Mavzu: Kon mashina va uskunalari uchun rejali-oldini olish ta’mirlash rejasini ishlab chiqish


Download 363 Kb.
bet2/7
Sana17.12.2022
Hajmi363 Kb.
#1025743
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kon tex 2-MI S SH

Ta’mirlash oralig’idagi davr – (har qanday mahsulotni) ketma-ketlikda ikki marta rejali ta’mirlashni o’tkazish vaqti.
Ta’mirlashning muddati – jihozlarni bo’sh turish vaqtini qat’iy tartibga solish, ta’mirlash uchun uni ta’mirga uzatishdan tortib, ta’mirlash ishlarini bajarish va ta’mirlangan uskunalarni qabul qilish muddati.
Ta’mirlash ishlari rejali yoki rejasiz bo’lishi mumkin. Rejali ta’mirlash ta’mirlash ishlarining hajmi va ish xususiyatiga qarab kapital va joriy ta’mirlashga ajratiladi.
Rejali ta’mir – bu ta’mir asosan rejali tartibda me’yoriy-texnik hujjatlarda ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Rejasiz ta’mir - bu ta’mir rejasiz tartibda normativ hujjatlarda izohlangan tartibda amalga oshiriladi.
Joriy ta’mir - bu ta’mir davomida transportnining ayrim qismlarini almashtirish va tiklashdan keyin undan foydalanish davomida ishlab ketishiga kafolat berishni amalga oshirishdan iborat.
Kapital ta’mir - bu ta’mir transportning tayanch va boshqa har qanday qismlarini sozlagan tarzda to’liq va deyarli to’liq qayta tiklanishi ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ta’mirlash kafolati –foydalanuvchi xodimlar va xizmat qiluvchilar texnologik tartib va uni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilgan taqdirda ta’mirlash ishlarining miqdori kafolat hujjatida belgilangan davrda uning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Ehtiyot qismlar - buyumlarning tarkibiy qismi ularning ishlash layoqati va ishga shayligi ta’minlash maqsadida ulardan foydalanishda bo’lgan vaqtda ularni almashtirish ko’zda tutiladi.
ZIP komplekti – mahsulotlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun o’ziga xos maqsad va foydalanilishiga qarab zarur bo’lgan ehtiyot qismlar, asboblar, jihozlar, materiallar komplekti.
Bo’laklarga ajratish – zarur bo’lgan hollarda mahsulotni qismlarga ajratishni ham hisobga olgan holda uni tarkibiy qismlarini bo’laklash.

Download 363 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling