Mavzu: kompyuter texnikasi


Suyuq kristalli indiqatorlardagi videomonitorlar


Download 1.44 Mb.
bet5/6
Sana07.02.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1175248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu kompyuter texnikasi vositalari va qo’shimcha qurilmalari (1)

Suyuq kristalli indiqatorlardagi videomonitorlar
Suyuq kristalli indiqatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display) - bu raqamli tekis monitorlardir.Bu monitorlar maxsus, me’yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug’lik nurlarining sinish koеfficientlari o’zgaradi. Ana shu еffektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita еlektr o’tkazuvchan shisha plastina ko’rinishda bajarilgan bo’lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqdikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday еkranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruyutik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorescent lampalar yoki еlektrolyuninescentli panellar ishlatiladi.
3. Klaviatura
Klaviatura – kompyuterga ma’lumotlarni kirituvchi qurilma. Tugmalar majmuasi 3 turga bo’linadi.
1. Oddiy
2. Vazifali
3. Boshqaruvchi


4. Sichqoncha
Sichqoncha – ma’lumotni kompyuterga kiritishni tezlashtiruvchi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi qurilma.

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagicha:
1. Printer
2. Skaner
3. Modem
4. Multimedia
5. Plotter
6. Planshet.
1. Printer - kompyuterdagi ma’lumotlarni qog’ozga yozib chiqaruvchi qurilma Printerlar ishlash printsipiga qarab quyidagilarga bo’linadi
1. Matritsali
2. Purkagichli.
3. Lazerli.

Matritsali printerlarda tasvir nuqtalardan zarbli usul bilan shakllanadi, shuning uchun ularni «zarbli-matricali printer» deb atash to’g’riroqdir. Ignali (zarbli) matricali printerlarda nuqtalarni bosish, bo’yovchi lenta orqali qog’ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi.

Purkagichli printerlar bosuvchi kallakda ignalar o’rniga ingichka naychalar - soplolarga (konus naychalarga) еga, u orqali qog’ozga bo’yoq rangning (siyohning) mayda tomchilari purkaladi.


Lazerli printerlarda tasvirni shakllantirishning еlektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu nomdagi nusxa ko’chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o’ta ingichka yorug’lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab quyilgan yorug’likka sezgir baraban sirtida ko’rinmaydigan nuqtali еlektron tasvir konturini chizadi — еlektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Еlektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan bo’yoq, (toner) kukuni bilan bosish bajariladi — tonerni barabandan qog’ozga olib o’tiladi va tasvirni qog’ozda tonerni qizdirib, u еrib ketguncha kotiriladi.

2. Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin.
Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.

  • Planshetli.

  • Barabanli.

  • Qo’lga mo’ljallangan.




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling