Mavzu: kompyuterli boshqarishning tarkibi va ish prinsiplari


Download 165 Kb.
bet1/5
Sana19.04.2023
Hajmi165 Kb.
#1365986
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KOMPYUTERLI BOSHQARISHNING TARKIBI VA ISH PRINSIPLARI



MAVZU: KOMPYUTERLI BOSHQARISHNING TARKIBI VA ISH PRINSIPLARI.


REJA:
I KIRISIH
II ASOSIY QISM

  1. Umumiy ma’lumotlar

  2. O`lchash va o`zgartirish vositalarini kopyuterlashtirish

3. Elektr apparatlarining umumiy xarakteristikalari
4. Avtomatlashtirish vositalarining umumiy xarakteristikalari
III XULOSA
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. KIRISH

Ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun qo’llaniladigan elektromexanik tizimga elektr yuritma deyiladi. Elektr yuritma boshqaruvchi va uzatish qurilmalaridan, dvigatelning o’zidan va ishchi mexanizmdan iborat. Boshqaruvchi qurilma elektr yuritmaning ishini boshqaradi. Masalan, kuchlanish qiymatini va chastotasini, ishchi mexanizmi quvvatini, dvigatelning aylanish yunalishini. Uzatish mexanizmi ishchi mexanizmning ay­lanish tezligini o’zgartirib beradi. Lekin u reduktor sifatida ham tayyorlanishi mumkin. Bunda uzatish mexaniz­mi yordami bilan yuritmaning tezligini o’zgartirish mum­kin emas.



II. ASOSIY QISM
Hozirgi vaqtda elektr yuritmalar uchta guruhta bo’linadi: 1) guruhli, 2) yakka, 3) ko’p dvigatelli. Guruxli yuritmada bitta dvigatel uzatish qurilmalari yordamida ko’p mexanizmlarni harakatga keltiradi. Yakka yuritmalarda ishchi mexanizm shaxsiy dvigatel yordamida xarakatga keltiriladi. Lekin ishchi mexanizmning elementlari uzatishlar orkali o’sha dvigatel bilan ulanadi. Ko’p dviga­telli yuritmalarda ishchi mexanizmning har bir elementini harakatga keltirish uchun alohida dvigatellar o’rnatilgan. Masalan, universal dastgohlarda shpindel, sup­port va boshqa elementlar bitta dvigatel orkali harakatga keltiriladi. Og’ir dastgohlarda har bitta mexanizm uchun alohida dvigatel o’rnatilgan.



  1. UMUMIY MA’LUMOTLAR

Avtomatika elementlarining funksiyalari.Umumiy xolda avtomatika elementini kirishiga X kattalik berilib chikishda U kattalik olinadigan energiyasi turini uzgartiruvchi elementga aytiladi. Butun tizim xususiyatlari aloxida elementlar xossalaridan tashkil topadi. Bunday elmentlar yordamida ulchash, boshkarish, ijro etish va kayta tiklash funksiyalari avtomatik tizimlarda amalga oshiriladi. Bajaradigan funksiyasining turiga karab, kuyidagi asosiy elementlar ishlatiladi:
1. datchiklar
2. kuchaytirgichlar
3. stabilizatorlar
4. relelar
5. taksimlagichlar
6. dvigatellar
7. fazosezgir tugirlagichlar
8. modulyatorlar
9. impuls generatorlari
10. mantikiy elementlar va boshkalar
Element fizik ta’siri asosida yotgan fizik kattaliklarga kura elementlar kuyidagi turlarga bulinadi:
1. elektro-mexanik
2. ferro-magnit
3. elektro-issiklik
4. elektron va radioaktiv
Datchik deb – nazorat kilinayotgan, rostalanayotgan kattalikni ulchash organi uchun kulay shaklga keltiruvchi kurilmaga aytiladi. Datchikning xarakteristikasi kupincha, chizikli bulishiga xarakat kilinadi. Kupincha datchiklar noelektrik kattaliklarni elektrik kattaliklarga aylantirish uchun xizmat kiladi.
Ulchanayotgan parametrni elektr zanjiri kattaliklariga aylantiriuvchi datchiklar parametrik, EYUK ga aylantiriuvchi datchiklar generatorli datchiklar deb ataladi.
Kuchaytirgich bir xil tabiatli kirish va chikish signaliga ega buladi va fakat unda kirish signalining mikdoriy uzgartirilishi amalga oshiriladi. Kuchaytirishdan maksad, kupincha datchik va boshka elementlarning chikish signallarining mikdori keyingi elementlarni boshkarish uchun etarli bulmaydi. CHikish signali kirish signaliga nisbatan manba energiyasi xisobiga amalga oshiriladi. Elektrik va noelektrik kuchaytirgichlar bulib, elektr kuchaytirgichlar elektron, magnit va elektro-mexanik kuchaytirgichlarga, noelektrik kuchaytirgichlar esa, mexanik, gidravlik va pnevmatik kuchaytirgichlarga bulinadi.
Stabilizator deb, kirish kattaligining berilgan chegaralarida uzgarishida chikish signalini uzgarmas saklovchi elementga aytiladi.




  1. Download 165 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling