirik don uchun 3 %, sholi uchun 5 % dan oshmasligi kerak. G ‘alla kombaynning umumiy tuzilishi G‘alla hosilini kombayn bilan yig‘ishtirishdan maqsad, bu muhim ishni tez va albatta, don nobudgarchiligini me’yoridan oshirib yubormasdan bajarishdir. G‘alla turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirilishi sababli, tabiiyki, uning hosildorligi har xil bo‘ladi. Don nobudgarchiligi minimal bo‘lishi uchun, har xil hosildorlik va dala relyefiga mos keladigan kombayn turlari ishlab chiqariladi. Kombaynning asosiy ko‘rsatkichi sifatida uning ish unumi, ya’ni bir sekunddagi yanchish qobiliyati (sifatli yancha oladigan g‘alla miqdori, kg/s) yoki bir soatda boshoqlardan yanchib olinayotgan don miqdori (t/soat) qabul qilingan. Shu sababli, kombaynlar 5-6 kg/sekunddan 11-12 kg/sekundgacha toifalarga bo‘linadi. Kombayn yanchish apparatiga tushayotgan g‘allaning 376 40 % don, 60 % somon, ya’ni donning somonga nisbati 1:1,5 bo‘lishi qabul qilingan. Serunumli, yanchish qobiliyati katta bo‘lgan kombayn narxi qimmat bo‘lib, undan foydalanish o‘rim-yig‘im tannarxini ko‘tarib yuboradi. Bundan tashqari, yanchish qobiliyatidan to‘liq foydalanilmasdan ishlatilganda kombayn ishida don nobudgarchiligi ortib ketadi. Hozirgi davrda yanchish qobiliyati 5-6 kg/s bo‘lgan ,, Niva“, ,,Yenisey“, Vektor (Rossiya), “Dominator -130” (Germaniya), 9— 10 kg/s bo‘lgan „Don — 1500 B“ (Rossiya), ,,Nyu-xolland“ (Italiya), 11— 12 kg/s bo‘lgan ,,Lexion“ (Germaniya), ,,Keys“ (AQSH), ,,Vestern“ (Kanada) kabi kombaynlar ishlatilmoqda. Yanchish qobiliyati 10 kg/s gacha bo‘lgan kombaynlar oddiy barabanli yanchish apparati bilan, yanchish qobiliyati o‘ta katta bo‘lgan („Keys — 2366“, „Don — 2600“, “Torum - 740” ...) kombaynlar aksial-rotorli yanchish apparati bilan jihozlangan. Har qanday oddiy g‘alla kombayni o‘rgich, yanchish apparati, somon elagich, don tozalagich, don bunkeri va somon to‘plagich kabi qismlardan iboratdir. G‘alla kombaynining texnologik ish jarayoni quyidagi tartibda bajariladi (210-rasm). Bo‘lgich (2) kombayn qamrov kengligiga teng keladigan poyalarni o‘rilmagan daladan o‘rgichga ajratib beradi. O‘rgich motovilosi (3) ning parraklari poyalarni to‘plab, o‘rish apparati (1) ga engashtirib beradi. O‘rish apparati 1 ning segmentlari o‘rgandan so‘ng, poyalar o‘rgich tubiga tushadi. O‘rilgan g‘allani shnek (4) kurakchalari yordamida ikki chetdan o‘rtaga surib, to‘plab, moslanuvchan transportyor (5) ga uzatadi. Transportyor esa g‘allani qabul biteri (6) ga yetkazadi. Biter g‘allani yanchish apparatining barabani (7) bilan uning tagligi (deka) (25) orasidagi tirqishga uzatib beradi. Baraban g‘allani katta tezlikda tor tirqishdan siqib olib o‘tayotib, taglik ustida intensiv ravishda sidirib yanchadi. Natijada donning 80-85% boshoqlardan ajralib, aralashma holida taglik teshiklaridan o‘tib, suruvchi transport taxtasi (24 )ga tushadi. Yanchilgan somon don qoldiqlari bilan birgalikda baraban tagidan otilib chiqayotib qaytaruvchi biter (11) ga uriladi, natijada don qoldiqlarining bir qismi ajralib tushadi. Somon elagich (14) 377 ning somonni silkitib orqa tomonga surishida don va boshoq qoldiqlarining qolgan qismi ham elanib, ajralib pastga, transport taxtasiga tushadi. Elangan somon to‘plagich (16) da zichlanib to‘planadi. Ayrim kombaynlarda somon to‘planmasdan maydalanib dalaga sepiladi. Download 122.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling