Mavzu: konfliktologiya ilmiy fan sifatida


Konflikt predmeti va ob’ekti


Download 31.19 Kb.
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi31.19 Kb.
#1161160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kanfektalogiya ilmiy fan sifatida

Konflikt predmeti va ob’ekti. Konflikt predmeti deb taraflar o’rtasidagi nifoq (kelishmovchilik)ga sabab bulgan ob’ektiv mavjud bulgan yoki fikran tasavvur qilingan muammoga aytiladi. Har qaysi taraf bu muammoni o’z foydasiga hal qilishdan manfaatdor buladi. Konflikt predmeti - bu shunday ziddiyatki, sub’ektlar u uchun va uning hal qilinishi uchun qarama-qarshi kurashga kirishadilar. Bu xokimiyatga intilish, biror boylikni egallash, ustun mavqega ega bo’lish kabi muammolar bo’lishi mumkin.
Konfliktni hal qilish yo’llarini topishda uning predmetini aniqlash muhim, biroq ko’pincha bu qiyinlik bilan kechadi. Ko’p konfliktlar o’ta chalkash va murakkab holatlar bilan bog’liq bo’ladi. Konfliktlarda bir necha muammolar ustma-ust yuz berishi mumkin. Konflikt predmeti tarkibiy qismlarga bo’linishi mumkin. Bunga uzoq davom etadigan oilaviy kelishmovchiliklar yoki millatlararo konfliktlar misol bo’ladi.
Ishtirokchi taraflar o’rtasida olib boriladigan muzokaralarda konflikt predmeti oydinlashtiriladi, bunda taraflar bir-birining maksad va pozitsiyalarini aniqlashtiradilar.

Konflikt ob’ekti deganda taraflar egallashga yoki undan foydalanishga intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik tushuniladi.
Konflikt ob’ekti bo’lib shaxsiy, guruhiy, ijtimoiy, davlat manfaatlarining predmeti bo’lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi hisoblanadi. Bu element konflikt predmeti bo’lishi uchun turli ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari to’qnashadigan nuqtada bo’lishi kerak, sub’ektlar bunday element ustidan shaxsiy kontrol yuritishga harakat kiladilar. Bunday vaziyatlarga misol : kichik yoshdagi bolalar chiroyli o’yinchok ustida talashadilar yoki u yoki bu hududning tegishliligi haqidagi masala hal qilinmaganligi uchun davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning taranglashuvi.

Konfliktologiya fan sifatida avvalo o’qituvchining kasbiy axloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo’lishidir degan fikrlar asosida ish ko’radi. O’qituvchi o’z navbatida o’z ustida ishlashi talabchan bo’lsagina tinglovchilardan ham ma’suliyatlilikni vazifalarni o’z vaqtida bajarishini talab qila oladi. Pedagog talabchanlik bilan bir qatorda adolatli ham bo’lmog’i o’rinlidir. Pedagog bola bilimini adolatli ravishda holisona baholashni agar guruhda iqtidorli talantlilar bo’lsa ko’proq bunday o’quvchilarni rag’batlantirish ularni yanada o’z ustida ishlashga unday olishi ta’limni samarali tomonlarini ko’rsatadi. Pedagog ma’suliyatli bo’lishi o’quvchilarga mashg’ulot topshirildimi ularni tekshirib o’z vaqtida baholashi lozimdir. YUqoridagi fikrlar konfliktlarni paydo bo’lishicha yo’l qo’ymaydi.


Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. So’nggi vaqtlarda jamiyatimizdagi turli darajadagi o’zgarishlar iqtisodiyotning jadal qadamlar bilan o’sishi ma’naviy, ilmiy, texnikaviy imkoniyatlarning ochilishi murakkablik kasb etib boradigan dunyoni bilish va shu zamonda yashayotgan odamlarning to’qnashuvi natijasida konfliktlarning turli ko’rinishlarini namoyon qilmoqda.
Bugungi kunda konfliktlar mavzusi yoshlar o’rtasiga olib kirilishi bejis emas. Xo’sh aslida konflikt nima? Uni engib bo’ladimi, undan inson o’zini ehtiyot qilishi mumkinmi, konfliktsiz yashash mumkinmi va konfliktning zararli yoki foydali tomoni nimada?
Konfliktlarga biz oilada, opa-singillar, aka-ukalar, yaqinlar, do’stlar, ijtimoiy guruhlar, turli kompaniyalar o’rtasida, shuningdek o’qish va mehnat faoliyatida ham duch kelamiz.
Konflikt o’zi nima? U qanday paydo bo’ladi? Konflikt – o’zaro qarama - qarshi bo’lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq to’qnashuvidir. Hayot konfliktlarga to’la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bunday ziddiyatlarga har qanday yoshda, har joyda va har qanday vaziyatda to’qnash kelish mumkin.


Download 31.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling