Mavzu: Kompaniyada marketingning roli


Integrasiyalangan marketing jarayoni


Download 44.2 Kb.
bet4/4
Sana22.03.2023
Hajmi44.2 Kb.
#1286551
1   2   3   4
Bog'liq
Strategiya amaal 1

Integrasiyalangan marketing jarayoni. Anglab olish va strategik rejalashtirish bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan ishlar operasion rejalashtirishdan anchagina farq qiladi va ishtirokchilardan boshqacha qobiliyatlarni talab qiladi. SHunga qaramay, bu ikki funksiya ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi, ya’ni strategik rejaning tuzilmasi operasion marketing bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Operasion marketing narx, sotish tizimi, reklama va tovarni siljitish kabi vositalariga alohida e’tibor beradi, strategik marketing esa firma raqobatli ustunlikka ega bo‘lgan tovar bozorlarini tanlashga va maqsadli bozorlarning har biridagi umumiy ehtiyoj istiqbollariga qaratilgandir. Operasion marketing - bu mo‘ljallardan kelib chiqqan holda bozor ulushini egallab olish maqsadlarini hamda bunga erishish uchun zarur bo‘lgan marketing byudjetini belgilaydi.

Bozor ulushini egallash maqsadini har bir tovar bozori bo‘yicha umumiy ehtiyoj istiqbollari bilan taqqoslash, tanlangan narx siyosatiga mos ravishda sotish hajmi va aylanmasi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Kutilayotgan daromad bevosita ishlab chiqarish xarajatlari, mumkin bo‘lgan doimiy tarkibiy xarajatlar, marketing budjeti imkon bergan miqdordagi savdo xodimlari, reklama va u qo‘shimcha chiqimlarni qoplashi va sof foyda kelishini ta’minlashi kerak.
Download 44.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling