Mavzu: Kompaniyada marketingning roli
Download 44.2 Kb.
|
Strategiya amaal 1
Strategik marketing – bu, avvalo, jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning o‘ziga emas, balki shu tovar yordamida echiladiigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. Echimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiyalarning o‘zi esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik marketingning roli - berilgan bozorning evolutsiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ularning segmentlarini aniqlashdan iborat.
Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlarni ifodalaydi, endi ularning jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bozorining jalb qiluvchanligi miqdoriy jihatdan bozor salohiyati tushunchasi bilan o‘lchanadi, dinamik jihatdan esa o‘zining mavjud bo‘lish muddati bilan yoki hayotiylik davri bilan tavsiflanadi. Muayyan firma uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi uning raqobatbardoshligiga, boshqacha qilib aytganda, xaridorlarning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda yaxshiroq qondira olish qobiliyatiga bog‘liq. Firmaning raqobatbardoshligi uning raqobatli ustunlikka ega bo‘lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi sifatlari tufayli yoxud xarajatlar bo‘yicha ustunlik beruvchi yuqori ishlab chiqarish samaradorligi tufayli mavjud bo‘ladi. Tovarni bozorning o‘z-o‘ziga “tortayotganligi” yoki tovarning bozorga texnologik jihatdan “kiritalyotganligidan” qat’iy nazar, tovar o‘zining iqtisodiy va tijorat ahamiyatini baholash maqsadida strategik marketing nazoratidan o‘tishi kerak. Tadqiqotlar va ishlanmalar xizmatlari (ITTKI), ishlab chiqarish va strategik marketing o‘rtasidagi muvofiqlik bu o‘rinda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tovar uchun bozor tanlash shu muvofiqlikning natijasi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini belgilash va investitsion qarorlar qilish uchun zamin yaratadi va binobarin, firmaning butun moliyaviy tuzilmasining muvozanatda bo‘lishini ta’minlashda g‘oyatda
Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan, rentabellikning o‘sish salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan iborat. Strategik marketing jarayoni o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o‘sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini ta’minlashdan iborat. Download 44.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling