Mavzu: Konserva sanoatining vazifalari va xalq xo’jaligida tutgan o’rni. Konservalangan mahsulot xillari. Konservalash jarayonining xilma-xilligi. Konservalash jarayonlarini xom ashyoga qarab tanlash. Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar
Download 25.95 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-maruza
1-ma’ruza Mavzu:Konserva sanoatining vazifalari va xalq xo’jaligida tutgan o’rni. Konservalangan mahsulot xillari. Konservalash jarayonining xilma-xilligi. Konservalash jarayonlarini xom ashyoga qarab tanlash. Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari. Konservalash — oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash usuli; konserva tayyorlash. K.ning mohiyati: mahsulotlarni tez buzadigan mikroorganizmlar faoliyatini butunlay yoki vaqtincha toʻxtatish, fermentlar faoliyatini soʻndirishdan iborat. Koʻp qoʻllaniladigan usullari: pasterizatsiya, sterilizatsiya, quritish (qoqi qilish), moʻzlatish, achitish, toʻzlash va dudlash. Pasterizatsiya usuli bilan K.da oziqovqat mahsulotlari (mevalar) zich berkitilgan idish — avtoklavlarda 85— 100° temperaturada 30—60 min. qizdiriladi. Bunda mikroorganizmlar faoliyati vaqtincha toʻxtaydi. Sterilizatsiya usulida mahsulot (goʻsht, baliq va boshqalar) solingan idish 112—120° temperaturada qizdiriladi; shunda fermentlar yemiriladi, mikroorganizmlar oʻladi. Konservalarni yuqori chastotali toklar bilan sterilizatsiyalash usuli ham bor. Sabzavot va mevalarni toʻzlash biokimyoviy jarayonlar natijasida qand moddasi va boshqa moddalardan sut kislotasi hosil boʻlishiga asoslangan. Konserva sanoati - oziqovqat sanoati tarmogʻi, tez boʻziladigan oʻsimlik va hayvonot mahsulotlari (meva, sabzavotlar, sut, goʻsht, baliq)ni uzoq muddat saqlash maqsadlarida qayta ishlaydi, yarim fabrikatlar va germetik yopiq idishlarda isteʼmolga tayyor konservalar ishlab chiqaradi. Sanoat usulida konservalar ishlab chiqarish 19-asr boshlarida rivojlandi. Oʻzbekistonda Konserva sanoati 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekiston hududida kustar usul bilan mahsulot tayyorlaydigan 3 kichik konserva korxonasi boʻlib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan. Oʻzbekistonda konserva sanoati 30-yillarda rivojlandi. Asosan, meva va sabzavotlardan konservalar ishlab chiqarila boshlandi. 1929-yil Yangiyoʻl konserva zavodi, 1932-yil Toshkent konserva zavodi ishga tushirildi. 1940-yillar boshida Samarqandda konserva zavodlari qurildi. Urushdan keyingi yillarda Fargʻona, Andijon, Shahrisabz va boshqa shaharlarda oʻnlab konserva zavodi ishga tushirildi, eskilari kengaytirildi va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 1975-yilda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konserni korxonalarida 490 mln. shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chikarildi. 1985-yilda sobiq Ittifokda alkogolizmga qarshi Qonun qabul qilingach, vino zavodlarida turli uzum va meva sharbati ishlab chikarila boshlandi. 1986—89 yillarda konserva ishlab chiqarish 2-marta koʻpaydi. Konserva, korxonalari,asosan,"Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosiy mahsulotlari — meva kompotlari, murabbo, jem, sharbatlar, marinadlangan va tuzlangan sabzavotlar, pomidor pastasi, quritilgan mevalar (qoqilar). Konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda "Oʻzbekbirlashuv" ning ulushi ham salmoqli. "Oʻzbekbirlashuv" tizimida 54 konserva korxonasi bor. Oʻzbekistondan Germaniya, Polsha, Italiya, Malayziya, Yaponiya kabi mamlakatlarga turli meva va sabzavotlar konservalari, pomidor pastasi, mayiz, turli qoqilar eksport qilinadi. Respublikada 90-yillardan koʻpgina jamoa xoʻjaliklarida kichik konserva zavodlari va sexlari ishga tushirildi. Ixtisoslashtirilgan yirik bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik xoʻjaliklari konserva zavodlariga xom ashyo yetkazib beradi. Respublika Konserva sanoati korxonalari yiliga 12 mlrd. shartli banka mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega (2000). 1995-yilda 50 dan ortiq agrofirma ishladi (meva-sabzavot, konservalari ishlab chiqarishga moslashgan "Qashqadaryo", "Namangankonserva", "Samarqand", "Kishmish", "Uchkoʻprik", "Quvasoy" va boshqalar). 2000-yilda Oʻzbekistonda 480,4 mln. Inson qishloq xo'jalik mahsulotlarini iste'mol qila boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug'ullanib kelmoqda. Yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo'lgan. Ko'chmanchi xalqlar yig'ilgan meva va urug'larni saqlash uchun maxsus yerto'lalar qurishgan. Qabilalar o'troq bo'lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlab, zararkunandalardan himoya qila boshlashgan. O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e'tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduz davomida o'zgaruvchan bo'lganligi sababli go'sht, yog', sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. Ma'lumki, qishloq xo'jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmay turib, aholini yil bo'yi turli mahsulotlar bilan ta'minlash masalasini hal qilib bo'lmaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko'paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda. Download 25.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling