Mavzu: konveyer transporti


Download 0.65 Mb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1512850
1   2   3   4   5
Bog'liq
KONVEYER TRANSPORTI

Plastinkali konveyerlar
Plastinkali konveyerlar yuqori temperaturali o’ta qo’pol va katta donali yuklarni hamda lentali konveyerlar tashiy olmaydigan yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Tortuvchi organ sifatida har xil turdagi plastinkali va payvand zanjirlar qo’llaniladi. Odatda, plastinkali, vtulkarolikli zanjirlar ko’proq ishlatiladi. Zanjirli tortuvchi organning kamchiligi: sharnir sonining ko’pligi, tez-tez ko’zdan kechirish va to’xtovsiz moylab turishni talab qiladi. Yuqori tezlikda sharnirlarning yeyilishi va zvenolarning uzayishi natijasida zanjirlar salqinlanib qoladi: Odatda, konveyerlarda zanjir tezligi 0,66...1,0 m/c bo’ladi. Zanjirning mustahkamlik zaxirasi koeffisienti bo’yicha uzuvchi umumiy kuch Suz orqali tanlanadi. Suz=Sish  n, H, (6.78) bunda S konveyer zanjiridagi maksimal taranglik kuchi. Agar ikki zanjirli konveyer ishlatilsa, u holda Sish=(1, 6 . . . 1, 8) Sxis, N, (6.79) bunda Sxis zanjirdagi eng katta hisobiy kuch.
Mustahkamlik zaxirasi konveyerning mas’uliyatlilik darajasiga, trassa turiga, shuningdek, ishlash sharoitiga bog’liq bo’ladi. Odatda, mas’uliyati kam va gorizontal konveyerlarda n=6...7. Mas’uliyatliligi yuqori konveyerlar, ya’ni eskalatorlar va o’ta qiya konveyer uchun n=8...10. Tortuvchi organ sifatida zanjirlar qo’llaniladigan konveyerlarda har xil yuklarni tashish uchun plastinkalar, qirg’ichlar, ballonchalar, kovshlar, aravachalar, maxsus qisqichlar va hokazolar o’rnatiladi. Plastinkali uzluksiz yuk tashish konveyerlari yirik donali, qirrali va sochiluvchan mahsulotlarni to’g’ri chiziq bo’ylab va qiya yo’nalishda tashish uchun ishlatiladi. Ishlarni bajarish bo’yicha ko’zg’almas va ko’chma konveyerlarga bo’linadi. Ko’chma konveyerlardan yuklash va tushirish ishlarida foydalaniladi. Qo’zg’almas plastinkali konveyerlarning tezligi 0,010,4 m/s, kalta zanjirli konveyerlarning tezligi esa, 1,25 m/s gacha yetadi. Agar konveyer tezligi oshsa ish unumdorligi 200 t/soatgacha yetadi. Plastinkali konveyerlar asosan harakatlanuvchi 4 va taranglovchi 2 yulduzchalardan, ikki qator uzluksiz zanjir 3 va metalldan tayyorlangan plastinka 1 dan iborat (6.13 – rasm, a). Plastinkali konveyerlarda tortuvchi organ sifatida to’shamali va tez yuruvchi zvenoli zanjirlar ishlatiladi. To’shama po’latlardan tayyorlanadi, bu esa temperaturasi 1400 S gacha bo’lgan mahsulotlarni tashishda qo’l keladi. To’shamalar tekis va to’g’ri burchakli likobchasimon qilib tayyorlanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling