Mavzu. Kompaniyalarni raqamlashtirish


Download 146.27 Kb.
bet1/9
Sana20.11.2023
Hajmi146.27 Kb.
#1787238
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Mavzu. Kompaniyalarni raqamlashtirish va ularning transformatsiyasi






  1. Mavzu. Kompaniyalarni raqamlashtirish va ularning transformatsiyasi


    1. Raqamlashtirish tushunchalari va ularga yondashuvlar.

    2. Biznes modellar va raqamlashtirish.

    3. Raqamli transformatsiya amalga oshirish bosqichlari.


    1. Raqamlashtirish tushunchalari va ularga yondashuvlar.

Ushbu bo'limda “raqamli” tushunchasi va raqamli transformatsiyaning qisqacha kelib chiqishini ko’rib chiqamiz. Bundan tashqari, biz elektronlashtirish va raqamlashtirish o'rtasidagi farqni o'rganamiz. Va nihoyat, biznes jarayonlarini qayta qurish va raqamli transformatsiyalar o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni ko'rib chiqamiz hamda raqamli transformatsiyaning kelajagiga nazar tashlaymiz.


Raqamli” tushunchasi nima? Biznes modellarining raqamli transformatsiyasini o'rganishdan oldin, raqamli transformatsiyadagi "raqamli" termini nimani anglatishini aniq tushunish kerak. "Raqamli" ning bir nechta ta'riflari mavjud, ammo biz mashhur McKinsey kompaniyasi tomonidan keltirilgan ta'rif bilan cheklanamiz, ushbu ta’rifga ko’ra raqamli atamasi tor ma’noda istalgan biror bir jarayonni, keng ma’noda kompaniyalar o'z bizneslarini qanday yuritishlarini anglatadi. McKinsey-ning "raqamli" ta'rifi uchta asosiy qismga bo'linishi mumkin:

Yana bir mashhur Capgemini kompaniyasi raqamli transformatsiyaga "korxonalar faoliyati samaradorligini yoki imkoniyatlarini tubdan yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanish" deb ta’rif berganlar. Ushbu ta'rif terminning keng ma'nosini ochib bersada, raqamli transformatsiyaga erishish uchun muhim tarkibiy qismlarni o'z ichiga olmagan. Raqamli transformatsiyaning har qanday ta'rifida raqamli transformatsiyaga olib keladigan zarur elementlarni keltirish muhim, chunki bu tarkibiy qismlarsiz haqiqiy raqamli transformatsiyani amalga oshirib bo’lmaydi. Texnologiyalarni biznes jarayonlariga tadbiq etish - bu biznesni raqamlashtirishning kichik bir qismidir. Texnologiyalar mijozlar, biznesning o'zi va boshqa muhim manfaatdor tomonlar uchun qo'shimcha qiymat yaratishi kerak. "Raqamli transformatsiyalar muvaffaqiyatli bo’lishi uchun yetakchi kompaniyalar ikkita qo'shimcha jarayonlarga e'tibor qaratishlari talab etiladi: xaridorlar bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishishlarini ta’minlovchi qiymat taklifi berishlari va
ushbu biznes jarayonlarini raqamli texnologiyalar yordamida o'zgartirish".

Download 146.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling