Mavzu: Kompleks o’zgaruvchili funksiya tushunchasi


Download 382.41 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi382.41 Kb.
#1017583
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fayzulla matematika

Mavzu: Kompleks o’zgaruvchili funksiya tushunchasi


Reja:

  1. Soha to’g’risida tushuncha.

  2. Jordan chizig’i.

  3. Кompleks o’zgaruvchining funksiyalari va ularning aniqlanish sohasi.

  4. Кompleks o’zgaruvchilar funksiyasining hosilasi.Koshi-Riman sharti.

  5. Analitik funksiyalar.

6.Xulosa
7.Foydalanilgan adabiyotlar

Кompleks sonlar tekisligi (Z) da biror E to’plam berilgan bo’lsin.


1-ta’rif. z-nuqtaning kichik atrofi deb, markazi z nuqtada bo’lgan yetarli kichik radiusli doiraga tegishli nuqtalar to’plamiga aytiladi.
2-ta’rif. Agar z nuqtaning kichik atrofidagi barcha nuqtalar E to’plamga tegishli bo’lsa, z nuqta E to’plamning ichki nuqtasi deyiladi.
3-ta’rif. Agar z nuqtaning kichik atrofidagi nuqtalarning ba’zilari E ga tegishli, ba’zilari tegishli bo’lmasa, u E ning chegaraviy nuqtasi deyiladi.
1-rasmda -ichki, -chegaraviy, z3-tashqi nuqtalardir.
1-misol. a) - aylana ichki nuqtalari to’plami. b) - aylana nuqtalari to’plami.

Agar quyidagi ikki shart bajarilsa:

  1. E-to’plam faqat ichki nuqtalardan iborat bo’lsa,

  2. E-to’plamning har qanday ikki nuqtasini birlashtiruvchi uzluksiz chiziqning barcha nuqtalari E ga tegishli bo’lsa, tekislikdagi nuqtalar to’plami (E) - soha deyiladi.

Agar soha chegarasidagi har qanday nuqta atrofida shu sohaning hech bo’lmaganda bitta nuqtasi mavjud bo’lsa, shu nuqta chegaraviy nuqta deyiladi. Chegaraviy nuqtalari o’ziga tegishli bo’lmagan E soha ochiq soha, chegaraviy nuqtalari o’ziga tegishli bo’lgan soha yopiq soha deyiladi.
2-misol. a) - ochiq soha (2-rasm),
b) , yopiq soha (3-rasm).

2-rasm. 3-rasm.

Download 382.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling