Mavzu: kompleks birikmalar va eritmalar analizi


Download 236 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi236 Kb.
#1534966
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KOMPLEKS BIRIKMALAR Eldor aka



MUNDARIJA


KIRISH 3
I. BOB 6
1.1. Metallarni kompleks (koordinatsion) birikmalarining umumiy tavsifi 6
1.2 Kompleks birikmalar eritmasidagi muvozanat . Barqarorlik va beqarorsizlik doimiylari 17
1.3. Komplekslarning shartli barqarorlik doimiylari 19
II.BOB 20
2.1. Eritmada kompleks hosil bo'lish jarayoniga ta'sir etuvchi omillari 20
2.2 Koordinatsion birikmalarni olish 23
XULOSA 35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 36


MAVZU: KOMPLEKS BIRIKMALAR VA ERITMALAR ANALIZI

Reja:


KIRISH 3
I. BOB 6
1.1. Metallarni kompleks (koordinatsion) birikmalarining umumiy tavsifi 6
1.2 Kompleks birikmalar eritmasidagi muvozanat . Barqarorlik va beqarorsizlik doimiylari 17
1.3. Komplekslarning shartli barqarorlik doimiylari 19
II.BOB 20
2.1. Eritmada kompleks hosil bo'lish jarayoniga ta'sir etuvchi omillari 20
2.2 Koordinatsion birikmalarni olish 23
XULOSA 35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 36


KIRISH


“Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-oktabr kuni mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha video selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi”, - deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”, - dedi Prezident yig‘ilishda.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta’kidlandi. “Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan bu mo‘tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o‘zgarishlar natijadorligi maktab ta’limiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd etildi. Ma’lum qilinishicha, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat www.regulation.gov.uz portaliga qo‘yilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi. Farmon loyihasida ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar aytilgan.
Jumladan, jamiyatda muallimning obro‘-e’tibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni ta’limning keyingi bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun shart yaratish va shuni rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.
Kompleks (koordinatsion) birikmalar jonli, jonsiz tabiatda keng tarqalganligi sababli sanoat, qishloq xo'jaligi, fan va tibbiyotda ko'p qo'llanadi. Masalan, xlorofill magniyning porfirin bilan hosil qilgan kompleksi, gemoglobin temir (II) ni porfirin halqasi bilan hosil qilgan kompleksi, ko'pchilik ma'dan (mineral)lar odatda kompleks birikmalardir, ko'pgina dori moddalar farmakologik faol modda sifatida metallar kompleks birikmalarini saqlaydi. Masalan, insulin (ruxning kompleksi), B12) vi-tamini (kobaltning kompleksi), platinol (platinaning kompleksi) va hokazo. Keng ma'noda deyarli barcha metallaming birikmalarini kompleks birikmalar deb atash mumkin.
Aksariyat hollarda farmakologik faol kompleks birikma asosida dori vositasi olinganda metall ionini ham va unga bog'lanib kompleks birikma hosil qilgan ligandni ham zaharli xususiyatlarini kamaytirish va biologik faolligini istalgan yo'nalishda o'zgartirish mumkin. Masalan, o'ta zaharli kaliy sianid kaliy ferrosianidga (sariq qon tuzi) yoki kaliy ferrisianid (qizil qon tuziga aylantirilsa, uning zaharli xossasi qolmaydi.
Koordinatsion (kompleks) birikmalami, tarkibida metall ioni bo'lmagan, neytral molekulalardan hosil bo'lgan molekular komplekslardan farqlay bilish lozim. Masalan, yodning benzol bilan, xinonning gidroxinon bilan hosil qilgan birikmalari va hokazo.
Kompleks birikmalarning koordinatsion nazariyasiga shvetsariyalik kimyogar Alfred Verner (1866-1919) asos solgan bo'lib, mazkur yo'nalishdagi ishlari uchun 1913-yilda unga Nobel mukofoti berilgan. "Kompleks birikma"iborasini nemis kimyogari V.Ostvald (1853-1932) birinchi bor qo'llagan.

Download 236 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling