Mavzu: Kompaniyada marketingning roli


Integrasiyalangan marketing jarayoni


Download 44.2 Kb.
bet3/4
Sana22.03.2023
Hajmi44.2 Kb.
#1286551
1   2   3   4
Bog'liq
Strategiya amaal 1

Integrasiyalangan marketing jarayoni. Anglab olish va strategik rejalashtirish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan ishlar operasion rejalashtirishdan anchagina farq qiladi va ishtirokchilardan boshqacha qobiliyatlarni talab qiladi. SHunga qaramay, bu ikki funksiya ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi, ya’ni strategik rejaning tuzilmasi operasion marketing bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Operasion marketing narx, sotish tizimi, reklama va tovarni siljitish kabi vositalariga alohida e’tibor beradi, strategik marketing esa firma raqobatli ustunlikka ega bo‘lgan tovar bozorlarini tanlashga va maqsadli bozorlarning har biridagi umumiy ehtiyoj istiqbollariga qaratilgandir. Operasion marketing - bu mo‘ljallardan kelib chiqqan holda bozor ulushini egallab olish maqsadlarini hamda bunga erishish uchun zarur bo‘lgan marketing byudjetini belgilaydi.

Bozor ulushini egallash maqsadini har bir tovar bozori bo‘yicha umumiy ehtiyoj istiqbollari bilan taqqoslash, tanlangan narx siyosatiga mos ravishda sotish hajmi va aylanmasi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Kutilayotgan daromad bevosita ishlab chiqarish xarajatlari, mumkin bo‘lgan doimiy tarkibiy xarajatlar, marketing budjeti imkon bergan miqdordagi savdo xodimlari, reklama va u qo‘shimcha chiqimlarni qoplashi va sof foyda kelishini ta’minlashi kerak.

yo‘qolib ketishi muqarrar bo‘lgan faoliyat yo‘nalishini saqlab qola olmaydi. Binobarin, rentabellikni ta’minlash uchun operasion marketing strategik fikrlashga asoslangan bo‘lishi kerak, u esa o‘z navbatida bozordagi ehtiyojga va uning kutilayotgan evolutsiyasiga tayanadi.

Strategik marketing – bu, avvalo, jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning o‘ziga emas, balki shu tovar yordamida echiladiigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. Echimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiyalarning o‘zi esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik marketingning roli - berilgan bozorning evolutsiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ularning segmentlarini aniqlashdan iborat.

Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlarni ifodalaydi, endi ularning jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bozorining jalb qiluvchanligi miqdoriy jihatdan bozor salohiyati tushunchasi bilan o‘lchanadi, dinamik jihatdan esa o‘zining mavjud bo‘lish muddati bilan yoki hayotiylik davri bilan tavsiflanadi. Muayyan firma uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi uning raqobatbardoshligiga, boshqacha qilib aytganda, xaridorlarning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda yaxshiroq qondira olish qobiliyatiga bog‘liq. Firmaning raqobatbardoshligi uning raqobatli ustunlikka ega bo‘lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi sifatlari tufayli yoxud xarajatlar bo‘yicha ustunlik beruvchi yuqori ishlab chiqarish samaradorligi tufayli mavjud bo‘ladi.

Tovarni bozorning o‘z-o‘ziga “tortayotganligi” yoki tovarning bozorga texnologik jihatdan “kiritalyotganligidan” qat’iy nazar, tovar o‘zining iqtisodiy va tijorat ahamiyatini baholash maqsadida strategik marketing nazoratidan o‘tishi kerak. Tadqiqotlar va ishlanmalar xizmatlari (ITTKI), ishlab chiqarish va strategik marketing o‘rtasidagi muvofiqlik bu o‘rinda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tovar uchun bozor tanlash shu muvofiqlikning natijasi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini belgilash va investitsion qarorlar qilish uchun zamin yaratadi va binobarin, firmaning butun moliyaviy tuzilmasining muvozanatda bo‘lishini ta’minlashda g‘oyatda


muhimdir.



Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan, rentabellikning o‘sish salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan iborat. Strategik marketing jarayoni o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o‘sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini ta’minlashdan iborat.


Download 44.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling