Mavzu: Kon mashina mexanizmlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar to'g'risida ma'lumot


Download 153.45 Kb.
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi153.45 Kb.
#1148513
1   2   3   4   5

Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak togʼ jinslarini yer osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti boʼshliqlarini (lahim) oʼtuvchi, togʼ jinslarini burgʼulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir choʼmichli va koʼp choʼmichli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar), kon pogʼonalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burgʼulash stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi kombaynlar, lahim oʼtuvchi kombaynlar, Yer osti burgʼulash mashinalari va boshqa yordamchi kon mashinalaridir.

Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar oʼrganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi. Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruktsiyali), oʼz ogʼirligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar. Uzlukli transport (yukni boʼlak-boʼlak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha gʼildirakli yuk tashish vositalari, temir yoʼl transporti, alohida boʼlaklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.

Turgʼun mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi hamda maʼlum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan taʼminlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza havo bilan taʼminlaydi) va yuk koʼtarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga koʼtarib beruvchi) dir.Foydali qazilmani qazib olish jarayonining rivojlanishi quyidagi asosiy bosqichlardan iboratdir:

  • 1-bosqich. Koʼmir qazib olishning qisman mexanizatsiyalashgan davridir. Bu davr 1945 yillargacha boʼlgan davrni oʼz ichiga oladi. Bu davrdagi mashinalar 1 m dan ziyod qamrovchi qirqish va qirqib-agʼdarib beruchi kombaynlar ishlatilgan (Kirovets, Donbass-1G, LGD-2M), boʼlaklarga boʼlib suriladigan bir zanjirli konveyerlar qoʼllanilgan. Bu mashinalar koʼmir qatlamini kichik tezliklarda (0,1-1m/min) faqat bir tomonlama harakatlanib qazib olgan. Boshqa yordamchi jarayonlar mexanizatsiyalashmagan boʼlgan.
  • 2-bosqich. Koʼmir qazish mexanizatsiyalashgan boʼlib, keng qamrovchi mashinalar oʼrniga tor qamrovchi kombaynlar (0,5-1 m), katta tezliklarda (0,5-0,7 m/sek), qirquvchi va yuruvchi kombaynlar, boʼlaklarga boʼlinmasdan suriladigan konveyerlar qoʼllanilgan. Bunday kombaynlar: MK-67, K-101, 2K-52, BK-52, KSh-1KG kabi kombaynlar ishlab chiqarilgan. 3-bosqich. Kompleks mexanizatsiyalashgan, qisman avtomatlashtirilgan. Bu bosqichda oʼzi suriladigan mexanizatsiyalashgan gidravlik mustaxkamlagichlar qoʼllanilgan. Bunday komplekslarga «Donbass», «KM», «OMKTM», «MK», «KTU» kabilar kiradi.

Download 153.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling