Mavzu: konfliktologiya ilmiy fan sifatida


 Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 31.19 Kb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi31.19 Kb.
#1161160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kanfektalogiya ilmiy fan sifatida

1.1. Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari
Konfliktologiya ilmiy bilimlar ichida eng yosh soha hisoblanadi, ya`ni bu fan sotsiologiya va psixologiya ilmlarining asosida rivojlanib kelmoqda. Konfliktologiya o`z oldiga yo`nalish sifatida XX asrning 50- chi yillaridan sotsiologiya 
ichidan paydo bo`ldi va u «konflikt sotsiologiyasi» degan nomda yuritildi. Bu yo`nalishning olib borilishi R. Darendorfning (Germaniya) «Sotsial`nie klassi i klassovie konflikti v industrial`nom obщestve» «Industrial jamiyatda sinfiy konfliktlar va ijtimoiy sinflar» (1957), shuningdek A. Kozerning (AQSh) — «Funktsii sotsial`nix konfliktov» «Ijtimoiy konfliktlarning funktsiyalari» (1956), nomli ishlari bilan chambarchas bog`liq. Ana shu davrda psixologiya sohasida ham analogik holatlar yuz bera boshladi. M. Sherif, 
D. Rapoport, R. Doz, L. Tompson, K. Tomas, M. Doych, D. Skott va boshqalarning tadqiqotlari natijasida konflikt psixologiyasi o`z oldiga bir yo`nalish bo`lib dunyoga keldi.

2.1.Konflikt tipologiyasining asosiy yo`nalishlari
Konfliktologiya sohasining taniqli tadqiqotchilaridan biri V. P. Sheynov o`zining 
«Konflikti v nashey jizni i ix razreshenie» «Bizning hayotimiz konfliktlari va ularning esimini topish» degan asarida konfliktlarning uchta formulasini keltirib o`tadi (A, B va V). 
Konfliktlarning formulalarining amaliy ahamiyati juda katta, chunki ular ko`plab konfliktlarni tez va oson tahlil qilish va ularni bartaraf qilish yo`llarini topishga yordam beradi. Shu bilan birga bir narsani unutmasligimiz kerakki bu formulalar barcha konfliktlarning echimini topadigan universal metod deb hisoblasak yangilshamiz.
Shu o`rinda konfliktologiyaning ilmiy manbalaridan biri bo`lgan sotsiologiya fanining 
xizmatini ko`rsatmay bo`lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, masalan, jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarni o`rganish uchun albatta, o`ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o`rganmoq lozim, degan fikrni qat`iy turib isbot qildilar.Ular har bir ijtimoiy voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar.Maslan, frantsuz sotsiologi G.Tard har bir individda “ijtimoiy fakt” borligini,bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Ijtimoiy xulqatvor modeli, uning fikricha, doimo individlararo munosabatni o`z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o`rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi.Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo`nalish paydo bo`ldi. Tarddan keyin L.Uord, F.Giddings va boshqalar ruhiy holati bilan uzviy ravishda o`rgana boshladilar. Ularning 
fikricha, ijtimoiy fakt –bu ijtimoiy aql, tafakkur bo`lib, u “jamiyat psixologiyasi” eki 
sotsiologiyaning bahs mavzusidir. 

Download 31.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling