Мавзу: Комил Хоразмий


Seminar mashg’ulotlarini uyushtirish bo’yicha


Download 1.06 Mb.
bet25/95
Sana03.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1154422
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Bog'liq
portal.guldu.uz-Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Izoh
Seminar mashg’ulotlarini uyushtirish bo’yicha
ko’rsatma va tavsiyalar
Talabalar seminar mashg’ulotlarida milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti namoyandalari va ilk mustamlakachilik davridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy-madaniy hayot bilan bog’liq masalalarga aniqlik kiritishga xizmat qiladigan ilmiy adabiyotlar bilan tanishadilar. Ulardagi etakchi qarashlarni aniqlab, berilgan mavzuni qanchalik o’zlashtirgani va bilimlarini mustaqil ravishda qay yo’sinda qo’llamoqchi ekanligi borasida ko’nikmalarga ega bo’lishi ko’zda tutiladi.
Seminar mashg’ulotlarini uyushtirish bo’yicha tavsiya qilinadigan taxminiy mavzular:
1. Ilk mustamlakachilik davri: ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy hayot.
2. Komil Xorazmiy – yangicha ma’rifatparvarlik namoyandasi.
3. Feruz – ilm-fan, madaniyat va adabiyot, ma’rifat homiysi.
4. Muqimiy va milliy uyg’onish davri Qo’qon adabiy muhiti.
5. Furqat hayoti va ijodini o’rganishning dolzarb masalalari.
6. Sharif Yusupovning mustamlakachilik davri ilk bosqichiga oid asarlari tahlili.
7. Hamza ijodining yangicha talqini.
8. Ma’rifatparvarlik va milliy uyg’onish.
9. Jadidchilik va milliy matbuot.
10. Jadidchilik va milliy teatr.
11. Jadid adabiyotidagi janriy yangilanishlar.
12. Jadidchilik va milliy istiqlol g’oyasi.
Izoh: Mazkur ro’yxatdagi mavzulardan seminar mashg’ulotlari uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” fanining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarishi maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik;

  • seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik;

  • mavjud darslik va o’quv qo’llanmalari bo’yicha fanning asosiy bob va mavzularini o’rganib chiqish;

  • qo’shimcha adabiyotlarga tayanib, milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti fanining ayrim bo’lim va mavzularini mustaqil o’zlashtirish;

  • milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti bo’yicha yangi chop etilgan asarlar bilan tanishib, uni o’z pedagogik amaliyotiga tatbiq etishni loyihalashtirish;

  • texnologiyalashgan pedagogika va o’qitishning interfaol usullari to’g’risida so’nggi ilmiy adabiyotlar bilan tanishib, ularni o’zlashtirish.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling