Mavzu: kompaniya portfelining korxonalar tarmoqlari bo'yicha taxlili


Download 168 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi168 Kb.
#1572088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KOMPANIYA

3 TMK millatini aniklash.
TMK millati kursatkichlari bulib kuyidagilar xizmat kiladi:
-ruyxatga olingan joyi;
-shtab-kvartiraning joylashuvi;
-aksiyalarning boshkaruv paketiga ega bulgan aksiyadorlar millati.
Kompaniya millatini uz xukumati tomonidan beriladigan imtiyozlar, subsidiyalar, solik imtiyozlari va boshkalar aniklaydi. Xorijiy firmalarga esa faoliyat yuritish uchun kabul kiluvchi davlat iktisodiyotning aloxida sektorlarini koldirgan xolda chegaralaydilar. Shunday kilib, kupchilik mamlakatlarda xorijiy firmalarga temir yul transporti soxasida, Avstraliya va Yaponiyada neft gaz sanoati soxasida, Italiya, Gretsiya, Finlyandiyada telekommunikatsiya soxasida va boshkalarda faoliyat yuritish ta’kiklangan. Lekin, sunggi yillarda xorijiy firmalar uchun ta’kiklangan tadbirkorlik soxalarini kiskartirish va milliy konunchilikni liberallashtirish tendensiyasi kuzatilmokda. Odatda turli mamlakatlar konunchiligi milliy va xorijiy firmalarni emas, balki rezident-firmalar va norezident-firmalarni farklaydi. Rezidentlarga berilgan davlat xududida joylashgan va usha yerning uzida ruyxatdan utgan kompaniyalar kiradi. Xorijiy kapital ishtiroki bilan xorijda tuzilgan norezident-firmalar iktisodiy adabiyetlarda odatda bosh kompaniyaning xorijiy filiallari (foreign affiliates) deb nomlanadi. Bu filiallar bulim (branch) shaklida, shu’ba firmalar (subsidiary) yoki uyushgan (associated) kompaniyalar shaklida faoliyat yuritishi mumkin.
Bulim kabul kilayetgan mamlakatda ruyxatdan utadi, ammo uz balansiga ega bulgan mustakil kompaniya bulmaydi, u tulaligicha (100%) bosh kompaniyanikidir va u yuridik shaxs sifatida amal kila olmaydi. Ular:
A) Bosh kompaniyaning xorijdagi vakolatxonasi;
B) Bosh kompaniyaning kushma korxona buyicha xamkori, u yerga boshka firmalar xam kirishi mumkin;
V) Bosh kompaniyaning xorijdagi kuchmas mulki;
G) Bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida xorijda faoliyat yurituvchi moslamalari (kemalar, samoletlar, neft kazib chikazuvchi platformalar) bulishi mumkin.
Shu’ba kompaniyalar – bu kabul kilayetgan mamlakatda uz balansiga ega bulgan mustakil firma sifatida (ya’ni yuridik shaxs xisoblanadi) ruyxatdan utgan, lekin uning ustidan nazoratni aksiyalarning kontrol paketiga yeki shu’ba kompaniyaning butun kapitaliga egalik kiluvchi va bu korxona boshliklarini tayinlovchi bosh kompaniya amalga oshiradigan TMK tizimiga kiruvchi korxona.
Uyushgan kompaniya – bunda bosh kompaniya aksiyalarning 10-50%iga egalik kiluvchi TMK tizimiga kirgan kabul kiluvchi mamlakatdagi korxona. Bu korxona bosh kompaniya nazorati ostida emas balki ta’siri ostida buladi.
Ba’zan bulim, shu’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma faoliyatining baynalmilallashuvi yulidagi boskichlardan xisoblanadi. Bu xolatda internatsionallashtirishning birinchi boskichi bulib odatda kompaniya maxsulotlarining eksporti xisoblanadi. Sungra tashki savdo bitimlari keyingi boskich – xorijiy xamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion bitimlar) ayirboshlash xisobiga kengayadi. Tovar aylanishining kupayishi, kabul kiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy texnik alokalarining kengayishi eksporter kompaniyaning bu mamlakatda uz vakolatxonasini ochish zaruratiga olib keladi. Operatsiyalar xajmining usishi bilan vakolatxona boskichma-boskich dastlab shu’ba kompaniyasi va keyin uyushgan kompaniya darajasiga kutariladi. Xorijiy tadbirkorlikning keyingi rivoji global masshtabdagi biznesga ega xalkaro korxona shakllanishiga olib keladi.
Yukorida aytib utilgan milliy kompaniyaning TMK sari yulini kupchilik xalkaro kompaniyalar uchun odatiy bulgan tashkiliy kayta shakllanish zanjiri sifatida kuyidagicha tasavvur kilish mumkin:
Eksport – texnologiyalar bilan almashinuv – kabul kiluvchi mamlakatdagi vakolatxona – shu’ba kompaniyasi – uyushgan kompaniya – global masshtabdagi biznesga ega xalkaro korxona.
Kompaniya millati xakidagi masalalar bankrotlik, solikka tortish, antimonopol konunchilikni kullash va bir kator boshka xolatlarda xam yuzaga keladi. Kupchilik solikka tortish xukukiy tizimiga kura xar bir kompaniya kardosh firmalar bilan alokalaridan kat’i nazar aloxida solikka tortiladi. Bunda ikki marotaba solikka tortmaslik uchun bosh kompaniya kardosh korxona bilan ularga texnologiyalarni, nou-xaularni berish, patentlardan, konstruktorlik ishlanmalaridan, savdo markalaridan, NIOKR natijalaridan (agar NIOKR tijorat daromadi keltirsa, ular solikka tortiladi) foydalanish soxasida kelishib olishlari zarur. Kabul kiluvchi mamlakat solik organlarining bosh kompaniya va uning xorijiy filiallari orasidagi munosabatlarni bilishi kabul kilayotgan mamlakat solik deklaratsiyasida TMK filiallari tomonidan kursatilayotgan daromadlar xajmining tugriligini nazorat kilish imkonini beradi.
90-yillarda yirik TMKlar tomonidan kabul kiluvchi mamlakat solik konunchiligining kupol buzilganligi kuzatilgan. Shunday, 90-yillar urtalarida Yaponiya solik organlari “Koka-kola” kompaniyasi filialiga bosh kompaniya xisobiga xaddan tashkari kup litsenziyalangan pullarni utkazgani, shunga kura solik deklaratsiyasida filial foydasi past kursatilgani uchun 15 mlrd. iyena mikdorida jarima solgan. Shu vaktning uzida “Nissan” yapon mashinasozlik kompaniyasi AKSH solik boshkarmasiga 17 mlrd. iyena mikdorida jarima tulagan, chunki uz foydasining bir kismini Yaponiyadagi bosh kompaniya xisobiga utkazib yuborish evaziga Amerika soligini chetlab utishga muvaffak bulgandi.
Antimonopol konunchilik kullanilgan xolatlarda kup mamlakatlar sudi birlashmagan bozor kudratini aniklashda korxonalarning iktisodiy birligi (kardoshligi) kuzda tutiladi. Bu yerda kupgina TMKlarning yuridik konsultatsiyalar, NIOKR, moliya, buxgalteriya, bir yoki bir nechta xalkaro markazlarda programmalashtirish kabi TMKning butun tizimiga xizmat kursatadigan funksiyalarni markazlashtirishi e’tiborga olinadi. Kompaniya millati sud yeki orbitrajda bosh kompaniyaning ekologik jixatdan zararli texnologiyalar yoki defekt maxsulotlar ishlab chikarishga jalb kilinganligi darajasi kurib chikilayotganda katta axamiyatga ega bulishi mumkin. Bunday xolatlarda sud xukmiga xukukiy tomondan tashkari ma’naviy masala xam ta’sir etishi mumkin. Shunday, xammaga ma’lum bulgan Bxopal (Xindiston)dagi kimyo zavodida insonlarning ommaviy zaxarlanishiga “Yunion karbayt” kompaniyasi texnologiyasidan foydalanilishi sabab bulgan va u sudda Xindiston tomoni oldida ma’naviy javobgarligini tan olib zarar kurgan oilalar xarajatlarini koplash majburiyatlarini uz buyniga olgan. TMK millatini va uning chet el filiallari bilan alokasini aniklashdagi kiyinchiliklar bu alokalarning kup uchraydigan kupdarajaliligi bilan tushuntiriladi. Masalan, uyinchoklar tayyorlaydigan yirik “Mattel” (AKSH) korporatsiyasi butun dunyo buyicha 39 kardosh kompaniyasiga egadir, bulardan 26 korxona bosh kompaniyaning bevosita mulki va 13 tasi esa “Mattel” korporatsiyasining chet el filiallariga tegishlidir (1. jadval).
Oxirgi yillarda shakllanish va uz mavkeini mustaxkamlash boskichda turgan Rossiya TMKlari jaxon tovar va xizmat kursatish bozorida uz faoliyatini aktivlashtirmokda. Zamonaviy TMKlarga uxshash bir kator Rossiya xalkaro kompaniyalari Sovet Ittifoki davridayok shakllangan edi. Ularga “Ingosstrax”, “Aeroflot” va kuplab tashki iktisodiy birlashmalar kiradi. Masalan, “Gazprom” RAJ tabiiy gazni kazib chikarish va eksport buyicha 100%li monopolist bulib, u dunyo buyicha topilgan tabiiy gaz zaxiralarining 34%ini nazorat kiladi va Garbiy Yevropa talabining 20%ini ta’minlaydi. Rossiya gaz gigantining jaxon bozoridagi muvafakkiyatli faoliyati kudratli krporatsiyalarini bozor iktisodiyotida sezilarli yutuklarga erishishlari mumkinligini kursatmokda. Masalan, neft sanoati yetakchilariga mansub Rossiya “LUKoyl” kompaniyasining turli mamlakatlardagi tashkilotlarida ishlab chikarishni vertikal integratsiyasi kabul kilingan, ya’ni neft kazilmasining bir kismi benzin, dizel yonilgisi, mazut, mashina moyi, neft koksi va aviatsiya kerosiniga kayta ishlanadi. 1998-yilda “LUKoyl” va Amerika “Konako” TMKsi Rossiyaning Timano-Pechorsk neft gaz rayonida yangi neft konlarini uzlashtirish buyicha memorandum imzoladilar.
Xalkaro xujalik alokalarining TMK kabi samarali shakli imkoniyatlari MDX mamlakatlari korxonalarining moliyaviy, texnik va ilmiy resurslarini birlashtirish uchun yana xam kengrok kullanilmokda. Bu kabi TMKlarni tuzish uchun moliyaviy sanoat guruxlari (MSG) asos bulmokda. MDX mamlakatlariga tegishli yuridik shaxslarni birlashtiruvchi bu guruxlar transmilliy MSG-TMSG sifatida ruyxatga olinadi. Ular yagona texnik struktura, marketing, moliyaviy siyosat utkazish maksadida tashkil etiladi. Xukumatlararo kelishuvlar asosida TMSG tashkil etilganda ularga davlatlararo moliyaviy sanoat guruxlari DMSG makomi beriladi. MDX mamlakatlari TMKsi millati ular ruyxatdan utgan joyiga karab aniklanadi.


Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling