Mavzu: Kon sanoatining kompleksining asosiy elementlari Reja


Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari


Download 18.34 Kb.
bet5/5
Sana03.12.2023
Hajmi18.34 Kb.
#1801664
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Kon sanoatining kompleksining asosiy elementlari Reja-fayllar.org

Foydali qazilma konlarining shakllari va yotish elementlari

Qattiq foydali qazilma konlari yer qobig‘ida joylashish bo‘yicha to‘g‘ri va noto‘g‘ri shaklli konlarga ajratiladi.


To‘g‘ri shaklli konlarni qatlamli va qatlamsimon ko‘rinishga ega bo‘lgan konlar tashkil qiladi.
Yer qobig‘ida keng tarqalgan, plitasimon ko‘rinishga ega bo‘l- gan, har ikki tomonidan bir-biriga deyarli parallel tekisliklar bilan chegaralangan foydali qazilma yotqizig‘i «qatlam» deb ataladi. Ikki jins qatlamini bir-biri bilan ustma-ust tutashish tekisligi qatlamlanish tekisligi hisoblanadi.
Xulosa

Foydali qazilmalardan turli maqsadlarda foydalanish faqat ularni massivdan ajratib olib, yer yuziga chiqarib berilgandan so‘nggina amalga oshirilishi mumkin.


Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, tashish, yer yuziga chiqarish va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq ishlar majmui kon ishlari deyiladi.
Yer qobig‘ida kon ishlarini olib borish natijasida foydali qazilma tanasi va kon jinslari orasida sun’iy bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqlar kon lahimlari deb yuritiladi.
Kon lahimlari bajaradigan vazifasiga ko‘ra o‘rganish va kon qazish (ekspluatatsion) lahimlariga ajratiladi.
Konlarni qazib chiqarish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi: konni ochish, shaxta maydonini qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish. Shunga ko‘ra ekspluatatsion kon lahimlari ham uchga, ya’ni kapital (kon ochuvchi), kon tay- yorlov (zaxiraning bir qismini qazishga tayyorlovchi) va qazish (foydali qazilmani bevosita qazib olishga tegishli) lahimlariga bo‘linadi.
O‘tilgan joyga nisbatan kon lahimlari ochiq va yer osti kon lahimlariga ajraladi. Ochiq kon lahimlari yer yuzida, yer osti lahimlari esa, kon jinslari orasida barpo etiladi.

http://fayllar.org
Download 18.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling