Mavzu: kompaniya portfelining korxonalar tarmoqlari bo'yicha taxlili


Download 168 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi168 Kb.
#1572088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KOMPANIYA

Aralash moliyalashtirish amaliyotda ancha keng tarqalgan va moliyalashtirishning bir emas, balki bir nechta usullarini bir vaqtning o‘zida qo‘llashni nazarda tutadi. Aralash moliyalashtirishda investitsiyalarni moliyalashtirishning o‘z manbalari ulushini nazorat qilib borish zarur.
Moliyalashtirish usullari va manbalarini tanlash ko‘plab mezonlar bog‘liq. Ular orasidan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini, korxona operatsion faoliyatining tarmoq xususiyatlarini, korxona hajmi va yoshini, turli mabalardan jalb qilingan kapitallari qiymatini, moliyalashtirish manbalarini tanlash imkoniyatini, kapital bozori kon’yunkturasini, foydani soliqqa tortish darajasini, risk darajasigna munosabatni, pul oqimlari hajmini, korxona kapitala tuzilishini, qo‘yilma obyektini ko‘rsatishimiz mumkin. Xalkaro kompaniyalar - bu milliy kapitalni boshka davlatlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maksadida olib chikuvchi tashkilotlardir. Zamonaviy xalkaro kompaniyalarning kupchilik kismi transmilliy korporatsiyalarni, tashkiliy shakli buyicha esa konsernlarni ifoda etadi. Ular ilgarigi turli davlatlar kapitalining oddiy birlashuvi va ishtirokchilari uz kapitallarining mulkdori bulib kolgan kartellar, sindikatlar, trestlardan ma’lum darajada farklanadi. Ularga teskari xolda XX asrning tipik konserni-bu odatda turli tarmoklar va xududlar buyicha diversifikatsiyalangan kapitalning yagona mulkdori. Zamonaviy xalkaro kompaniyalar transmilliy, ya’ni uz millatiga ega bulgan yoki kupmillatli bulishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar bosh kompaniya (odatda u kompaniya millatini aniklaydi) va uning xorijiy filiallarini uz ichiga oluvchi korxonalar tizimini ifodalaydi. Bosh kompaniya boshka davlatlardagi uzining xorijiy filiallari aktivini nazorat kiladi va odatda ularning kapitalida uz ulushiga ega.
Kup millatli kompaniyalarda xar xil millatlar kapitallarining birlashuvi vujudga keladi. Birinchi kup millatli kompaniya “Yunilever” 1929 yili “Margarin Yuni” (Daniya) va “Lever Brazerz” (Buyuk Britaniya) firmalarining birlashishi natijasida vujudga keldi. Shu davrdan boshlab u deyarli 60ta davlatda 500dan ortik xorijiy filiallari bulgan eng yirik xalkaro kompaniyalardan biri darajasigacha usib ketdi. “Yunilever” kompaniyasi ikkita shtab-kvartiraga ega - biri Londonda, boshkasi - Rotterdamda joylashgan.


Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling