Mavzu: Kombinatsion elementlarni о‘rganish va ular asosida mantiqiy sxemalarni tuzish


Download 86.4 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi86.4 Kb.
#1534404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-lab

Logic Gates: Or, Nor – YOKI, YOKI-YО‘Q ,
And, Nand – VA, VA-YО‘Q ,
Xor, Xnor – YOKI inkori, YOKI-YО‘Q inkori
Not – YО‘Q .
Digital: Half-Adder, Ful-Adder – yarim jamlagich va jamlagich ,
RS Flip-Flop – RS-trigger ,
JK Flip-Flop with Active High/Low Asynch Inputs – о‘rnatish kirishli va
tо‘g‘ri /teskari takt kirishli JK-triggeri
D Flip-Flop, D Flip-Flop with Active Low Asynch Inputs – dastlabki о‘rnatishsiz D-triggeri
Indicators: Red Probe – Yorug‘lik indikator
Seven-Segment Display – yetti segmentli indikator
Decoder Seven-Segment Display - deshifratorli yetti segmentli indikator .
Mixed ICs: Analog-to-Digital Converter – Analog-raqam о‘zgartirgich
(ARО‘). .
Digital -to-Analog Converter – ikkita fazali kirishli va tashqi tayanch tok
manbaili sakkiz razryadli raqam-analog о‘zgartiruvchi (RAО‘) .
Loyihalashtirilgan sxemani ishini imitatsiyalash uchun sxemaning kirishlarini takt impulslar generatoriga ulanadi. U komponentlar panelidan Instruments ni tanlaydi va Word Generator deb ataladi. Generator 16 chiqishlaria ega.

Sinxronnlash kirishi tashqi manbadan sinxronnlash signalini berish uchun ishlatiladi.
Sichqonchani ikki marotaba bosish orqali kengaytirilgan tasvir ochiladi.
Generatorni chap tomoni 1023 sо‘zni о‘z ichiga oladi. Shu vaqtda faol bо‘lgan sо‘zni ajratish bilan belgilanadi. Bu sо‘zning qiymati о‘n oltilik sanoq tizimida aks etadi (chap oyna) yoki ikkilik sanoq tizimida Binary oynasida yoki ASCII oynasida kodlarning xalqaro tizimida.
Sо‘zlarni kiritish generator oynasining chap yoki pastki qismida (Binar yoki ASCII oynalar) sichqoncha va klaviatura orqali amalga oshiriladi. Sichqonchani chap tugmasiga bosish orqali kerakli bitni ajratiladi, qiymatni kiritish esa klaviatura orqali amalga oshiriladi.
О‘rnatilgan sо‘zlar tо‘plamini (shablonni) keyin ishlatish uchun esa uni saqlash zarur. Buning uchun sо‘zlar generatorining panelidagi Pattem... tugmasini bosish kerak bо‘ladi va paydo bо‘lgan oynada SAVE ni tanlash hamda fayl nomini kiritish kerak. Shablon fayl kо‘rnishida *.dp kengaytirish bilan saqlanadi. Agarda ushbu shablonni yana ishlatish zarur bо‘lib qolsa, u holda LOAD tugmasini bosish kerak va dialog oynasida kerakli fayl nomini shablon bilan sichqonchaning chap tugmasiga ikki martta bosish kerak. Generatorning oynasini chap tarafini tozalash (no’llar bilan tо‘ldirish) CLEAR BUFFER tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Generator uch ish tartibida ishlashi mumkun:

  1. qadamli (har gal generator chiqishiga navbatdagi sо‘z berilganda tо‘xtaydi);

  2. siklik - davriy (generator chiqishiga bir marotaba barcha sо‘zlar ketma-ket beriladi);

  3. uzuluksiz (zarur vaqt davomida barcha sо‘zlar siklik ravishda generator chiqishiga beriladi).

STEP tugmasini bosish orqali generatorni qadam ish tartibiga о‘tkaziladi, BURST tugma siklik ish tartibiga о‘tkazadi, CYCLE tugmasi esa uzuluksiz ish tartibiga о‘tkazadi.
Uzuluksiz ish tartibida ishni tо‘xtatish uchun CYCLE tugmasini yana bir marotaba bosish kerak (yoki klaviaturada CTRL + T bosish kerak).
TRIGGER boshqarish paneli generatorning ishlash vaqtini boshlanishini belgilab beradi. Ishga tushish vaqti sinxronnlovchi impulsning manfiy yoki musbat frontlari orqali berilishi mumkun.
EXTERNAL (tashqi sinxronnlash) ish tartibida generator chiqishiga sо‘zni uzatish ishga tushurish kirishiga beriladigan impulslar bilan sinxronnizatsiyalanadi. Har bir impulsning kelishi bilan generator chiqishiga bitta sо‘z chiqariladi.
INTERNAL (ichki sinxronnlash) ish tartibida generator sо‘zlarni chiqishga berishni ichki sinxronnizatsiyalash orqali amalga oshiradi.
Sxema ishlashini generator bilan sinxronnizatsiyalashda impuls chastotasini Gs dan to MGs oralig‘ida FREQUENSY oynasida о‘rnatish mumkun. Mantiqiy taxlillagich
Sxemaga mantiqiy taxlillagichning kichraytirilgan tasviri chiqariladi.
Mantiqiy taxlillagich tadqiqot qilinadigan sxemaga uning chap tarafidagi chiqishlari yordamida ulanadi. Bir vaqtning о‘zida sxemaning о‘n oltita nuqtasi signallarni kuzatish mumkun. О‘ng taraf pasdagi qisqich sinxronnizatsiyalash impulslarini berish uchun ishlatiladi.
Sichqoncha kursorini mantiqiy taxlillagichning kichraytirilgan tasviri ustuga ketirib ikki marotaba bosilsa mantiqiy taxlillagichning pastki chizmada keltirilgan kengaytirilgan sxemasi ochiladi.
Mantiqiy taxlillagichning 16-kanalli ekranida signallarning vaqt diogrammasi tо‘g‘ri tо‘rtburchakli impulslar kо‘rinishida aks ettiriladi. Undan tashqari, mantiqiy taxlillagichning chap qismidagi aylanasimon oynada taxlillagich kirishlarining hozirdagi holati aks etadi. Har bir oyna uning kirishlaridan biriga mos keladi.
Bu taxlillagichning asosiy farqi – ikki hissaga oshirilgan kanallar soni (2chizma). Taxlillagich shuningdek ikkita chegaralovchi lineyka bilan taminlangan (ossilografdagi ZOOM ish tartibi kabi), bu esa T1, T2 va T2-T1 vaqt oraliqlarini aniq olish imkoniyatini yaratadi, yana gorizontal yо‘nalish bо‘yicha о‘tkazish lineykasi zam mavjud, bu esa katta vaqt oraliqlarini taxlillash imkoniyatini beradi (3-chizma).


2-chizma. Mantiqiy taxlillagichning tashqi kо‘rinishi


3-chizma. Mantiqiy taxlillagichning oldi paneli.


4-chizma. Ishga tushirish signallarining kо‘rsatgichlarini о‘rnatish menyusi

Clock blokida ishga tushirish signallarining odatdagi (Extend) va shuningdek tanlovli (Qualifier) manbalarini ulash uchun klemmalar mavjud, ularning kо‘rsatgichlari Set tugmasi tomonidan chaqiriladigan menyu yordamida о‘rnatilishi mumkun (4-chizmaga qaralsin). Generatorni ishga tushirish signalining oldingi (Positive) yoki orqa (Negative) fronti bо‘yicha tashqi (External) yoki ichki (Internal) manbalarning biridan foydalanib amalga oshirish mumkun. Clock qualifier oynasida mantiqiy signalning (0, 1 yoki X) qiymatini о‘rnatish mumkun, uning yordamida mantiqiy taxlillovchi ishga tushiriladi.
Mantiqiy taxlillovchini ishga tushirishning qо‘shimcha shartlari muloqat oynasi (5a-chizma) yordamida tanlash mumkun, uni Trigger blokidagi Set tugmasi orqali chaqiriladi. Bu oyna yordamida A, V va S kanallarda signalning kerakli 16razryadli ikkiliku kombinatsiyasini berish va sо‘ng Trigger combinations qatorda tanlashning qо‘shimcha shartlarini о‘rnatish mumkun, ularni 5b-chizmada kо‘rsatilgan. Ulardan ba’zilarini keltiramiz:
A OR V — A yoki V kanaldan taxlilovchini ishga tushirish;
A THEN V —A kanaldan taxlilovchini ishga tushirish, agarda V kanalda
signal 1 teng bо‘lsa;
(A OR V) THEN S —A yoki V kanaldan taxlilovchini ishga tushirish, agarda S kanalda signal 1 teng bо‘lsa.
Trigger qualifier oynada 1, 0 yoki X mantiqiy signallarni berish mumkun, bu signallar mavjud bо‘lgandagina taxlilloavchi ishga tushiriladi.

a b
5-chizma. Ishga tushirishning qо‘shimcha kо‘rsatgichlar oynasi (a) tanlash
shartlari (b)

Download 86.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling