Mavzu: Kommutatsiya jarayonlari va protokollariga oid iso/ip-rm modeli
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
TDS MI 1
Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalash (object-
oriented analysis and design) ning bosh g'oyasi predmetga oid sohani va masalaning mantiqiy yechimini obyektlar (tushunchalar va mohiyatlar) nuqtayi nazaridan ko'rib chiqishdan iborat. Obyektga mo'ljallangan tahlil jarayonida asosiy diqqat-e'tibor obyektlar (yoki tushunchalar)ning predmetga oid soha atamalarida ta'riflash va tavsiflashga qaratiladi. Obyektga mo'ljallangan tahlil jarayonida obyektga mo'ljallangan dasturlash tili vositalari bilan joriy qilinadigan mantiqiy dasturiy obyektlar aniqlanadi. Bu dasturiy obyektlar atributlar va metodlarni o'z ichiga oladi. Va, nihoyat, konstruksiyalash (construction) yoki obyektga mo'ljallangan dasturlash (object-oriented programming) jarayonida ishlab chiqilgan komponentlar va sinflarning joriy qilinishi ta'minlanadi. Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashning ayrim asosiy tamoyillarini qisqacha ko'rib chiqamiz. Keyinchalik biz barcha ko'rib chiqilgan atamalarning yanada aniqroq ta'rifini va yanada to'liqroq shifr yechimini beramiz. —Avval talablar tahlili (requirements analysis) amalga oshiriladi hamda bu paytda modellashtirilayotgan tizimda sodir bo'layotgan asosiy jarayonlar va ularning pretsedentlar ko'rinishidagi ta'rifi ajratiladi. Pretsedent (precedent) — predmetga oid sohada sodir bo'layotgan jarayonlarning matniy tavsifi. • Ikkinchi qadam. Predmetga oidsohaning obyektga mo'ljallangan tahlili (object-oriented domain analysis). Bu qadamning vazifasi jarayon ishtirokchilarining faoliyat turlarini aniqlash hamda predmetga oid soha elementlarining turli kategoriyalarini aks ettiruvchi konseptual model (conceptual model) ni tuzishdan iborat. • Uchinchi qadam. Bunda kim nima bilan shug'ullanayotganini ko'rib chiqamiz. Aynan shu faoliyat obyektga mo'ljallangan loyihalash (object- oriented design) deb ataladi va bunda asosiy diqqat-e'tibor majburiyatlarni taqsimlashga qaratiladi. Majburiyatlarni taqsimlash (responsibility assignment) da ilovadagi turli dasturiy obyektlarning vazifa va majburiyatlari ajratib ko'rsatiladi. Obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashning muhim momenti shundan iboratki, bunda dasturiy tizim komponentlari o'rtasida majburiyatlar taqsimotini malakali o'tkazish ko'zda tutiladi. Gap shundaki, obyektga mo'ljallangan tahlil va loyihalashsiz ish ko'rib bo'lmaydi. Buning ustiga u robastlik, masshtablashish, kengayishlik va takroran qo'llash imkoniyatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Obyektlarning majburiyatlari va o'zaro aloqalari sinflar diagrammasi (design class diagram) va o'zaro aloqalar diagrammasi (collaboration diagram) qo'llangan holda ifodalanadi. 1.Ob’ektlar Ob’kt - mavxum (abstrakt) moxiyat bo’lib, u bizni o’rab turgan xaqiqiy olamning tavsiflariga ega. Ob’ktlarni yaratish va ular ustida manipulyatsiya lar olib borish - C++tilining qandaydir aloxida imtiyozi emas , balki ob’ktlarning tavsifi va ular ustida o’tkaziladigan operattsiyalarni kodli konstruktsiyalarda o’zida mujassamlantiradigan dasturlash metodologiyasi (uslubiyoti) ning natijasidir. Dasturning xar bir ob’kti, xar qanday xaqiqiy ob’kt kabi, o’z atributlari va o’ziga xos xulq-atvori bilan ajralib turadi. Ob’ktlarni turli kategoriyalarga ko’ra tasniflash mumkin: masalan, mening «Cassio» raqamli qo’l soatim soatlar klassiga mansub. Soatlarning dasturiy realizattsiyasi (ishlatilishi), standart xolat sifatida, sizning komp’yuteringizning operattsiya tizimi tarkibiga kiradi. 2 . Klasslar Xar bir klass klasslar tabaqalanishida (iyerarxiyasida) ma’lum o’rinni egallaydi. Masalan, barcha soatlar vaqtni o’lchash asboblari klassiga (tabaqalanishda ancha yuqori turgan) mansub, soatlar klassining o’zi esa xuddi shu mavzudagi ko’plab xosila variattsiyalarini o’z ichiga oladi. SHunday qilib, xar qanday klass ob’ktlarning biron-bir kategoriyasini aniqlaydi, xar qanday ob’kt esa biron-bir klass ekzemplyari (nusxasi)dir. 3.Ob’ktli dasturlash Ob’ktga mo’ljallangan dasturlash (OMD) - bu dasturchining asosiy diqqatini ob’ktlarni ishlatish tafsilotlariga emas, balki ob’ktlar o’rtasidagi aloqalarga qaratadigan metodika. Bu ma’ruzada OMD ning asosiy tamoyillari (inkapsulyatsiyalash, vorislik, polimorfizm , klasslar va ob’ktlarning yaaratilishi) C++Builder tilining vizual ishlov berish integrattsiyalangan muxitida qabul qilingan yangi tushuncha va atamalar bilan izoxlanadi va to’ldiriladi. SHuningdek, yangi imkoniyatlar (komponentalar, xususiyatlar, voqea- xodisaning qayta ishlagichi) evaziga tilni kengaytirish tavsiflari xamda ANSI C++ standartining oxirgi ko’shimchalari (shablonlar, nomlar fazosi, to’g‘ridan- to’g‘ri va noaniq e’lonlar, dasturni bajarishda turlar identiftikattsiyasi, istisnolar) ning tavsiflari keltiriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling