Mavzu: Kontraseptiv vositalar Reja
Download 21.48 Kb.
|
Kontrasevtik vositalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Onkologik kasalliklar xavfini kamaytiradi.
- 2. Husnbuzarlar yo`liga g`ov bo`ladi.
- 3. Hayz og`riqlaridan qutqaradi.
Mavzu: Kontraseptiv vositalar Reja: Kontraseptiv tabletkalarning 7 foydasi. Kontraseptiv vositalarning immunitet tizimiga ta'siri. Kontraseptiv tabletkalarning 7 foydasi Kontraseptiv tabletkalar nafaqat homiladorlikdan saqlaydi. Ularning ayol salomatligiga yana bir qancha ijobiy ta`sirlari bor. Quyida ayrimlarini sanab o`tmoqchimiz. 1. Onkologik kasalliklar xavfini kamaytiradi. Oral kontraseptiv vositalardan uzoq vaqt foydalanish natijasida endometriy hamda tuxumdonlar saratoniga 70 foiz chap berish mumkin. Kontraseptiv tabletkalar ovulyasiya jarayonini to`xtatadi. Jinsiy a`zolar kasalliklari kuzatilgan ayollarga aynan shu jarayonning yuz bermasligi saraton kasalligini oldini olishga yordam beradi. Odatda, ovulyasiya davrida tuxumdonlardagi hujayralar o`z tartibini o`zgartiradi. Sog`lom ayolda har oyda ovulyasiya kuzatiladi. Lekin ginekologik surunkali kasalliklar mavjud holatdarda tuxumdonlarning tinimsiz ishlashi turli o`smalarning rivojlanishiga sabab bo`lishi mumkin. Homiladorlikdan saqlaydigan vositani uzoq vaqt qabul qilib yurish zarar qilmaydimi degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Xavotirga hojat yo`q: shifokorlarning fikriga ko`ra ularni hatto 20 yil hadiksiramasdan ichsa bo`laveradi. Faqat homilador bo`lishni istasangiz, to`xtatasiz. 2. Husnbuzarlar yo`liga g`ov bo`ladi. Aksariyat oral kontraseptiv vositalarning tarkibida ayollar jinsiy gormoni - estrogenning sun`iy ko`rinishi mavjud bo`ladi. Bu gormon teri salomatligiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. O`z navbatida, estrogen testosteron, ya`ni erkak jinsiy gormoni miqdorini pasaytiradi. Odatda, ayol organizmida erkaklik gormoni ko`payib ketsa, terining yog` ishlab chiqarishi faollashadi. Kontraseptiv tabletkalar qabul qilganda husnbuzarlar kamayishining siri ana shunda. Ikki oyda natija ko`zga tashlanib qoladi. 3. Hayz og`riqlaridan qutqaradi. Homiladorlikdan saqlovchi bu dorilar ta`sirida ovulyasiya ro`y bermaydi. Shu sababdan bachadon devori va bo`shlig`ida odatdagidan kamroq o`zgarishlar bo`ladi. Hayz qoni miqdori kamayadi, davomiyligi qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, og`riqlar susayadi. Ba`zi hollarda bu og`riqlarni butunlay unutish mumkin. Davolanish kurslari orasida ma`lum vaqt tanaffus qilinsagina hayz belgilari avvalgi holatiga qaytish ehtimoli bor. Download 21.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling