Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi


Mavzu: Modda almashinish jarayonlarida va modda o`tkazish koeffitsientlari qiymatlarini hisoblash


Download 2.79 Mb.
bet42/45
Sana13.09.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1677008
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)

27-Amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Modda almashinish jarayonlarida va modda o`tkazish koeffitsientlari qiymatlarini hisoblash


1-masala. 34 oC temperaturadagi atmosfera havosi suv bug`lari bilan to`yingan. Havo-bug` aralashmasining har ikki komponentining ideal gaz sifatida qabul qilgan holda, havoning portsial bosimini, bug`ning gaz aralashmasidagi hajmiy va massaviy ulushlarini (%) va bug`ning nisbiy massaviy kontsentratsiyasini aniqlang. Atmosfera bosimi Ratm=745mm simob ustuniga teng. Havo-bug` aralashmasi zichligini ham aniqlang va uning qiymatini quruq havoning zichligi bilan taqqoslang.
Masalaning yechimi. t=34 oC temperaturada to`yingan suv bug`ining bosimi Rb=39,9 mm simob ustuniga teng ekanligini adabi-yotlar ma’lumotnoma jadvallaridan aniqlaymiz. Ushbu bosim suv bug`ining havo-bug` aralashmasidagi portsial bosimi Rb bo`ladi. Havoning portsial bosimi Rx quyidagicha aniqlanadi:
Rx= Ratm - Rb=745-39,9=705 mm simob ustuni.
Suv bug`ining aralashmadagi hajmiy mol gram ulushi
u=Rb/Ratm=39,9/745=0,0535.
Bug`ning aralashmadagi massaviy ulushi
=Mb·u/[(Mb·u + Mx· (1-u)]=(18·0,0535)/[(18·0,0535 +
+ 29·(1-0,0535)]=0,0339.
bu yerda: Mb =18, Mx=29- suv bug`i va havoning molekulyar massalari.
Bug`ning nisbiy massaviy kontsentratsiyasi
= (1- )=0,0339(1-0,0339)=0,0351 kg bug`/kg havo.
Havo-bug` aralashmasining molgram massasi
Mar= Mb·u + Mx·(1-u)=18·0,0535+29· (1-0,0535)=28,4 kg/kmolg.
Havo-bug` aralashmasining t=34oC temperatura va Ratm=745 mm simob ustuniga teng bosimdagi zichligi
ρar=(Mar·Ratm·To)/(22,4·Ratm·T)=
=(28,4∙745∙273,15)/(22,4∙307,15∙760)=1,105 kg/m3,
bu yerda: To=273,15 oC, T=To+t=273,15+34=307,15 oC.
Quruq havoning ushbu temperatura va bosimdagi zichligi
Rk.x=(Mk.x·Ratm·To)/(22,4∙RatmT)=(29∙745∙273,15)/(22,4∙307,15∙760)=1,13 kg/m3.

Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling