Mavzu: Kommutatsiya jarayonlari va protokollariga oid iso/ip-rm modeli
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
TDS MI 1
6.Vorislik
Vorislik g‘oyasi ob’ktlar xulq-atvorini modifikattsiyalash muammosini xal qiladi xamda OMD ga favqulotda kuch va moslashuvchanlik baxsh etadi. Vorislik, deyarli xech qanday cheklanishlarsiz, siz yoki boshqa biron kimsa tomonidan yaratilgan klasslarni izchil qurish va kengaytirish imkonini beradi. Eng oddiy klasslardan boshlab, murakkablik jixatidan asta-sekin ortib boradigan, ammo sozlanishi xam oson, ichki tuzilishi xam oddiy bo’lgan xosila klasslarni yaratish mumkin. Ayniqsa yirik dasturiy loyixalarni ishlab chiqishda vorislik tamoyilini xayotga izchil tatbiq etish pasayib boruvchi tuzilmaviy dasturlash (umumiydan juz’iyga) texnikasi bilan yaxshi moslashadi xamda ko’p o’rinda bunday yondoshuvni rag‘batlantiradi. Bunda dastur kodining murakkabligi ancha kamayadi. Xosila klass (avlod) o’z bazaviy klassining (otasining) xamda klasslar tabaqalanishidagi o’zining barcha ajdodlarining xamma xususiyatlari, metodlari va voqealarini voris qilib oladi. Vorislik paytida bazaviy klass yangi atributlar va operattsiyalar xisobiga yanada o’sadi. Xosila klassda odatda yangi ma’lumotlar a’zolari, xususiyatlar va metodlar paydo bo’ladi. Ob’ktlar bilan ishlashda dasturchi odatda konkret masalani xal qilish uchun eng to’g‘ri keladigan klassni tanlaydi xamda undan bitta yoki bir nechta voris avlod yaratadiki ular o’z otaslarida mavjud imkoniyatlardan ko’proq imkoniyatga ega bo’ladilar. Do’stona funktsiyalar xosila klassga barcha tashqi klasslar ma’lumotlari a’zolariga kirish xuquqini olish imkonini beradilar. Bundan tashqari , voris qilib olinayotgan metodlardan, ularning bazaviy klassdagi ishi avlodga to’g‘ri kelmasa, xosila klass ortiqcha yuklanishi mumkin. OMD da ortiqcha yuklanishdan foydalanish xar qanaqasiga rag‘batlantiriladi, garchi bu so’zning to’g‘ri ma’nosidan kelib chiqqanda, odatda ortiqcha yuklanishlar tavsiya qilinmaydi. Agar metod bittadan ortiq bir nomdagi funktsiya bilan assottsiyatsiyalansa, u ortiqcha yuklangan deb aytiladi. E’tibor bering, klasslar tabaqalanishida ortiqcha yuklatilgan metodlarni chaqirib olib mexanizmi qayta aniqlangan funktsiyalarni chaqirib olishdan mutlaqo farq qiladi. Ortiqcha yuklanish va qayta aniqlanish - bu turli tushunchalar. Virtual metodlar bazaviy klass funktsiyalarini qayta aniqlash uchun qo’llanadi. Vorislik kontsepttsiyaasini soat xaqidagi misolga tatbiq qilish uchun faraz qilaylikki, vorislik tamoyiliga amal qilgan «Casio» firmasi soatning yangi modelini chiqarishga qaror qildi. Aytaylik, bu model, tugmachalardan biri ikki marta bosilsa, vaqtni ovozda ayta oladi. Gapiradigan soatlar modeli (OMD atamalari bo’yicha, yangi klass) ni yangidan yaratish o’rniga muxandislar ishni uning prototipidan boshlaydilar (OMD atamalari bo’yicha, bazaviy klassningyangi avlodini yaratadilar). Xosila ob’kt otasining barcha atributlari va funkttsionalligini voris qilib oladi. Sintezlangan ovozda aytilgan sonlar avlodning yangi ma’lumotlar a’zolari bo’lib qoladi, tugmachalarning ob’ktli metodlari esa , ularning qo’shimcha funktsionalligini ishga tushirish uchun, ortiqcha yuklatilgan bo’lishi kerak. Tugmachalarning ikki marta bosilish xodisasiga yangi usul javob berib, u joriy vaqtga mos keladigan sonlar ketma-ketligi (yangi ma’lumotlar a’zolari) ning talaffuz qilinishida namoyon bo’ladi. YUqorida aytilganlarning xammasi gapiradigan soatlarning dasturiy amalga oshirilishiga to’liq taalluqli. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling