Mavzu: Kondensatorlar va ularning asosiy kattaliklari


Download 494 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi494 Kb.
#1122008
Bog'liq
kondensatorlar

  • О‘ZBEKISTОN RESРUBLIKASI ОLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ОNA РОLITEXNIKA INSTITUTI
  • YESKIBT YO‘NALISHI S16-22 GURUH TALABASI XAKIMJONOVA ADIBANING FIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOT ISHI
  • Qabul qildi: Abdulxakim Z.

Mavzu: Kondensatorlar va ularning asosiy kattaliklari.

REJA:

  • 1. Kondensatorlar haqida tushuncha.
  • 2. Kondensatorlar turlari.
  • 3. Kondensatorlarning asosiy kattaliklari.

Kondensatorlar haqida tushuncha.

  • Hozirgi zamon radio qurilmalarida kondensatorlar keng qo‘llanilmoqda. Elektr kondensator dielektrik bilan ajratilgan ikki yoki undan ko‘p elektrodlar (qoplamalar) dan tashkil topgan tizim bo‘lib, bunda dielektrik qalinligi qoplamalar o‘lchamlariga nisbatan kichik. Elektrodlarning bunday tizimi o‘zaro elektr sig‘imiga ega bo‘ladi. Elektr kondensator tayyor mahsulot ko‘rinishida elektr zanjirlarda ishlatiladi, ya’ni jamlashtirilgan sig‘im zarur bo‘lgan paytlarda. Elektr kondensatorlarda dielektriklar sifatida gazlar, suyuqliklar va qattiq elektr izolyasiyali moddalar, shuningdek yarim o‘tkazgichlar xizmat qiladi. Ular tebranish konturlarini hosil qilish, elektr zanjirlarini ajratib qo‘yish uchun, shuningdek, filtrlarning elementi bo‘lib xizmat qiladi.

Kondensatorlar haqida tushuncha.

  • Elektr kondensator qoplamalari orasida gazsimon va suyuq dielektriklar bo‘lganda qoplamalar sifatida metall plastinalar tizimi foydalaniladi, bunda plastinalar oralig‘i doimiy bo‘ladi. Qattiq dielektrik holida elektr kondensator qoplamalari yupqa metall filtlardan tayyorlanadi yoki metall qatlamlari bevosita dielektrikka yotqiziladi. Ayrim turdagi elektr kondensatorlar uchun metall folga sirtiga (1 qoplama) dielektrikning yupqa qatlami yotqiziladi, 2-qoplama sifatida metall yoki yarim o‘tkazgich plyonka, u dielektrik qatlamiga boshqa tomondan yotqiziladi yoki elektrolit (unga oksidlangan folga botiriladi) ishlatiladi.

Kondensatorlar turlari.

  • Qog‘ozli kondensatorlar (1-rasm) past chastotalarda filtrlash, blokirovkalash va o‘tish kondensatorlari sifatida ishlatiladi. Bu kondensatorlardagi dielektrik—maxsus modda shimdirilgan qog‘ozdir.
  • Slyudali kondensatorlar yuqori elektr ko‘rsatkichlarga ega.
  • Ular kichik o‘lchami va arzonligi bilan ajralib turadi. Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida slyuda ishlatiladi. Slyudali kondensatorlar haqida asosiy ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
  • Sopolli kondensatorlar slyudali kondensatorlarga nisbatan ancha yuqori elektr ko‘rsatkichlarga ega. Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida kuydirish yo‘li bilan o‘tkazuvchi qatlam yuritilgan sopol ishlatiladi. Ular qisqa va ultraqisqa to‘lqinli radioapparaturada o‘tish, blokirovkalash va kontur kondensatorlari sifatida keng qo‘llaniladi.

Kondensatorlar turlari.

  • 2-расм. Слюдали конденсаторларнинг ташқи кўриниши:а — КСО типдаги; б— КСГ типдаги; в — СГМ типдаги.
  • 1-расм. Коғозли конден-саторларнинг ташқи кўриниши:а — КБГ-М типдаги; б— ВГМ типдаги; в— КБГ-ММ типдаги.

Kondensatorlar turlari.

  • 3-rasm. Sapolli kondensatorlarning tashqi ko‘rinishi: a- FGT turdagi: b-KTPS turdagi: v – KTK turdagi: g- KTM turdagi: d-KDM turdagi.

Kondensatorlar turlari.

  • Plyonkali kondensatorlar izolyasiya qarshiligining juda yuqoriligi (50 000 MOm gacha) va dielektrigidagi yo‘qotishning kamligi bilan farqlanadi. Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida polistirol (stirofleks)ning yupqa plyonkasi yoki maxsus oynasimon emal ishlatiladi.
  • Plyonkali kondensatorlarning tashqi ko‘rinishi: a - FGT turdagi; b - FT turdagi; v - POV turdagi: g - PM turdagi.

Kondensatorlar turlari.

  • Metallangan qog‘ozli kondensatorlar. Hozirda elektronika sanoatida metallangan qog‘ozli takomillashtirilgan kondensatorlar ko‘plab chiqarilmoqda.
  • 6-rasm. Elektrolitli kondensatorlarning tashqi ko‘rinishi: a — KE-2 M turdagi; b— KE-1 M turdagi; v — EM turdagi; 2 — KEG-2 turdagi.

Kondensatorlarning asosiy parametrlari

  • Kondensatorlarni tafsivlovchi asosiy parametrlari:
  • 1) sig‘im nominal miqdori;
  • 2) nominal miqdordan og‘ishi yo‘l qo‘yilgan miqdor;
  • 3) ish kuchlanishi;
  • 4) teshib o‘tish sinov kuchlanishi;
  • 5) izolyasiya qarshiligi yoki sizish toki hisoblanadi.

Kondensatorlarning asosiy parametrlari

  • Shuningdek, kondensator dielektrigida bo‘ladigan isrofni, harorat va namlik o‘zgarganda sig‘im miqdorining turg‘unligini tafsivlovchi miqdorlar ham uning muhim parametrlari hisoblanadi.
  • Sig‘im nominal miqdoridan og‘ishga yo‘l qo‘yilgan miqdor kondensatorning aniqlik sinfiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p kondensatorlarni qarshiliklarga o‘xshab, uch aniqlik sinfiga bo‘ladi:
  • 1-sinf nominal miqdordan og‘ish ± 5 %;
  • 2-sinf nominal miqdordan og‘ish ± 10 %;
  • 3-sinf nominal miqdordan og‘ish ±26 %.
  • Kondensatorning ish kuchlanishi, uning uzoq vaqt normal ishlashini ta’minlovchi kuchlanish miqdorini ko‘rsatadi. Ish kuchlanish miqdori volt bilan kondensatorning ustida ko‘rsatilgan bo‘ladi

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling