Mavzu: Kon mashina va uskunalari uchun rejali-oldini olish ta’mirlash rejasini ishlab chiqish
Reja:
1. Asosiy tushunchalar, ta’mirlash metodlari.
2. Ta’mirlash ishlarini tayyorlash va rejalashtirish.
1.Kon mashinalarini ta’mirlashda texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish va uni rejalashtirish, sanash va hisoblash, hujjatlarni yuritishda bir qator o’ziga xos terminlar tushunchasi va ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Texnik xizmat ko’rsatish – transportdan maqsadli foydalanish, kutib olish, saqlash va transport vositasida tashishda, ularning ishga yaroqliyligi va layoqatligini qo’llab-quvvatlashda qator operatsiya yoki keng qamrovli (operatsiyalar) amalga oshiriladi.
Ta’mirlash – mahsulotlarning tarkibiy qismlarini yoki resurslarini (manba) tiklash va ularning ishga yaroqliyligi va layoqatligini tiklashda kompleks operatsiyalarni amalga oshirish.
Ta’mirlashda texnik xizmat ko’rsatish tartibi – ushbu tizimga kiruvchi ijrochilarni zaruriy qo’llab-quvvatlash hamda mahsulotlarning sifatini tiklashda texnik xizmat ko’rsatishni hujjatlashtirish va ta’mirlashda vositalarning bir-biriga bog’liqligi jamlanmasi.
Texnik xizmat ko’rsatishning (ta’mirlash) tartibi – texnik xizmat ko’rsatish (ta’mirlash) shartlarining bajarilishida jumladan ro’yxat va operatsiyalarni bajarilishini davriyligini va zarur hollarda qo’llanilayotgan vositalardan foydalanish bo’yicha tavsiflarni o’z ichiga oladi.
Texnik xizmat ko’rsatish (ta’mirlash) strategiyasi – texnik xizmat ko’rsatish (ta’mirlash) jarayonida mahsulotning texnik holatini tartibga soluvchi qoidalar tizimi.
Ta’mirlash tsikli – mahsulotdan foydalanishda eng kam takrorlanadigan davr bo’lib, bu vaqtda normativ hujjatlarda ko’zda tutilgan tartibda belgilangan turdagi texnik xizmatlarni ko’rsatish va ta’mirlash muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Ta’mirlash tsiklining tuzilishi – ro’yxat va ketma-ket davriylik asosida takrorlanadigan uskunalarni rejali ta’mirlash asosan ta’mirlash tsikli mobaynida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |