Mavzu: Kon mashina va uskunalari uchun rejali-oldini olish ta’mirlash rejasini ishlab chiqish


Ta’mirlash ishlarini tayyorlash va rejalashtirish


Download 363 Kb.
bet6/7
Sana17.12.2022
Hajmi363 Kb.
#1025743
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kon tex 2-MI S SH

2. Ta’mirlash ishlarini tayyorlash va rejalashtirish
Konchilik mashinalaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’li bu ularning ta’mirlash davridagi vaqtini qisqartirishdan iborat. Qisqa muddatlarda ta’mirlashni bajarish faqatgina ishni yaxshi tashkil etish, texnik va material tayyorgarlik bo’lsagina erishib bo’ladi. Odatda tayyorgarlik paytida vaqtning texnik me’erlarini ishlab chiqish, detallarni tiklash va ta’mirlash, tayyorlash uchun texnik hujjatlarni tuzish, ta’mirlash uchun zarur materiallar va sotib olinadigan buyumlar bilan ta’minlash rejasi ishlab chiqish kabilardan iborat bo’ladi.
Ta’mirlash uchun puxta material va texnik tayyorgarlik ko’rish uning davom etish muddatiga bevosita ta’sir etadi. Mashina to’xtab qolgandan keyin ta’mirlashga tayyorgarlik ko’rib o’tkazishni amalga oshirish kerak. Ta’mirlashga texnologik tayyorgarlik o’z ichiga konstruktorlik va texnologik tayyorgarlikni oladi.
Konstruktorlik tayyorgarlikka quyidagilar kiradi: ta’mirlashda detal tayyorlash, ta’mirlash va tiklash uchun mavjud bo’lmagan chizmalarni tayyorlash (zarur hollarda), saralash, komplektlash va (zarur bo’lganda) yetishmayotgan nostandart uskunalarni, moslamalar, instrument va boshqa asbob-uskunalarni chizmalarni tayyorlash.
Mashinalarni ishlab chiqaruvchi zavod qoida bo’yicha faqatgina tez yeyiluvchan detallar uchun iste’molchilarni ma’lum bir miqdorda chizmalar bilan ta’minlaydi.
SHu bilan bir qatorda uzoq muddatga xizmat qilish uchun mo’ljallangan detallarning chizmasi bo’lmaydi. CHizmalarni tayyorlash ehtiyoji konchilik mashinalarini modernizatsiya qilish hamda xorijiyda ishlab chiqarilgan mashinalarni ta’mirlash jarayonida tug’iladi
CHizmalarni tayyorlash vaqtida ko’pincha detallarning yo’qolgan o’lchami tiklashda ularning elementlar hisoblari tekshirilib ko’riladi (geometrik tishli ilashma g’ildiraklar, podshipniklarning o’tkazish joylari)
Detallarning tabiiy yeyilishi qachon sodir bo’lsa, bu holda tayyorlangan chizmada uni oldingi konstruktiv shakli takrorlanib, o’sha materialni o’zi saqlab qolingan holda termik ishlov berish, toza ishlov berish va boshqa holatlari ham e’tiborga olinadi.
Detalning intensiv yeyilishi va uni sistemali buzilish holatlari uning konstruktsiyasini mukammal emasligiga bog’lik yoki ko’zda tutilgandan ko’ra qiyin ish sharoitlari ta’mirlash jarayonida detalni konstruktiv o’zgarishlar asosida modernizatsiya qilishga, materialni almashtirishga, moylash sharoitlarini yaxshilash va boshqalarga olib keladi.
Ta’mirlashda texnologik tayyorgarlik quyidagilarni o’z ichiga oladi: mashinalarni ta’mirlash bo’yicha o’rta va kapital ko’rsatmalarni, xatoni aniqlash bo’yicha texnik shartlarni ishlab chiqish, yeyilgan detallarni yaroqsizga chiqarish va nazorat, shuningdek ularni ta’mirlash va tiklash; ta’mirlashda qismlarga bo’lish va yig’ish operatsiyalarining ketma-ketligi va ularni turini aniqlash, ta’mirlash ishlarini me’yori va qiymati; ta’mirlash uchun zarur bo’lgan asosiy va yordamchi materiallar turi va miqdorini aniqlash ; rivojlantirish va asbob ishlab chiqarish, yetishmayotgan nostandart uskunalar, asboblar; mexanik uskunalar ta’mirlash ob’ektning quvvati rejalashtirish.
Tayyorlovchi zavodlar tomonidan GOST 2.602-68 talablariga muvofiq mashinani ta’mirlash bo’yicha texnikaviy ko’rsatmalar va uni boshqarish tartibi ishlab chiqiladi. Unda ta’mirlashni tashkil etish bo’yicha asosiy talablar va tavsiyalar beriladi va undan ta’mirlashda, ta’mirlash operatsiyalari vaqtida foydalaniladi, ularni bajarishda tayyorlovchi zavod tomonidan uning yuqori ish faoliyati bilan ishlashi kafolatlanadi. Ba’zi hollarda, ta’mirlovchi zavodlar tayyorlovchi zavodlarning tavsiyalarini bajara olmagan taqdirda, hujjatlarga o’zgarishlar qilinadi. Ta’mirlashga material tomondan tayyorgarlik ko’rishning asosiy vazifalari material bo’yicha texnik jihatdan asoslangan buyurtmani tuzish, ularni o’z vaqtida olish va o’z vaqtida yetkazib berishdan iborat. Konchilik asbob-uskunalarini ta’mirlash qiyin bir jarayon bo’lib, o’z tarkibiga turli brigadalar, tsexlar, maxsuslashgan ta’mirlash korxonalari tomonidan bajariladigan juda ko’p sonli turli ishlarni oladi.
SHuning uchun ham ish shunday to’g’ri va o’z vaqtida tashkil etilganki, bu ish ta’mirlashning umumiy davom etishiga, ishchi va asbob-uskunalardan foydalanishga bog’liq bo’ladi.
Ta’mirlashni tashkil etish shunday amalga oshirilishi kerakki, barcha ta’mirlash ishlari ayrim ishlarni o’z vaqtida bajarilishi nazorat qilgan holda hajmi minimal texnikaviy asoslangan vaqt davomida bajarilishi kerak. Ushbu vazifa juda bir oddiy holatda odatdagi ta’mirlashni yo’nalishli yoki mukammalashgan tarmoq grafigi yordamida yechimini topishi kerak.
4- rasmda ochuvchi eksavatorning gusenitsali telejkasi (aravacha) ni kapital (mukammal) ta’mirlashning tarmoqli grafigi keltirilgan.
Tarmoqli grafik – ta’mirning ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik modeli bo’lib, mushkul yo’lda qolgan ishlar va bajarilishi lozim bo’lgan operatsiyalarni o’zaro bog’liqlikni ko’rsatadi. Grafikda ish va ma’lum bir operatsiyalarning natijasi ham aks ettiriladi. Operatsiyalar grafikda 1- 11 raqamlarda ko’rsatiladi, ular o’rtasida ishlar esa chiziq bilan sermashaqqatli mehnat soatlarda ko’rsatiladi. Nol operatsiya ishning boshlanishiga muvofiq bo’lsa, boshqalar esa o’zaro bog’liqlikda va ma’lum bir ketma-ketlikda joylashtiriladi. SHifr va ishlar ro’y’ati grafigi pastda keltirilgan (bir-biri bilan texnologik aloqasi yo’q ishlar, ammo mantiqiy aloqasi nuqtali chiziq bilan bog’liq ishlar rasmda ko’rsatilgan13.4 )





Download 363 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling