Mavzu: konveyer transporti


Download 0.65 Mb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1512850
1   2   3   4   5
Bog'liq
KONVEYER TRANSPORTI

Qirg’ichli konveyerlar
Qirg’ichli konveyerlar (6.13-rasm, b) turli changsimon, donador va parchali materiallarni tashishda qo’llaniladi. Transportlash jarayonidagi katta ishqalanish va yeyilish bunday konveyerlarning tezligini, uzunligini va unumdorligini chegaralaydi; amalda tezligi 0,16-0,40 m/s, uzunligi 60-100 m va unumdorligi 50- 350 t/s –ni tashkil etadi. Qirg’ichli konveyerlar ham plastinkali konveyerlar kabi tuzilgan, faqat bu mashinalarda to’shamalar o’rniga kurakchalar o’rnatilgan. Kurakchali konveyerlar yuklarni siljitishiga va tuzilishiga qarab ikki turga bo’linadi. Birinchi turga yaxlit sudraluvchi konveyerlar kiradi. Kurakchalar tezligi 0,10,4 m/s va ayrim hollarda 1,4 m/s gacha bo’ladi. Bu konveyerlar ham plastinkali konveyerlar kabi harakatlantiruvchi 4 va taranglovchi 2 yulduzchadan, ikki qator uzluksiz zanjir 3 va kurakcha 5 dan iborat (6.13-rasm, b). Qirg’ichli konveyerlarda zanjirlarni tarang ishlashi uchun, taranglovchi vintli qurilmadan foydalaniladi. Yuritma qismida esa uzatish mexanizmi va yetaklovchi yulduzchalar o’rnatilgan, uzatish mexanizmida sinishni oldini olish uchun saqlagich mufta o’rnatilgan
Vintli konveyerlar
Vintli konveyerlar sochiluvchan va ba’zan mayda donali materiallarni 70 m gacha masofada tashish uchun ishlatiladi. Ular bilan tolali, issiq yoki sovuq, namroq va zaharli modda ajratib chiqaruvchi materiallarni ko’plab tashiladi. Vintli konveyerlar, materiallarni tashish bilan birgalikda, ularni sovutish (0° gacha) va isitish (moy yordamida 750°, gaz yordamida 940° gacha) xususiyatiga ega
Vintli konveyerlar (8.1 – rasm) yuritma 1, kuzatish lyuki, qo’zg’almas nov 7, chetki 2 va orva val 6, oraliq osma tayanch, qopqoq 3, vint o’ramlari mahkamlangan harakatlantiruvchi val 8, yuklash 5 va bo’shatish 9 trubalaridan iborat. Vint o’z o’rnida aylanma harakatda bo’ladi, tashilayotgan yuk esa nov bo’ylab vintning yasovchilari yordamida so’riladi. Vintli konveyerlarning ish unumdorligi, odatda 20…60 m 3 /soat va ayrim hollarda, ya’ni vint diametri katta bo’lganda 100 m 3 /soat gacha bo’ladi. Valning aylanishlar soni tashilayotgan materialga va vint diametriga bog’liq. Masalan, og’ir materiallar uchun, odatda, 50 va yengil material uchun esa 150 min-1 gacha. Vintli konveyerlar materiallarni gorizontal, bir oz qiya (10-20° gacha), shuningdek vertikal yo’nalishda tashish uchun ishlatiladi.Vertikal vintli konveyerda changsimon va donali materiallar tashiladi. Nov rolini vertikal tsilindrik truba bajaradi. Bu konveyerlarning ko’tarish balandligi 25 m gacha, ish unumdorligi esa 50 m 3 /soat gacha, valning aylanish soni 1400 min-1 va vint diametri 400 mm gacha bo’ladi. Afzalligi: tuzilishi oddiy, ko’ndalang kesimining o’lchamlari kichik, germetik, tashqarida harakat qiluvchi qismi yo’q va bo’shatish qulay. Kamchiligi: boshqa konveyerlarga nisbatan materiallarni tashish uchun ko’p elektr energiya sarf qiladi, tashilayotgan materiallar maydalanib ketadi, vint va novning yeyilishi natijasida tez ishdan chiqadi. Bu yeyilish asosan o’tkir qirrali materiallarni tashishda hosil bo’ladi. Vintli konveyer 3 asosiy elementdan tashkil topgan: vint, nov, yuritma. Vint. Vintli konveyerlarda vint 2 eng kerakli va mas’uliyatli element hisoblanadi. Vintlar yaxlit, tasmali fasonli, parrakli va hokazo qilib tayyorlanadi (8.2 – rasm). Bulardan keng tarqalgani yaxlit vintlisidir. Bu vint yakka sektsiyadan yig’ilgan bo’lib, qalinligi 3…4 mm li varaqa po’latdan shtampovka qilib valga payvandlanadi. Vint qadami t = (0,5…1,0) D atrofida olinadi. Tasmali va parrakli vintlar materiallarni tashishdan tashqari, ularni aralashtirish vazifasini ham bajaradi. Vintli konveyerlarning uzunligi 70 m bo’lganligi sababli, vintni har 2…3 metrda ushlab turuvchi osma tayanchli podshipniklar ishlatiladi. Vintlar chapaqay yoki o’naqay, bir, ikki yoki uch kirimli, diametri 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 450, 500 va 600 mm bo’ladi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling