Mavzu: Ko’ngdalang kesim yuzasini aniqlash
Download 21.41 Kb.
|
Mavzu: Ko’ngdalang kesim yuzasini aniqlash Reja:
Tik stvollarning ko'ndalang kesim yuzasi Ko'ndalang kesim va ko'ndalang egilish Sim va kabellarning ko'ndalang kesim yuzasi Tik stvollarning ko'ndalang kesim yuzasi - Stvolni o‘tish tayyorlash bosqichidan boshlanadi. Bu bosqich stvol quriladigan maydon ichidagi va uning tashqarisida bajariladigan ishlarni o‘z ichiga oladi. Stvol quriladigan maydon tashqarisida bajariladigan ishlarga quyidagilar kiradi: temir yo‘l, avtomobil yo‘li, aloqa liniyalarini, transformator podstansiyali elektr uzatish, suv uzatish liniyasi va boshqa magistral liniyalarni o‘tish. Bu ishlarning hajmi turlicha bo‘lib, hududning o‘zlashtirilish holatiga bog‘liq bo‘ladi. Rudnikning sanoat maydoni ichida bajariladigan ishlarga quyidagilar kiradi: maydonni rejalashtirish, kommunikatsiyalarni jihozlash, har xil vazifalaarni bajaruvchi yo‘llarni qurish, stvolni jihozlash, stvolning texnologik qismini qurish, stvololdi majmuasi binosini qurish, qurilmalarni o‘rnatish, stvolni uskunalar majmui bilan jihozlash. Bundan tashqari bu bosqichda stvolni o‘tish uchun zarur bo‘lgan doimiy va vaqtinchalik bino va inshoatlar (siqilgan havo va issiq suv bilan ta’minlab beruvchi majmualar, elektropodstansiya) quriladi. Shaxtalarni qurishda tayyorlov bosqichining davomiyligi asosan Shaxtaning quvvati va stvollar soniga, stvollarni o‘tish va jihozlashning texnologik sxemasiga, hamda qurilishda zarur bo‘ladigan doimiy obektlarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Kon qazib olish sanoatida asosan stvollarning aylana va to‘g‘riburchakli Shakllari qo‘llaniladi. To‘g‘ri burchakli Shakl sochma oltinlarni qazib oluvchi korxonalarda stvollarning chuqurligi unchalik katta bo‘lmagan (150 m.gacha) va yog‘och bilan mustahkamlangan hollarda qo‘llaniladi. Aylana Shakl nisbatan keng tarqalgan. Ruda qazib olish sanoatida aylana Shakldagi stvollarning mustahkamlagichning ichki tomoni bo‘yicha diametrini 4 dan 8 m.gacha kattalikda tavsiya etilib, ularning kengayib borish oralig‘i 0,5 m ni tashkil qiladi. Kesim yuzasining aylana Shakli to‘g‘ri burchakli Shaklga nisbatan kon bosimiga chidamli va stvoldan o‘tayotgan havo harakatiga qarshiligi kam. U foydalanish muddati katta bo‘lgan hollarda ham qo‘llaniladi. To‘g‘ri burchakli Shakldagi stvollarda ko‘tarish qurilmasining turi (klet yoki skip) va soniga qarab o‘lchamlari belgilanadi. Stvol maydoni quyidagi bo‘linmalardan iborat bo‘ladi: ko‘tarish qurilmasi o‘rnatiladigan, zinali va trubakabellar o‘rnatiladigan Asosiy stvolning mustahkamlagich ichki tomoni bo‘yicha diametri ko‘tarish qurilmasi, qarshi og‘irlik, zinali bo‘linma, trubalar va kabellarning joylashishini inobatga olgan holda grafik usulda aniqlanadi. Keyin topilgan kesim yuzasi rudnikni shamollatish Sharti bilan tekshiriladi. Yordamchi stvollarning diametri ularda joylashtiriilgan materiallarni, kon massasi ortilgan vagonetkalarni, Shuningdek ishchilarni tushiradiigan va chiqaradigan kletlar o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Stvollarning diametrlarini aniqlashda foydali qazilmalarni qazib olishda xovfsizlik qoidalari tablitsalari va ilovalariga asoslanish kerak. Stvollarning kesim yuzasini tanlash va o‘lchamlarini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi. Kletlar yoki skiplar turi va sonini aniqlash uchun stvol bo‘yicha bir martada ko‘tariladigan yukning og‘irligini aniqlash kerak. Stvolda skip yon o‘qining yo‘nalishi stvol oldi hovlisi va er yuzidagi stvol maydonida qabul qilingan texnologik sxemasi orqali aniqlanadigan yuklash va to‘kish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling