Mavzu; Kon Atmosferasi. Reja
Download 21.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word (5)
Karbonat angidrid (С02) – ozroq achchiq hidli va ta’mli rangsiz gaz, suvda oson eriydi. Uning solishtirma og’irligi 1,52 ga teng. U yonmaydi va nafas olishga yaramaydi. Ko’mir va boshqa tog’ jinslaridan ko’mir oksidlanganda, mustahkamlovchi yog’ochlar chiriganda, portlatish ishlari olib borilganda va insonlar nafas olganda karbonat angidrid ajraladi. Shuningdek, metan yonganda va ko’mir changlaridan hamda kon yong’inlaridan ham karbonat angidrid paydo bo’ladi. Ko’mir qatlamlarida karbonat angidridning miqdori juda ko’p bolishi va u bir tekisda, tinch shaklda ko’mir tarkibidan oqib chiqishi yoki to’satdan otilib chiqishi mumkin. Kon havosi tarkibida karbonat angidridning 1% bo’lishi insonda nafas olish chastotasining oshishiga olib keladi, nafas qisishi va kuchsizlanish paydo bo’ladi, 4-5% karbonat angidrid bo’lganda esa nafas olish chastotasi uch barobar ortadi, 5-6% karbonat angidrid bo’lsa, nafas olish juda qiyinlashadi, 10% karbonat angidrid bo’lganda esa hushdan ketish bo’lishi mumkin, karbonat angidrid 20-25% bo’lganda esa o’limga olib keladi. Kon havosida С02 ning miqdori quyidagilardan oshib ketmasligi kerak: ish joylarida va kiriluvchi uchastkalarda – 0,5%, kon laxmlarida – 0,75% va kon laxmlarini o’tish va ularni qayta tiklash olib borilayotganda – 1% dan oshmasligi kerak. Karbonat angidridning mavjudligi benzinli lampalar, УГ1-3 ko’chma gaz analizatori, ШИ-3, ШИ-5 va ШИ-6 uskunalari yordamida aniqlanadi. Ushbu uskunalar interferension suratlar aralashmasini o’lchash prinsipi asosida ishlaydi. УП-З gaz analizatori 0,1– 10% konsentratsiyali karbonat angidridni 0,1% aniqlikda o’lchay oladi. ШИ-3 gaz aniqlagich 0 – 6% konsentrasiyali karbonat angidridni 0,25% aniqlikda o’lchaydi. С02 ning ajralishi bo’yicha karbonat angidridning o’rtacha sutkalik miqdorini xarakterlovchi absolyut karbonat saqlaganlik aniqlanadi. Shaxtalar nisbiy karbonat angidrid saqlashiga ko’ra to’rt guruhga ajratiladi: Shaxtalarning nisbiy ko’mir saqlashi, m 3 /t Shaxtalarning karbonat angidrid saqlaganlik bo’yicha kategoriyalari 5 gacha I 5 dan 10 gacha II 10 dan 15 gacha III 15 dan ortiq Yuqori kategoriyalar Uglerod oksidi (СО), "is gazi" nomli gaz - rangsiz, hidsiz va ta'msiz gaz. Solishtirma og'irligi 0,97. Juda kuchli zahar, yonadi va portlaydi. Uglerod oksidi kon laxmlarida portlatish ishlari, yer osti yong'inlari, metanning portlashi va ko'mir changi natijasida hosil bo'ladi.
Kislorod oksididan zaharlanish darajasi uning havo tarkibidagi konsentratsiyasi va insonning zaharlangan atmosferadan nafas olish uzoqligiga bog'liq. Kon havosi tarkibida 0,4% uglerod oksidi bo'lganda inson juda tez zaharlanadi va bu o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Xavfsizlik qoidalariga binoan kon havosi tarkibida uglerod oksidining miqdori 0,0016% dan oshib ketmasligi kerak. Portlashdan keyin ishchilar zaboyga kirishi ruxsat etilishidan oldin kon atmosferasida uglerod oksidining miqdori hajm bo'yicha 0,008% dan oshib ketmasligi kerak. Kon laxmlarida uglerod oksidining mavjudligi ГХ-4 va ГХ-1 gaz aniqlagichlar va ОС-3 termik gaz aniqlagichlari yordamida aniqlanadi. Vodorod sulfid (H2S) — rangsiz, solishtirma og'irligi 1,19 bo'lgan gaz, shirin ta'mga ega va hidlangan tuxumning hidiga ega, suvda oson eriydi. Vodorod sulfid juda zaharli, insonning nafas olish organlariga va ko'zning shilliq qatlamiga ta'sir qiladi. Kon havosida 0,015% vodorod sulfidning mavjud bo'lishi kishida bosh og'rig'i va ko'ngil aynishiniga sabab bo'lsa, 0,08 vodorod sulfid bo'lganda esa o'lim holati yuz beradi. Xavfsizlik qoidalariga binoan shaxtada vodorod sulfidning miqdori 0,00066% dan oshib ketmasligi kerak. Shaxtalarda vodorod sulfid organik moddalarga havoning bormasligi tufayli ularning, mustahkamlagich yog'ochlarning, portlash jarayonlarining ta'sirida paydo bo'ladi. Vodorod sulfid foydali qazilma va tog' jinslari yoriqlaridan va shaxta suvlaridan ajralib chiqishi mumkin. Kon havosi tarkibida vodorod sulfidning mavjudligi 0,00033-0,00066% oraliqda ГХ-4 va ГХ-1 gaz aniqlagichlari bilan aniqlanadi va o'lchanadi. Oltingugurtli gaz (SO2) — solishtirma og'irligi 2,2 bo'lgan o'tkir hid va ta'mli rangsiz yonmaydigan gaz. Juda zaharli, nafas olish organlari va ko'zning shilliq qatlamiga yomon ta'sir qiladi. SO2 tarkibida oltingugurt bo'lgan ruda va tog' jinslarida portlatish va yong'in ishlari sodir bo'lganda hosil bo'ladi. Kon havosida oltingugurtli gazning miqdori 0,05% dan ortiq bo'lsa, u inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Xavsizlik qoidalariga binoan, kon havosi tarkibida SO2 ning miqdori 0,0007% dan oshib ketmasligi kerak. Kon tarkibida SO2 ning miqdori ГХ-4 va ГХ1 gaz aniqlagichlari yordamida o'lchamadi. Metan (СН4) — hidsiz, ta'msiz va rangsiz kon zaharli gazi, yonadi. Metan odatda ko'mir shaxtalaridan ajraladi, lekin ayrim hollarda kam miqdorda qatlamli, kaliyli, uglerodli, bazida temir, nikel konlarida ham uchraydi. Metanning solishtirma og'irligi 0,554, shuning uchun u kon laxmlarining yuqori qismida yig'iladi. Kon havosining 5% metan bilan aralashmasi yonadi, 5- 16% metan bo'lganda esa portlaydi. Kon atmosferasida 16% metan bo'lganda u portlamaydigan holatga o'tadi. Ko'mir konlarida metan yoriqlarda, bo'shliqlarda va qisman ko'mirning yuzasida uchraydi. Metan miqdorini o'lchash uchun ШИ-3, ШИ-5 va ШИ-6 gaz o'lchagichlari xizmat qiladi. Gaz saqlaganlik deb (m 3 larda), 1 tonna yoki 1 m 3 ko'mir qatlamida yoki tog' jinslaridagi gazning miqdoriga aytiladi. Qatlamlarning yotish chuqurligi ortishi bilan ularning gaz saqlaganligi ham ortib boradi. Metandorlik deganda esa shaxtadan ajralib chiqqan metanning miqdori tushuniladi. Absolyut va nisbiy metandorliklar farqlanadi. Absolyut metandorlik deb, shaxtadan birlik vaqt mobaynida ajralib chiqqan metanning miqdoriga aytiladi. U asosan sutkaga nisbatan olinadi. Nisbiy metandorlik deb, shaxtadan bir sutka davomida o'rtacha sutkalik 1 tonna qazib olingan foydali qazilmadan ajralib chiqqan metanning miqdoriga aytiladi. Nisbiy metandorlik karbonat kislota saqlash bilan solishtirilgan holda aniqlanadi. Nisbiy metandorlik kattaligiga bog'liq ravishda ko'mir shaxtalari to'rt kategoriyaga ajratiladi: Shaxtaning nisbiy metandorligi, M 3 /t Shaxtaning metandorligi bo'yicha kaytegoriyalari 5 gacha I 5 dan 10 gacha II 10 dan 15 gacha III 15 dan ortiq Yuqori kategoriyalar Qatlamdan ko'mirning ajralib chiqishining uch turi farqlanadi: oddiy, asta-sekin, uzluksiz, bir maromda ko'rinmas bo'shliq va yoriqlardan ajralib chiqish; suflyar - gazni bosimli oqim (fontan) shaklida foydali qazilmalar va yon jinslarning ko'rinuvchi yoriq va bo'shliqlaridan ajralib chiqish; to'satdan - deyarli bir onda katta hajmdagi metanning kon massasini yumshatib otilib chiqishi. Metanning oddiy ravishda ajralib chiqishi gaz ajralib chiqishining asosiy turi hisoblanadi va ko'pchilik shaxtalar gaz balansi bo'yicha katta ahamiyatga ega bo'ladi. Metanning suflyar ajralib chiqishi to'planib qolgan gazning kutilnaganda ochilib qolishi va kon laxmlarining gaz bilan to'lib qolishi bilan xavflidir. Bunda kon ishlari uzoq muddatga to'xtatilishi mumkin. Metanning kon laxmlariga to'satdan ajralib chiqishi ko'mir va gazning to'satdan otilib chiqishi ko'rinishida yuz berishi mumkin. Bu ko'mirning sachrab ketishi yoki kuchli gaz ajralganligi uchun juda xavflidir. Odatda zaboyga metan to'satdan ajralib chiqqanda ogohlantiruvchi signallar beriladi. Bu signallar ko'mirni zaboyga urib, charsillatib, zarba berib amalga oshiriladi. Signaldan so'ng juda kam vaqt oralig'ida ba'zida ko'mirning to'satdan ajralib chiqish hodisasi kuzatiladi. Buning natijasida ko'mir qatlami yoki tog' jinslarida uzunligi bo'yicha cho'zilgan bo'shliqlar hosil bo'ladi. Odatda ko'mir va gazning otilib chiqish hodisalari 250-300 m, 150 m dan chuqur joylardan boshlanadi. Eng ko'p to'satdan otilib chiqishlar tik qatlamlarda yuz beradi. Otilib chiqishlarda moyil bo'lgan ko'mir qatlamlari xavfli va xavf ostida bo'lga qatlamlarga ajraladi. Xavfli qatlamlarga shaxta maydoni chegaralarida ko'mir va gaz ajralib chiqishi yuz bergan qatlamlar; xavf ostida bo'lgan qatlamlarga qo'shni shaxta maydoni chegaralarida xuddi shu gorizontlarda otilib chiqishlar kuzatilgan qatlamlar kiradi. Ko'mir va gaz otilib chiqish xavfi bo'lgan qatlamlarni qazib olish Xavfsizlik qoidalari bilan chegaralanib qo'yiladi. Ko'mir va gazning to'satdan ajralib chiqishidan ogohlantirishning eng samarali vositasi himoya qatlamini oldindan ishlab chiqish hisoblanadi. Himoya qatlamlariga otilib chiqish xavfi bo'lmagan, xavfli qatlamdan pastda yoki yuqorida 60 m dan uzoq bo'lmagan masofada yotgan qatlamlar kiradi. Xavfli bo'lgan qatlamlardagi qazib olish ishlari tayyorlash laxmlarining minimal o'sishi va to'g'ri chiziqli qazib olish zaboyi bilan xarakterlanishi kerak. Tik qatlamlar lavalarida zaboyning shakli shift-pog'onali bo'lishi kerak. Otilib chiqishga xavfli bo'lgan qatlamlarni ochishda tez-tez to'satdan otilib chiqishlar kuzatiladi, shuning uchun bunday qatlamlarni ochish xavfsizlik qoidalarining maxsus yo'riqnomalari bilan chegaralaib turiladi. Otilib chiqishga xavfli bo'lgan qatlamni ochishdan oldin undagi gazning bosimi o'lchanadi. Gazning bosimi 10 atm gacha bo'lgan qatlamlar tebranma portlatish bilan ochiladi. Gazning bosimi 10 atm dan ortiq bo'lganda esa ularni ochishdan oldin qatlam himoyalanadi yoki xavfli qatlam skvajinalar orqali burg'ulanib gazlari chiqarib olinadi. Agar bularning iloji bo'lmasa. Qatlam metall karkasni qo'llab ochiladi. Shaxtada metan portlashiga portlatish ishlari, elektr uskunalari, mexanik uskunalar, payvandlash uskunalarining buzilib qolganligi sabab bo'lishi mumkin. Shaxtalarda metanning xavfli darajada to'planib qolishi va uning portlashi bilan kurashishning asosiy yo'li metanning xavfli konsentratsiyalarini yig'ilib qolishiga yo'l qo'ymaslikdir. Yotish burchagi 5° dan ortiq bo'lgan qatlamlardagi lavalar qoidaga muvofiq yuqoriga yo'nalgan oqim bilan shamollatilishi kerak. Tayyorlov laxmlari zaboylarini shamollatish qismlab to'ldiruvchi usul bilan ventilyatorlar bilan amalga oshirilishi kerak. Shamollatish metanni laxmlarda quyidagi konsentratsiyalarda suyultirishni ta'minlab beradi: pastga yo'nalgan lavalarda - 1% gacha; shaxta qanotidan umumiy pastga yo'nalgan oqimlarda - 0,75% gacha, boshqa qazish va tayyorlov zaboylaridan tushuvchi oqimlarda - 0,5% gacha. Qazish va tayyorlov laxmlari zaboylarida metan 2% va undan ko'p bo'lganda metan konsentarsiyasi 1% ga tushguncha barcha ishlar to'xtatiladi. Portlashga xavfsiz va uchqunga xavfli elektr uskunalar va yoritish apparatlari qo'llaniladi. Laxmlardagi elektr parmalash va avtogen bilan bajariladigan ishlarga laxm toza havo oqimi bilan shamollatilganidan so'ng ruxsat etiladi. Portlatish ishlariga patronlashtirilib himoyalangan portlovchi moddalar va portlatish mashinalariga portlashga xavfsiz qilib ishlangandagina ruxsat etiladi. Portlatish ishlarining hajmi maksimal darajada qisqartirilgan bo'lishi kerak. Qatlamlarni skvajinalar yordamida metansizlantirish metanning mavjud konsentratsiyasini kamaytirish uchun bir usul hisoblanadi. Shaxtada yuz berishi mumkin bo'lgan metanning portlash avariyasidan insonlarni himoyalash uchun qo'shimcha chiqish yo'llari, maxsus kameralar va havo oqimining yo'nalishini o'zgartish manbalari bo'lishi kerak. Bu bilan albatta o'sha shaxtalarda ishlaydigan ishchilar tanish bo'lishi ya'ni bular haqida ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Hech bo'lmasa bitta qatlamida metan aniqlangan shaxtalarda gazli rejimga o'tiladi. Bu rejimda boshqa qatlamlarda ham metan bor-yo'qligi muntazam tekshirilib turiladi. Ko'mir konlarini oldindan gazsizlashtirish Ko'p miqdorda gaz ajraladigan shaxtalarda kon atmosferasining tarkibini yaxshi bo'lishini ta'minlash uchun ventilyatsiya vositalaridan foydalanish bir qancha qiyinchiliklar tug'diradi. Bunday hollarda ko'p gaz ajralib chiqadigan qatlamlar "shaxtalarda gazsizlashtirish ishlarining xavfsiz olib borilishi yo'riqnomasi" ga binoan gazsizlashtiriladi. Gazsizlashtirish qazish zaboyiga parallel burg'ulangan skvajinlar yordamida vakuum-nasoslar orqali amalga oshiriladi. Skvajinalar orasidagi masofa tajriba yo'li bilan belgilanadi. Gazsizlashtirish skvajinalari alohida hollarda ko'mir qatlamlaridagi 40% gacha gazni so'rib oladi. Qazib olinadigan qatlamlarning ustida va ostidagi qatlamlarni gazsizlashtirish qazib olinadigan qatlamning shtreklaridan burg'ulangan skvajinalar orqali amalga oshiriladi. Gazsizlashtirish skvajinalaridan so'riv olingan gaz metall quvurlar orqali yer yuzasiga yo'naladi. U yerda gazlar yonuvchi gaz yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Kon changi - bu kon laxmlari havosiga aralashib ketgan o'lchami 1 mm dan mikrongacha bo'lgan tog' jinslari va foydali qazilmalarning juda kichik bo'lakchalaridir. Bo'lakchalarning o'lchamiga bog'liq ravishda changlarning uch turi farqlanadi: bo'lakchalarining o'lchami 10 dan ortiq bo'lgan changlar; bo'lakchalarining o'lchami 0,1 dan 1,0 gacha bo'lgan changlar; bo'lakchalarining o'lchami 0,1 gacha bo'lgan changlar. Changlar hosil bo'lishining manbalari foydali qazilma va tog' jinslarini qazib olish va tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlari hisoblanadi. Ko'mir shaxtalaridagi taxminan 65-75% chang yuklash mashinalari (kombaynlar, randalar va shunga o'xshashlar) ning ishlashi natijasida hosil bo'ladi, 25-35% chang esa ko'mirni tashish jarayonida paydo bo'ladi. Ruda shaxtalarida chang hosil bo'lishining manbai burg'ulash-portlatish ishlari hisoblanadi. Kon changi kasbiy zararlik va portlashga sababchilik xavflarini o'z ichiga oladi. Inson organizmiga ta'siriga qarab zaharli va zaharsiz changlar farqlanadi. Eng xavfli chang zaharli chang hisoblanadi va u qo'rg'oshin, simob, mishyak va boshqa rudalarni qazib olishda hosil bo'ladi. Zaharsiz chang ko'mir, ruda va boshqa tog' jinslarini qazib olishda hosil bo'ladi, lekin uning konsentrasiyasi oshishi bilan inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatadi. Chang ta'siri natijasida vujudga keladigan eng yengil kasallik pnevmokonioz deb ataladi. Pnevmokoniozning og'ir shakli silikoz deb ataladi va u insonning butun organizmini kasallanishiga olib keladi. Silikoz ko'pincha tuberkulyoz sifatida murakkablashib ketadi. Eng zararli chang kremniy ikki oksidining erkin qismidan tashkil topgan chang hisoblanadi. Chang tarkibidagi kremnezemning foizdagi miqdori ko'p bo'lsa, u silikozga shunchalik xavfli bo'ladi. Mavjud qoidalarga binoan, tarkibida erkin kremnezemning miqdori 70% dan ortiq bo'lsa, kon atmosferasidagi erkin kremnezemning ruxsat etilgan miqdori 1m3 havoda 1 mg dan ortib ketmasligi kerak. Kremnezemning miqdori 10 dan 70% gacha bo'lsa, havoning changlanganligi 1 m3 havoda 2 mg dan oshib ketmasligi kerak. Silikoz bilan kurashning tadbirlari quyidagilar hisoblanadi: silikozga xavfli bo'lgan zaboylarda ish kunining davomiyligini qisqartirish; davriy profilaktik tibbiy ko'rik; ishchilarni ultrabinafsha nurlantirish va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonlarida chang hosil bo'lishini sezilarli darajada qisqartiradigan texnik tabdirlar katta ahamiyatga ega. Kon havosini changlanganligi ikki usulda aniqlanadi: og'irlik (gravimetrik) va hisoblash (konimetrik). Asosiy usul og'irlik usuli hisoblanadi. Bunda chang filtrlarda ushlanib qolinadi. Bunda changlanish 1 m3 havoda og'irlik birliklarida - milligramlarda ifodalanadi. Hisoblash usulida tekshirilayotgan havodan maxsus asboblar bilan probalar olinadi va oyna yuzasiga chang o'tqaziladi. Keyin mikroskop yordamida changchalar soni sanab hisoblab chiqiladi. Og'irlik usuli juda oddiy hisoblanadi va yetarlicha aniqlikka ega. Kon changining porlash xususiyati undagi uchuvchi moddalarning miqdoriga, changning kuldorligi, alohida changchalarning namligi va o'lchamiga bog'liq. Ma'lumki, 10% dan kam uchuvchilarni saqlagan changlar portlamaydi, uchuvchilar 10-15% bo'lsa kam portlaydi, uchuvchilar 15% dan ortiq bo'lsa, portlovchi chang hisoblanadi. Uchuvchilar miqdori 17-32% bo'lganda chang eng oson portlaydi. Changning kuldorligi oshishi bilan portlovchilik xususiyati pasayadi. Changning kuldorligi 40% ga yetganda chang portlamaydigan holatga o'tadi. Namlik qancha ortiq bo'lsa, chang shunchalik xavfsiz bo'ladi. Juda kichik o'lchamga ega bo'lgan chang zarrachalari juda xavfli hisoblanadi. Shaxtalarda ko'mir changlarining portlashi bilan kurashning asosiy tadbirlari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarish jarayonlaridagi chang hosil bo'lishini kaytirish; kon laxmlarini yaxshilab shamollatish; chang ushlab qolishning nam yoki quruq usuli; sug'orish; laxmlarni slanessizlashtirish; skvajinalar orqali suv haydab ko'mir massivini oldindan ho'llash; suv pardalari uskunalari va tumanhosilqilgichlar. Ishlab chiqarish jarayonlarida chang hosil bo'lishini pasaytirishda sug'oruvchi mashinalar, quruq changushlagichlar, changni bir joyga to'plash usuli, elektr filtrlar yoki ultraovushlardan foydalaniladi. Shpurlarni burg'ulashda suv bilan yuvib burg'ulasheng ta'sir qiluvchi tadbir hisoblanadi. Laxmlarni slaneslashtirish ko'mir changi portlashi bilan kurashning asosiy vositasi hisoblanadi. Slaneslashtirishda portlashga xavfli chang yonmaydigan inert (slanesli) changga belgilangan miqdorda aralashadi. Inert changning qo'shiladigan kerakli miqdori tajriba yo'li bilan aniqlanadi va u 1m3 kon laxmida 1 kg dan kam bo'lmasligi kerak. 7.1- rasm. Slanesli to'siq. Ko'mir changi juda tez yig'ilib qoladigan joylarda slaneslashtirishning o'rniga maxsus pastalar yoki qo'shimchalar orqali ko'mir changini suv bilan ho'llash tavsiya etiladi. Qo'shimchalar sifatida xlorli kaliy yoki natriy va ionogen bo'lmagan ho'llovchilar qo'llaniladi. Portlash changini boshqa laxmlarga ham tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun slanesli to'siqlar (6- rasm) o'rnatiladi. Slanesli to'siqlar bilan shaxta maydonining alohida qanotlari, qatlamlari, zaboylari izolyatsiyalanadi. Shaxta va rudniklardagi iqlim sharoiti (harorat, namlik va ish joyidagi havoning tezligi) kon ishlari bilan band ishchilarning o'zini qanday his qilishi, ishlash qobiliyati va sog'ligiga ta'sir qiladi. Yer yuzasidan uzatiladigan havo harorati yon jinslarning issiqlik almashishi, oksidlanish jarayonlari, mashina va mexanizmlardan issiqlik ajralishi va boshqa omillar ta'sirida ta'sirida o'zgaradi. 30 m chuqurlikkacha yotgan tog' jinslarining harorati atmosfera havosining haroratiga bog'liq ravishda o'zgaradi. 25-30 m chuqurlik zonasida doimiy harorat hukm suradi. Bu zonada doimiy o'rtacha temperatura bo'ladi va 1,5-2 0 C ga o'zgarishi mumkin. Keyingi chuqurliklarda tog' jinslarining harorati ortadi. Har 1m masofada tog' jinslarining harorati 10 C ga ortadi va bu geotermik pog'ona deyiladi. Geotermik pog'ona turli rayonlar uchun turlicha. Shaxtaning istalgan gorizontida tog' jinslarining temperaturasiga bog'liq ravishda germetik pog'ona ko'mirli konlarda 30 m va rudali konlarda 45-50 m bo'lib qabul qilinadi. Ko'mir shaxtalarining issiqlik balansi quyidagilarni o'z ichiga oladi: tog' jinslaridan ajraladigan 50% issiqlik, oksidlanish jarayonida 30% issiqlik, mexanik va elektr uskunalari ishlashidan 9%, boshqa manbalardan 11% issiqlik ajraladi. Shaxta havosining namligi yer yuzasidan kelib tushadigan atmosfera havosining namligiga, kon laxmlarining suvlanganligi va ulardagi sharoitning temperaturasiga bog'liq. Shaxtadagi iqlim sharoitlarining kon ishchilariga ta'siri Inson organizmida issiqlik hosil qilish va issiqlik chiqaridhning murakkab jarayonlari sodir bo'ladi. Ularni boshqarish ortiqcha issiqlikni chiqarib tashlash, konveksiya va termoboshqarish orqali amalga oshiriladi. Inson organizmining to'g'ri termoregulyatsiyasi alohida temperatura, namlik va havoning tezligida ta'minlanishi mumkin. Agar havo temperaturasi inson tanasi haroratiga teng yoki undan ortiq bo'lsa, unda inson tanasidagi issiqlik faqatgina tanadan parlanib chiqariladi. Bunda havoning namligi katta ahamiyatga ega: havoning nisbiy namligi qanchalik past bo'lsa, issiqlikni chiqarish shunchalik oson bo'ladi. Issiqlik chiqarishning samaradorligi havo harakatining tezligiga bog'liqhavo harakati mavjud bo'lmasa issiqlikni konveksiya va parlanish orqali chiqarish yomonlashadi. Xavfsizlik qoidalariga muvofiq kon havosining harorati +26° С dan oshib ketmasligi kerak. Kon temperaturasining oshib ketishi bilan kurashish uchun shamollatish intensizligi oshiriladi; shamollatishning yanada ratsional sxemalari qo'llaniladi; issiqlik ajratuvchi manbalarni kamaytirish va boshqalar amalga oshiriladi. Agar kon havosining haroratini pasaytirishning iloji bo'lmasa, sovituvchi uskunalar yordamida havo konditsionerlanadi. Sovutuvchi uskunalar yer yuzasida yoki yer osti kon laxmlarida joylashgan bo'lishi mumkin. Stvol muzlab qolmasligi va ishchilar shamollamasligi uchun shaxtaga uzatiladigan havo yer yuzasida joylashgan stvol og'zida o'rnatilgan kaloriferlar bilan isitiladi. Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling