Mavzu: kompyuterli boshqarishning tarkibi va ish prinsiplari
ULCHASH VA UZGARTIRISH VOSITALARI
Download 165 Kb.
|
KOMPYUTERLI BOSHQARISHNING TARKIBI VA ISH PRINSIPLARI
ULCHASH VA UZGARTIRISH VOSITALARI
Xar kanday avtomatik boshkarish va nazorat tizimi funksional kerakli element sifatida uz ichiga bitta yoki bir necha ulchov uzgartirish elementini oladi. Ular boshkarish ob’ekti va ularning parametrlari xolati xakidagi informatsiyani olish va uzgartirish uchun xizmat kilib, datchiklar deb ataladi. Datchiklarda boshkarilayotgan yoki nazorat kilinayotgan parmetrni ulchash bilan bir katorda uni avtomatikaning kiyingi elementi uchun kulay shaklga uzgartirish xam amalga oshiriladi. Kupincha noelektrik kattalik noelektrik kattalikka, noelektrik kattalik elektrik kattalikka aylantiriladi. Avtomatika tizimlarida elektr signallarini uzatish ularni kayta ishlash kulay bulganligi uchun kupgina datchiklar noelektrik kattaliklarni elektrik kattaliklarga aylantiradi. Datchiklar asosan boshkarish ob’ektining uzida yoki bevosita yonida joylashtiriladi. Datchiklar ishlatilish soxasi, ishlash prinsipi, konstruksiyasi, tuzilishi va boshka turli sifatlarga kura, turli-tuman bulishiga karamasdan ularni ikkita katta sinfga ajratish mumkin: 1. parametrik; 2. generatorli; Parametrik tipdagi datchiklarni tuzilishi kandaydir turt kutbli element parametri uzgarishini kirish parmetri uzarishida chikish parametrining uzgarishiga asoslangan. Generatorli datchiklarda esa – kirishdagi mexanik yoki boshka turdagi energiyaning bevosita elektr signaliga aylantirishi yuz beradi. Datchiklarga kuyidagi asosiy talablar kuyiladi: 1. yukori dinamik aniklik; 2. yukori statik aniklik; 3. yukori ishonchlilik; 4. ruxsat etilgan ulchamlar va massa; 5. etarlicha yukori uzgartirish koeffitsienti; 6. etarlicha yukori kuvvatli chikish signali; YUkoridagi talablardan kelib chikkan xolda, datchiklarni urganishda kuyidagilarga e’tibor karatish kerak: 1. datchikning statik xarakteristikasi va uning kurinishiga; 2. datchikning sezgirligi yoki uzgartirish koeffitsientiga; 3. datchikning shovkinlariga; 4. chikish signalining eng katta kuvvatiga; 5. dinamik xarakteristikalariga. Datchiklar kuyidagi turlarga bulinadi: ulchanayotgan va uzgartirilayotgan kattalik turiga kura: - xolat, tezlik, tezlanish, bosim, temperatura, satx, sarf va boshka fizik parametrlar datchiklar. shlash prinsipiga kura: - karshilik datchiklari: - potensiometrik, tenzometrik, fotorezistiv va termorezistiv, - induktiv datchiklar: - induktiv, induksion, selsinlar, - mikrosinlar, aylanuvchi transformatorlar; magnito induksion datchiklar: - taxogenaretorlar, sigim datchiklar, reduktosinlar. Datchiklarning asosiy xarakteristikalaridan biri, statik xarakteristikadir. Xamma datchiklardan ularning chikish parametrlari bilan kirish parametrlari orasidagi boglanish chizikli bulishi talab etiladi. Agar datchikning statik xarakteristikasi nochizikliliklarga ega bulsa, bu xarakteristikaning chizikli kismlarida ishlatish mumkin. Datchiklarning dinamik xarakteristikalari ularning inersiyaliligini xarakterlaydi ya’ni signalning bu element orkali utish vaktini belgilaydi. Bu vakt minimal bulishi kerak, chunki boshkarish tizimida kuplab, elementlar kullanilganligi uchun ular kushilib kechikishga olib keladi. Bu vaktda esa, texnologik jarayon parametri kiymati uzgarib ulgurgan buladi. Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling