Mavzu: Ko’p atomli fenollar. Olinish usullari, xossalari va ishlatilishi. Fenollarni aniqlash usullari. Reja
Download 18.34 Kb.
|
8-mustaqil ish
Mavzu: Ko’p atomli fenollar. Olinish usullari, xossalari va ishlatilishi. Fenollarni aniqlash usullari. Reja: Ko’p atomli fenollar olinish usullari Ko’p atomli fenollar xossalari va ishlatilishi Fenollarni aniqlash usullari Fenollar — gidroksil guruxlari aromatik yadro uglerod atomlari bilan bevosita bogʻlangan oksi hosilali aromatik birikmalar. Molekulasidagi gidroksil guruh soniga qarab F. 1 atomli, 2 atomli va kup atomli boʻladi. 1 atomli fenollar gomologik qatorining 1vakili — oksibenzol S6N5 ON odatda fenol xam deyiladi. Toluolning oksi hosilasi (metilfenollar) o, m va lkrezollar, ksilollarning oksi xreilalari esa ksilollar deyiladi. Naftalin qatorning fenollari naftollar deb ataladi. Oddiy 2 atomli F. odioksibenzol — pirokatexin, m dioksibenzol — rezorsin va ldioksibenzol — gidroxinon deb nomlanadi. Koʻp atomli F. pirogallol, floroglyutsin deyiladi. Koʻpchilik F. rangeiz kristallar, ayrimlari suyuq moddalar. Baʼzi F. oʻziga xos oʻtkir hidli. Oddiy F. suvda bir oz, deyarli barcha F. spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. F.ning spirtlardan farqi shuki, ular kuchsiz kislotalar; ishqorlar bilan osongina reaksiyaga kirishib tuzeimon moddalar — fenolyatlar (mas, C6H;ONa) hosil qiladi. Koʻpgina F. oson oksidlanadi. F.ni sintezlashda tegishli galogen hosilalari gidrolizidan (mis tuzlari ishtirokida) foydalaniladi. F. arildiazoniya tuzlari eritmasini qizdirib va boshqa usullarda ham olinadi. Toshkoʻmir smolasi va qoʻngʻir koʻmirning birlamchi dyogoti (chirki) F. qatorlarining muhim manbai hisoblanadi. Baʼzi F. antiseptiklar, antioksidlovchi sifatida qoʻllanadi. F. fenolformaldegid smolalar, poliamidlar va boshqa polimerlar olishda koʻplab ishlatiladi. F. asosida buyagichlar, dori va parfyumeriya preparatlari, pestitsidlar, plastifikatorlar, sirt faol moddalar va boshqa sintez qilinadi. F. zaharli. FENOLOGIYA (yun. phainimena — hodisa va ... logiya) — tabiatdagi mavsumiy hodisalar, ularning boshlanish muddatlari va shu muddatlarni belgilovchi omillar toʻgʻrisidagi bilimlar sistemasi. "F." terminini belgiyalik botanik Sh. Morran taklif etgan (1853). Yuksak oʻsimliklarda kurtaklarning boʻrtishi va yozilishi, barg chikarishi, gunchalash (shonalash), gullash, urugʻ va mevalarning pishib yetilishi, kuzda barglar sargʻayishi va toʻkilishi (xazonrezgilik); sut emizuvchi hayvonlarda qishki uyqudan uygʻonish, juftlashish, bolalash, mavsumiy tullash va h.k.; qushlarda bahorgi uchib kelish, uya solish, tuxum qoʻyish, joʻja ochish, kuzgi uchib ketish va boshqa; baliqlarda bahorgi serharakat hayot, uvildiriq (ikra) tashlash, mavsumiy koʻchib yurish; hasharotlarda qishlab chiqqan individlarning bahorgi uygʻonishi, gʻumbaklardan hasharotlar paydo boʻlishi, tuxumdan lichinka (qurt) ochib chiqishi, juftlashishi, tuxum qoʻyishi va h.k.ning sodir boʻlish muddatlarini oʻrganadi. Tekshirish obʼyektiga binoan, F. umumiy va xususiy F.ga boʻlinadi. U mumiy F. tabiat taraqqiyotini yil fasllarining bir meʼyorda almashinib turishi bilan bogʻliq holdagi yaxlit hodisa sifatida oʻrganadi. Xususiy F. fitofenologiya yoki oʻsimliklar F. si hamda zoofenologiya — hayvonlar F.siga boʻlinadi. Fitofenologiyada madaniy va yovvoyi oʻsimliklar, begona oʻt va boshqalarning mavsumiy rivojlanishi oʻrganiladi. Tabiatdagi mavsumiy hodisalar qadimdan oʻrganila boshlagan. Xozirgi ilmiy F. 18-asrda qaror topdi. 1734-yilda fransuz olimi R. Reomyur gʻalla ekinlari va hasharotlarning mavsumiy rivojlanishi xaroratga bogʻliq ekanligini oʻrgana boshladi. 1748-yildan boshlab K. Linney fenologik kuzatishlar olib bordi va 1750-yilda kuzatuv punktlarining birinchi tarmogʻini tashkil etdi. 19-asr oʻrtalariga kelib, Gʻarbiy Yevropadagi barcha yirik mamlakatlar va Rossiyada fenologik kuzatishlar olib boriladigan boʻldi. 20-asrda fenologik kuzatishlar va tadqiqotlar Markaziy Yevropadagi hamma mamlakatlar hamda AK,Shda, keyinroq borib, boshqa mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham keng tarqaldi. Tabiatdagi mavsumiy hodisalarning boshlanish muddatlarini belgilab beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik F. oʻrganadi. Bu omillar endogen va ekzogen omillarga boʻlinadi. Ekzogen omillarni tashqi muhit belgilaydi. Oʻsimliklarning bahorgi uygʻonish muddatlarini, asosan, issiqlik rejimi belgilab beradi. Hayvonlarda mavsumiy hodisalarning muddati, koʻpincha, ularning oziklanish sharoiti bilan bogʻliq. Mac, hasharotxoʻr qushlar bahorda hasharotlar koʻpaygan vaqtda uchib keladi. Odatda, oʻsimliklar ustida oʻtkaziladigan fenologik tadqiqotlarda vizual kuzatish, miqdoriy oʻlchash (mas, oʻsimliklar massasining oʻsishi), integral (u yoki, bu rivojlanish fazasiga kirgan oʻsimliklar soni foiz hisobida) metodlar qoʻllanadi. Har yillik kuzatishlar natijasi spektrlar shaklida; muayyan hududda oʻsimliklarning har xil fenofazaga kirish muddatlari jadval va grafik shaklda tabiat kalendariga qayd etib boriladi. Odatda, bunday kuzatishlar maxsus ajratilgan tajriba maydonchalari va tabiat qoʻriqxonalarida oʻtkaziladi. Kuzatish natijalari, yaʼni u yoki bu fenofazalar muddati geografik atlaslar tarkibiga kiruvchi fenologik xaritalarga tushiriladi. F. maʼlumotlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va hosilni yigʻishtirib olishning eng qulay muddatlarini belgilab berish, asalarilar uchun asal shirali oʻsimliklar va yashil xiyobonlar tashkil etish uchun daraxtlarni tanlashda, oʻrmonlarda va boshqa joylarda yongʻin eng koʻp xavf tugʻdiradigan fasllarni aniklashda foydalaniladi.Undan Tashqari TKTI da qo'llaniladi Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling