Mavzu: Kon mashina mexanizmlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar to'g'risida ma'lumot


Download 153.45 Kb.
bet5/5
Sana03.02.2023
Hajmi153.45 Kb.
#1148513
1   2   3   4   5

Lahimlarni kombayn bilan oʼtishda jinslarni lahim kavjoyidan ajratib olish va uni yuklash jarayonlari bir vaqtda, parallel bajarilishi tufayli lahim oʼtish tezligi burgʼilab-portlatish usuliga nisbatan 3-5 barobar katta, mehnat unumdorligi 2-3 barobar koʼp, lahim oʼtish qiymati 50-60% gacha kam boʼlib, lahim oʼtish ishlarining xavfsizlik darajasi yuqori boʼlishi taʼminlanadi. Uzluksiz ishlaydigan mashinalar (2PNB2 ,1PNB2B va boshqalar) oʼrmalovchi mashinalar boʼlib, ikkita sidirgʼich «qoʼllar» ularning ish organi hisoblanadi. Mashina qoʼllari uzluksiz yon tomondagi maydalangan jinslarni (koʼmirni) sidirib, sidirgʼichli yoki plastinkali konveyerga tushirib beradi va jinslar konveyer orqali transport vositalariga yuklanadi. Yuklash mashinasini tanlab olishga qator omillar taʼsir etadi, asosiylari: yuklanadigan kon jinsining tavsifi; lahim koʼndalang kesim yuzasining oʼlchamlari; lahimning qiyalik burchagi; shaxtaning gazdorlik holati va boshqalar. Shaxtalarda qiya kon lahimlarini burgʼilab-portlatish usulida oʼtish uchun maxsus lahim oʼtuvchi komplekslar yaratilgan. Masalan, «Sibir - 1» kompleksi MDX mamlakatlari koʼmir shaxtalarida keng qoʼllanilmoqda. Bu kompleks konstruktiv texnologik jihatdan oʼzaro bogʼlangan uskunalar tizimi koʼrinishida boʼlib, chigʼir (lebedka) yordamida relsda harakatlanadi.

Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kavjoydan ajratib olib, uni transport vositalariga yoki kon jinslari agʼdarmalariga eltib berishni oʼz ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon boʼlib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi. Karьer (razrez)larda qazib-yuklash ishlari uzlukli (tsikli) va uzluksiz printsipda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir choʼmichli ekskavatorlar, yuklagichlar, gʼildirakli skreperlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlar siklli qazib-yuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalarning ishchi organi davriy ravishda xarakatlanuvchi faqat bitta choʼmich yoki qirqish unsuri (buldozer pichogʼi-lemexi) dan tashkil topadi. Uzluksiz printsipda ishlaydigan mashinalar (koʼp choʼmichli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (choʼmichli, qirgʼichli) xalqasimon traektoriya boʼyicha xarakatlanishi tufayli kon jinslarini qazib olib yuklash ishlarini uzluksizligini taʼminlaydi. Kon mashinalariga quyidagi talablar qoʼyiladi: 1) iqtisodiy talablar – ularni barpo etish sharoiti va ishlatish sharoiti; 2) sotsial talablar-ishlatilayotganda va taʼmirlashda toʼla xavfsizlik; 3) texnik talablar-yuqori darajada mustaxkam, ishonchli, yuqori quvvatli, kam energiya sarf qilish, ixcham, unumdorli va x.k.


Download 153.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling