Mavzu: Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash


Download 46.1 Kb.
bet7/8
Sana08.09.2023
Hajmi46.1 Kb.
#1674580
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11.JTSN va U 2-III-11

Ritm qobiliyatlarini takomillashtirish. Insonning harakat faoliyatini tavsiflovchi omillardan biri ritmik harakatlarni bajara olish imkoniyatidir. Ritm harakatlarda umumlashtiruvchi holdir. U turli elementlarning bir butun sifatida bog‘lanishiga yordam beradi. Harakatlarning ritdaqi to‘g‘ri aniqlash pedagog uchun juda muhimdir. Harakatlarning maqsadga muvofiq ritmini “ushlash” bilan sport natijalarini ham ko‘tarish mumkin. Shug‘ullanuvchilarda kutilmagan chaqqonlik hissi paydo bo‘ladi, u bir muhim narsani topganini tushunadi, shuning uchun avvalgidan kam kuch sarflagan holda ko‘proq samaraga erishadi. Ritmlilik
motor iqtidori ko‘rsatkichlarining biri sifatida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyatlar odatda ikki yo‘l bilan aniqlanadi.

  1. Inson ritmik harakatlarni birin ketin va belgilangan vaqt oralig‘ida kelayotgan ovoz yoki boshqa signallarga mos bajarayotganda.

  2. Harakat vaqtida ritmni signallarni eshitgandan so‘ng belgilanganda (ya’ni xotira bo‘yicha). Masalan, cho‘plar bilan do‘mbiraga urib va boshq.

Harakat o‘lchamlarining (fazoviy, vaqt, kuch) belgilangan ritm andozasidan chetlashish darajasi muvaffaqiyatlar ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi.
Bolalarning ritmik qobiliyatlarini baholashda, berilgan ritmni qaytarishning mutloq xatoligini emas, balki ma’lum testda har bir bolaning shaxsiy sur’atini e’tiborga oladigan o‘zgaruvchan (transformatsiyalangan) xatolikni ishlatish maqsadga muvofiqligi tasdiqlangan.
Nisbatan mustaqil ritmik qobiliyatlarning ikki turi mavjudligi aniqlangan. Birinchisi ritmik harakatlarni asosan bir tekis, ikkinchisi notekis bajarilishida namoyon bo‘ladi. Ritmik qobiliyatni tarbiya qilsa bo‘ladi. Bunda asosiy shartlardan biri musiqa va harakat hissini maqsadli takomillashtirishdir.

Nazorat savollari


  1. Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash tushunchasiga ta’rif bering

  2. “Harakatlarni muvofiqlash”, “muvofiqlanganlik”, “muvofiqlash layoqatlari”, mezon, chaqqonlik tushunchalari haqida ma’lumot bering.

  3. Asab muvofiqliligi, mushak muvofiqliligi harakat muvofiqliligi tushunchalarining o‘zoro aloqadorligi.

  4. Koordinatsion va chaqqonlik qobilyatlarning o‘zoro aloqadorligi.

  5. Harakatning turli belgilarini oldindan ko‘ra bilish layoqati haqida ma’lumot bering.

  6. Sensor tizimning funksional holati haqida ma’lumot bering.

  7. Insonning harakatlarni yodda saqlab qolish va ularni qaytara olish imkoniyati haqida ma’lumot bering.

  8. “Vaqtni his qilish”, “fazoni his qilish” va mushak kuchlanishlarini his qilish”ni takomillashtirish, ritm qobiliyatlarini takomillashtirishning o‘zoro aloqadorligi

Download 46.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling