Yangi mavzuni mustahkamlash (masalalar yechish)
1-masala. Toshenergo nazorat xizmati davriy ravishda oylik to’lov hisobi varaqalarini tekshirib turadi. Tasodifiy ravishda 20 ta manzil tanlanib, bu manzil egalari elektroenergiyadan foydalanganlari uchun quyidagi miqdorda (ming so’mda) to’lovlar bajarishi kerak ekanligi ma’lum bo’ldi: 15, 12, 12, 17, 9, 15, 17, 15, 9, 18, 19, 9, 25, 25, 9, 18, 18, 17,19,17. Tanlanmaning:
variatsion qatorini;
statistik qatorini;
tanlanma o’rta qiymatini toping.
Yechish. 1) bu tanlanmani o’sish tartibida joylashtirib, variatsion qatorni topamiz, ya’ni:
9, 9, 9, 9, 12, 12, 15, 15, 15, 17, 17,17, 17, 18, 18, 18, 19,19, 25, 25;
2) endi chastotalarni aniqlab statistik qator tuzamiz.
;
9 12 15 17 18 19 25
4 2 3 4 3 2 2
yuqoridagi formulalardan foydalanib, tanlanma o’rta qiymatini topamiz:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |