Mavzu: konfliktologiya ilmiy fan sifatida


Konfliktologiya va boshqa fanlar


Download 31.19 Kb.
bet7/7
Sana04.02.2023
Hajmi31.19 Kb.
#1161160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kanfektalogiya ilmiy fan sifatida

Konfliktologiya va boshqa fanlar. O’z-o’zidan ma’lumki, konfliktologiya, har qanday fan singari boshqa fanlar bilan ham uzviy bog’liq. Konfliktologiya birinchi navbatda sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya bilan umumiy jihatlarga ega bo’lishi bilan juda yaqindir, chunki bu fanlar kishilar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadilar. Konfliktologiya inson hatti-harakatlarining sabablari haqida mulohaza yuritish uchun boy ozuqa beruvchi tarix fani bilan bog’liq. Va nihoyat, konfliktologiya turli xil konfliktlar tabiatini, rivojlanish mexanizmini va oqibatlarini aniqlashtiruvchi siyosatshunoslik, iqtisod, etnologiya kabi boshqa ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.
3.Pedagogik konfliktologiyaning maqsad va vazifalari
Konfliktlar uyda, maktabda, ko’chada, o’quvchilar orasida, ota-ona va farzandlar orasida, tinglovchi va o’qituvchilar, yoshi kattalar va yoshlar o’rtasida, jamoa a’zolari o’rtasida paydo bo’lishi mumkin.
Konflikt har bir insonning ajralmas qismi bo’lib, hech bir inson konfliktlardan o’zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi.
Konfliktlar, odatda, ko’p vaqtlar odamlar birga bo’ladigan hollarda, ya’ni uzoq muddat bir-birlari bilan psixologik va ruhiy muloqatda bo’ladigan hollarda, ular ma’lum muddat o’zaro birga bo’lishga majbur bo’lgan paytlarda ko’proq sodir bo’ladi.
Konflikt ijobiymi yoki salbiy xususiyatga egami? Konfliktning o’z ichki tabiati qanday? Nizoni rivojlantiruvchi omillar oldindan bartaraf etsa bo’ladigan vaziyatmi? Inson ziddiyatlarsiz yashay olishi mumkinmi? Bu savollarga javob topish ancha mushkul masala hisoblanadi.
Har bir inson konfliktlar bilan to’qnash kelishi aniq bo’lganligi sababli konfliktlar haqida keng bilimlarni tarbiyalash va shakllantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan, yoshlarda konfliktlar to’g’risida nazariy va amaliy bilimlar, amaliy ko’nikmalar hosil qilish, ularni hayotga tayorlash, yoshlarni jamiyatdagi o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lishida zarur ehtiyoj ekanligini anglagan holda, ana shunday bilimlarni targ’ib qilish bugungi kundagi eng dolzarb mavzularidandir.
Konflikt tabiy hodisadir. Konflikt - oddiy hol. U har kuni biz bilan hamroh, hayotimizga tegishli. Konflikt bo’lgandan ko’ra bo’lmagani ma’qulroq deb o’y-laymiz. Aslida biz konflikt vaziyatidan qochamiz va buni inkor etamiz. Konflikt vaziyatiga tushib qolganimizdagina bu vaziyatni konflikt ekanini anglaymiz va undan chiqib ketish yo’llarini izlaymiz. Konfliklarni biz ma’lum bilimlarsiz to’g’ri baholay olmaymiz. Konfliktlarning yoshlarga, yoshlar o’rtasiga olib kirilishi bejiz emas. Konfliktlarning yoshlarga ta’sirini biz oilada, ota-ona, opa-singillar, mahalla, tengqurlar o’rtasida hamda o’qish va mehnat faoliyatida vujudga kelishini ko’rishimiz mumkin.
Xo’sh biz kimlarni yoshlar deb ataymiz? YOshlar deb, biz aholining o’sib kelayotgan qismini aytamiz. Bular;
1.O’smirlar 11-15 yosh.
2.O’spirinlar 14-21 yosh.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Antsupov A. Ya.,Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 






Download 31.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling