Mavzu: Kon mashina va uskunalari uchun rejali-oldini olish ta’mirlash rejasini ishlab chiqish


Download 363 Kb.
bet5/7
Sana17.12.2022
Hajmi363 Kb.
#1025743
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kon tex 2-MI S SH

Ta’mirlash metodlari
Ta’mirlash metodlariga konchilik uskunalarini ta’mirlash operatsiyalarni bajarishdagi tashkiliy texnik qoidalar yig’indisi tushuniladi.



Turli usullardan foydalangan holda ta’mirlash quyidagi faktorlar bilan bog’liq bo’ladi: korxonalarda jihozlarning har xilligi va miqdoriy tarkibi, uning konstruktiv xususiyatlari, ta’mirga yaroqligi, ishlab chiqarish sharoitlarida ta’mirlashni o’tkazish, ta’mirlash korxonalarida ishlab chiqarish va boshqalardan iborat.
Ana shularga asosan konchilik jihozlarini ta’mirlash quyidagi tashkiliy-texnologik usullar asosida o’tkazilishi mumkin: egasiz qolgan, va induvidual, agregatga oid va uzluksiz tarzda.
Zarur bo’lgan hollarda egasiz qolgan usulda mashinalardan yechib olingan yig’ma birliklar va detallar omborxonadan olingan yangisiga yoki ta’mirlanganiga almashtirilishi mumkin.
Induvidual usulda ta’mirga mashina to’liq komplekt tarzda qo’yiladi. Har bir mashinadan ta’mirlash davomida yechib olingan detallar va yig’ma birliklar ta’mirdan keyin yana o’sha mashinaning o’ziga qo’yiladi. Natijada ana yig’ma birliklar va detallar egasiz qolib ketmasdan ulardan to’lig’incha resurs sifatida foydalaniladi.
2 rasmda induvidual usulda mashinani ta’mirlashning texnologik jarayoni sxemasi keltirilgan.

Umumiy ta’mirlash muddati zarur detallarni tayyorlash va ularni ta’mirlash va bo’laklash-yig’ish operatsiyasining vaqtining davomiyligi bilan aniqlanadi.
Korxonalardagi turli tipda uncha ko’p bo’lmagan mashinalar uchun qo’llaniladi. Induvidual metodning kamchiligi shundaki, mashina ta’mir jarayonida uzoq vaqt bekor turib qoladi.
Agregat holatidagi ta’mirning mohiyati shundan iboratki, ta’mirlash korxonasi ma’lum miqdorda egasiz agregat va yig’ma birliklar bo’yicha aylanma fondga ega bo’la turib, ta’mirlanadigan mashinani alohida agregatlarga (yig’ma birliklarga) bo’ladi, tayanch detallarni ta’mirlashni bajaradi va agregat va yig’ma birliklar bo’yicha aylanma fond hisobidan mashinani yig’adi
Mashinadan yechib olingan yig’ma birliklar va agregatlar ta’mirlangandan keyin ta’mirlash bazasining omborxonasiga yuboriladi. Detallarni tayyorlash va ta’mirlash bo’yicha ishlar, bo’laklash va yig’ish ishlarini joyi va vaqti maxsus brigada o’rtasida taqsimlab berilishi sifatni oshirib, ta’mirlash muddati va uni narxini kamaytiradi.
Ekskavatorlarning cho’michining tubi va koromislosi (shayini), tutqichi, cho’mich orqali yig’uvchi rotorlari, bosim mexnaizmi va bloklarni yig’uvchi o’qlar, dvigatellar, reduktor va generatorlardan iborat.
Draglayn, rotolir va boshqa mashinalarning smenalik-tugun (agregat) ta’mirlash o’rniga, ularning yeyilib ketgan qismlarini almashtirish orqali ta’mirlashda bo’lib-bo’lib yuborish usuli keng qo’llaniladi. Bu metodning asosiy mohiyati shundaki, ta’mirlash tsikli davomida mashinani rejali to’xtatishni qisqartirish maqsadida hamma asosiy yig’ma birliklari almashtiriladi.
Bunda kapital ta’mirlash muddati juda qisqa vaqtgacha davom etish imkonini beradi, ayrim hollarda esa bunga yo’l ham qo’yilmaydi. Ta’mirlashga bunday usulni qo’llanilishi mashina uchun asoslangan ta’mirlash tsikllarini ishlab chiqish, ehtiyot qismlarning aylanma fondi miqdorini belgilash, transport vositalarini va ta’mirlash soni hamda nomenklaturasini aniqlashga yordam beradi.
Masalan, to’rtta rotorli ekskavator uchun bir zahirada gusenitsali telejka, yig’ilgan birta rotor, ikkita ag’daruvchi tarqatma va birta yuradigan telejka bo’lishi zarur va boshqalar hisoblab chiqilgan.
Uzuluksiz (potok) ta’mirlash usulida detal va yig’ma birliklar, agregatlar va mashinalarni tiklashda barcha texnologik jarayon uzuluksiz tizim orqali amalga oshiriladi. Yig’ma birliklar va agregatlar tiklangan yoki tayyorlangan detallardan yig’iladi.
Bu ta’mirlash usuli ta’mirlash tufayli korxonada yuqori ishlab chiqarish unumdorligini ta’minlaydi, ishlab chiqarishdagi ishchilari ixtisoslashtirish uskunalarni keng foydalanadilar, mashinalar ta’mirini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ta’mirlash vaqtida mashinalarning bekor turib qolish muddati va ularning narxi qisqaradi. Bir xil tipdagi mashinalar ta’mirlanadigan ta’mirlash korxonalarida bu usuldan maqsadli ravishda foydalaniladi.
Potokli-tugun ta’mirlash usuli potokli usuldan o’zining bir yo’nalishdaga ob’ektlarda kooperatsiya asosida boshqa zavodlardan olingan, ta’mirlangan va silliqlangan tayyor agregat, yig’ma birliklarni yig’ish bilan farq qiladi.
Ta’mirlash korxonalarida konchilik mashinalarini soni va turida qat’iy nazar, quyidagi uzluksiz ta’mirlash usullaridan foydalaniladi: to’xtovsiz-potokli, uzuqli-potokli.
Yig’ma birlik, agregat va bir xil tipdagi mashinalarni ta’mirlashda korxonalarda to’xtovsiz-potokli (birpredmetli) liniyalar tuziladi. Liniyalarda to’xtovsiz ishning borishi qisman ish ritmining baravar qisqaligi ish joylarining ob’ektni yig’ishning umumiy tartibi bilan teng bo’ladi.
Uzuq-potokli liniyalar korxonalarda uncha katta bo’lmagan ta’mirlash ishlarida qo’llaniladi, ish joylarida operatsiyalarning bajarilishini davlmiyligi konchilik mashinalarni (yig’ish) ta’mirlash umumiy maromiga mos kelmaydi. Uzuq-potokli (ko’ppredmetli)liniyalar umumiy ahamiyatdagi korxonalarda qo’llaniladi, chunki ularda turli konchilik mashinalarini ta’mirlash ishlari galma-galdan amalga oshirilishi mumkin. Bunday liniyalar to’xtovsiz-potokli va uzuq-potokli sifatlariga ega bo’ladi.
Ta’mirlanadigan mashinalar tipiga mos qilib liniyalar korxonalar tomonidan amaldagi uskunalar, moslashmalar va instrumentlar bilan jihozlanadi.
Potokli-statsionar ta’mirlash usulida ta’mirlanayotgan konchilik mashinalari ma’lum bir aniq bo’lgan ish joylarida o’rnatiladi, bu yerda ishchining o’zi qismlarga ajratish va yig’ish operatsiyalarini bajaradi.
Belgilangan ketma-ketlikda tekshirilayotgan (yig’ilayotgan) mashinani aylanib o’tib, ishchi o’ziga berilgan operatsiyalarni ma’lum bir maromda amalga oshiradi.
Konchilik mashinalarini ta’mirlash universal, kompleks brigadalar, maxsusulashgan postlar va brigadalar tomonidan bajariladi.



Download 363 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling