Mavzu: Kompyuter viruslarininng xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. Arxivlashtirish va Antivirus dasturlari bilan tanishish va unda ishlash


Kompyuter viruslaridan himoyalash


Download 9.46 Kb.
bet3/3
Sana12.11.2023
Hajmi9.46 Kb.
#1767972
1   2   3
Bog'liq
Reja Virus va uning turlari-www.hozir.org

Kompyuter viruslaridan himoyalash


Viruslar bilan kurashish metodlari va vositalari. Viruslar tarqalishining ommalashuvi, ular ta’siri oqibatlarining jiddiyligi virusga qarshi maxsus vositalarni va ularni qo‘llash metodlarini yaratish zaruriyatini tug'dirdi. Virusga qarshi vositalar yordamida quyidagi masalalar yechiladi:


  • kompyuter sistemalaridagi viruslar aniqlanadi;

  • viruslar ta’siri oqibatlari yo'qotiladi.
    Viruslarni ularning ta ’siri boshlanishi bilanoq yoki, loaqal, zararkunandalik vazifalari boshlanmasdanoq aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Barcha xil viruslarning aniqlanishini kafolatlovchi virusga qarshi vositalar mavjud emasligini ta’kidlash lozim.
    Kompyuter sistemalarida viruslarni aniqlashning quyidagi metodlari mavjud:

  • skanerlash;

  • o’zgarishlarni bilib qolish;

  • evristik tahlil;

  • rezident qorovullardan foydalanish;

  • dasturni vaksinasiyalash;

  • viruslardan apparat-dasturiy himoyalanish.

Viruslarga qarshi apparat-dasturiy vositalardan foydalanish viruslardan himoyalanishning eng ishonchli metodi hisoblanadi. Hozir shaxsiy kompyuterlarni himoyalashda maxsus nazoratchilar va ularning dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Nazoratchi umumiy shinadan foydalana oladi va shu sababli disk sistemasiga bo'lgan barcha murojaatlarni nazorat qila oladi. Nazoratchining dasturiy ta’minotida ishlashning oddiy rejimida diskning o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan qismlari xotirlanadi.


Viruslarga qarshi apparat-dasturiy vositalar quyidagi afzalliklarga ega:


  • doimo ishlaydi;

  • ta’sir mexanizmidan qat’i nazar barcha viruslarni aniqlaydi;

  • virus ta’siri yoki malakasiz foydalanuvchi ishi natijasidagi ruxsatsiz harakatlarni to'xtadi.


Antivirus dasturlari

Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan. Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv (joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng tarqalgan: 1. DrWeb for DOS; 2. DrWeb for Windows; 3. Antiviral Tool Kit Pro; 4. AVP Platinium; 5. Norton Antivirus; 6. EsetNoD32; 7. Kasperiskiy;


http://hozir.org
Download 9.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling