Namangan davlat universiteti rektori S. Turg‘unov Namangan davlat universitetining sharaf kodeksi


Download 36.21 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi36.21 Kb.
#1209965
  1   2   3
Bog'liq
NamDU Sharaf kodeksi


TASDIQLAYMAN”
Namangan davlat universiteti
rektori ______________ S.Turg‘unov
Namangan davlat universitetining
SHARAF KODEKSI

Namangan davlat universitetining Sharaf Kodeksi halollik, fidoiylik, vatanparvarlik, kasbga sadoqat kabi ezgu fazilatlar bilan na’muna bo‘lish, insonni kamolga yetkazishning ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy-axloqiy mezonlari hamda ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorning asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarning ma’naviy tartiblarini belgilaydi.




1. Umumiy qoidalar
1.1. Sharaf Kodeksi jamoaning universitetda joriy etilgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy-axloqiy tartib-qoidalariga rioya etishini nazorat qiladi va tartibga soladi.
1.2. Sharaf Kodeksining mazmun-mohiyati jamoa a’zolari kasbiy faoliyatini, insonlararo munosabatlarini, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohada sog‘lom raqobat muhitini hurmat qilishni nazarda tutadi.
1.3. Sharaf Kodeksining maqsadi – Yangi O‘zbekistonning “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga olib chiqishi hususan, oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ta’lim-tarbiya makonida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni qaror toptirish orqali milliy va xalqaro darajadagi jozibadorligini oshirish.
1.4. Sharaf Kodeksining normativ-huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risida Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim muassasalari Axloq Kodeksi” to‘g‘risidagi 233-sonli buyrug‘i, Namangan davlat universiteti rektorining “Namangan davlat universiteti hodimlarining lavozim yo‘riqnomalari” to‘g‘risidagi buyrug‘i Namangan davlat universiteti rektori va universitet Kasaba uyushmasi raisi tomonidan tasdiqlangan “Namangan davlat universiteti ichki tartib qoidalari”ga asoslanadi.



Download 36.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling