Mavzu: Koordin


Download 430 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi430 Kb.
#1531656
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash

Chaqqonlik - muvofiqlashtirish layoqatlarining majmuaviy namoyonligi sifatida
Ko‘p yillar davomida ilmiy-usuliy bo‘lishi adabiyotlarda “chaqqon” deganda nimani tushunish kerak, uni qanday belgilari mavjudligi, chaqqonlikning insondagi boshqa xususiyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi masalalari keng munozaraga sabab bo‘lib kelmoqda (N.A. Bronshteyn; V.M.Zatsiorskiy; V.I.Lyax; va boshq.). Lekin hozirgi kungacha olimlar orasida chaqqonlikning aniq ta’rifi mavjud emas. Turli va juda qarama - qarshi fikrlar mavjud. Bir hollarda chaqqonlik muvofiqlanganlik, muvofiqlash layoqatlari bilan belgilansa, boshqa hollarda muvofiqlash layoqatlari ko‘rsatkichlarining hosilasi, uchinchi holda-muvofiqlash layoqatlarini namoyon bo‘lishini chegaralovchi, insonning psixomotor xususiyatlari bilan bog‘laydilar. Bunda, chaqqonlikning o‘lchovlari sifatida turli belgilar ishlatiladi.
Insonning bu sifatini tabiatini o‘rganishda N.A. Bronshteynning “Chaqqonlik va uni rivojlanishi” (1991) nomli kitobining o‘rni katta.
Chaqqonlikning muvofiqlash, uning o‘ziga xos belgilari, namoyon bo‘lish shakllari to‘g‘risida keltirilgan nazariy g‘oyalar va qarashlar “chaqqonlik” tushunchasini hajdaqi aniqlash va ma’nosini tushunishga imkon yaratdi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, chaqqonlik faqat sharoitning kutilmagan va

og‘irlashgan vaziyatlarida, insondan bunday vaziyatlardan tez, aniq harakatlar kutilayotgan, to‘satdan va oldindan aytib bo‘lmaydigan hollarda namoyon bo‘ladi.
Chaqqonlik muvofiqlash layoqatlarining integral ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Muvofiqlash layoqatlari va chaqqonlikning farqi shundaki, muvofiqlash layoqatlari xaraktlarning muvofiqlashtirilganligini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat-ning barcha turlarida, chaqqonlik esa harakatlarni tez o‘zgartirish, zukkolik bilan kutilmagan harakat qilish kerak bo‘lgan vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Bulardan kelib chiqqan holda chaqqonlikka insonning ixtiyoriy kutilmagan harakat vazifasini to‘g‘ri, unumli echish xususiyati deb qarash mumkin.

Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling