5. Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi
Amaliy tavsiyalarning sifatlilik darajasi quyidagi bosqichlarning uzviyligiga:
tekshiruv obyektining tanlash;
tekshiruv metodini aniqlash;
metodni tahlil qilish;
ma’lumotlar interpretasiyasi;
metodning sifatlilik kriteriylarini aniqlashlarga bog’liq bo’ladi.
6. Psixodiagnostikaning axloqiy-ma’naviy normalari
Psixologik tashxis kodeksidagi axloqiy-ma’naviy normalarning asosiy tamoyillari qatorida quyidagi omillarning bo’lishi maqsadga muvofiqdir:
psixodiagnostning sinaluvchiga nisbatan muvaffaqiyati;
obyektivlik, haqqoniylik va o’z faoliyatidagi yuqori talablarga rioya qilishga asoslangan ma’suliyatlilik;
jamiyatning talablariga mos keluvchi axloqiy va huquqiy standartlar;
psixodiagnostning omma oldida o’zini tuta bilishi;
sinaluvchi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlash, kofidensiallik;
sinaluvchi bilan bo’lgan ishonchli munosabatlar, uni tadqiqot xarakteridan xabardor qilish;
tadqiqot natijalarini oshkor qilmaslik;
tadqiqotdagi ehtiyot choralar;
metodikalarni nashr qilinish shartlari, imkoniyatlari va bu boradagi cheklanishlar;
diagnostik natijalarni tahlil qilish.
Asosiy tushuncha va atamalar
Psixologik diagnostika; psixodiagnost; ijtimoiy-axloqiy talablar; diagnostik metodlar; mutaxassis malakasi darajasi; konfidensiallik; psixolog (tashxischi)ning axloqiy kodeksi; psixologik-pedagogik diagnostika; psixologik testlar; psixologik ma’lumotlar bazasi; ko’pfaktorli shaxsiy so’rovnoma; amaliy tavsiyalar; axloqiy-ma’naviy normalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |