Mavzu: Ko’p tаrmоqli fеrmеr хo’jаliklаridа dаrоmаdni оshirish yo’llаri. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va tahlili


Download 38.19 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi38.19 Kb.
#1582770
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs ishi Ko’p tаrmоqli fеrmеr хo’jаliklаridа dаrоmаdni оshirish yo’llаri

2. 2. Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va tahlili.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat oldida turgan iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishning asosiy omillaridan biri mehnat unumdorligini oshirish hamda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama yuksaltirishga erishishdan iboratdir. Ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va ishlab chiqarish munosabatlarining xarakteriga bog`liq bo`lgan ishlab chiqarish faoliyatining natijalari mujassamlangan. Fermerning mehnat unumdorligiga ta`sir etuvchi omillar: 1) moddiy-texnika omilari (texnika jarayoni, tabiat resurslarining xarakteri, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, avtomatlashtirish va boshqalar) 2) shaxsiy omillar, (xodimlarning ixtisosi, malakasi, tadbirkorligi) 15 3) ijtimoiy mehnatning qanday tashkil qilinganligini ko`rsatuvchi omillar (ixtisoslashtirish, kooperatsiyalashtirish, ishlab chiqarishni kombinatsiyalashtirish, korxonalarda mehnatni bozor sharoitlarida shakllantirish) 4) tabiiy omillar (ob-havo sharoiti, suv, issiqlik temperaturasi va boshqalar) guruhiga bo`lish mumkin.
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaligida mehnat unumdorligini oshirishda ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti va ilg`or tajriba yutuqlarini hisobga olgan holda intensiv rivojlanadi. Fermer ishlab chiqarishining fond va energiya bilan qurollanish darajasining orta borishi natijasida mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti tejaladi, mehnat sarfi kamayib har bosh chorvadan olinadigan mahsulot miqdori, har gektar ekin maydonidan olinadigan hosil miqdori ortib, oqibatda mehnat unumdorligi oshadi. Fermer xo`jaligida mehnat unumdorligini oshirish omillaridan biri ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashga o`tishni tezlashtirishdir.
Tuproq unumdorligini muntazam oshira borish, ko`plab qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish va sarflangan mehnat samaradorligini oshirishdir.
Yerni muntazam ravishda mineral va organik o`g`it bilan o`g`itlash, sug`orilib dehqonchilik qilinadigan ekin maydonlarini kengaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashsh, yuqori hosil beradigan ekin navlari hamda hayvon zotlarini yaratish va ishlab chiqarishda keng ko`lamda foydalanish, fan-texnika va agrotexnika talablariga to`la rioya qilgan holda yerga ishlov berish va boshqa tadbirlar tuproq unumdorligi ortishiga, hosil ko`payishiga, mahsulot 16 sifati yaxshilanishiga va oqibatda mehnat unumdorligi ortishiga olib keladi. Chorvachilikda mehnat unumdorligining ortishi ko`p jihatdan mustahkam ozuqa bazasi yaratish va hayvonlarni ilmiy ratsion asosida boqishni tashkil etishga bog`liqdir. Mehnat unumdorligini oshirishda mehnat intizomini mustahkamlash ham muhim rol o`ynaydi. Mehnat intizomi buzilgan yerda ishlab chiqarishni yuksaltirish mumkin emas.
Mehnat intizomini mustahkamlamasdan turib, kunlik ish meyorlari o`z muddatida bajarilmaydi. Fermer xo`jaliklarini rivojlantirish bo`yicha hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlarga o`zgartirish kiritilib, yollanma ishchilarni jalb qilish va ularga mehnat qonunchiligi bo`yicha haq to`lash tashkil etiladi. Fermer xo`jaligida mehnat intensivligini oshirish katta ahamiyatga ega bo`lib, uning natijasida mahsulot ishlab chiqarish jarayonida faqat jonli va buyumlashgan mehnatgina tejalib qolmasdan, sarflangan vaqt ham qisqaradi. Mehnat intensivligining o`sishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish ko`payadi, ishlab chiqarish vositalaridan unumli foydalaniladi. Ish kunidan unumli foydalanishga erishish mehnatni ilmiy asosda meyorlashtirishga ko`p jihatdan bog`liqdir.
Mehnatni ilmiy asosda meyorlashtirish va meyorlarni takomillashtirish faqat mehnat resurslaridan to`la va unumli foydalanilishga emas, balki asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishga imkon yaratadi. Fermer xo`jaligida mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish natijasida sarflanayotgan mehnatning unumdorligi oshishini ta`minlash mumkin. Buning uchun 17 fermerlar ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlarning ishga yaroqliligini oshirish hamda ulardan yil davomida foydalanishga erishishdan iborat.
Fermerlarni ishlab chiqarish resurslari, moliyaviy resurslar bilan ta`minlash orqali mehnat unumdorligini oshirish hamda kadrlarning malakasini oshirib ularni joy-joyiga qo`yish hamda iqtisodiy siyosatni ommaga to`g`ri tushuntirish ham ijobiy rol o`ynaydi. Fermer xo`jaligida mehnat unumdorligini oshirish tabiiy sharoitlarga va fantexnika taraqqiyoti yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishga ham bog`liqdir.
Ekin maydonlarining optimallashtirilishi samarasida joriy yilda unumdorligi va hosildorligi past yerlar hisobidan paxta dalalari 30,5 ming gektarga qisqartirildi. Paxtadan bo`shagan yerlarga ilg`or agrotexnologiyalarni joriy qilish asosida meva – sabzavot ekildi.Fermer xo`jaliklari soni 17.9 mingtaga ko`paydi va 101 mingtani tashkil etdi. 2016 – 2020 – yillarda meva – sabzavotlarni saqlash bo`yicha moddiy – texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirish chora – tadbirlarini amalga oshirish doirasida 27.6 ming t meva – sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 57 yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va 250 t meva – sabzavot saqlanadigan 2 sovutish kamerasi modernizatsiya qilindi. 18 Qishloq xo`jaligida fermer xo`jaliklarining tutgan o`rni Yillar 2000 2015 Soni mingta 43,8 101,1 Ekin maydondagi hissasi % 16,7 85.2 O`rtacha yer uchastkasi ga 14,4 36,1 Hissasi: Paxtada % 18,3 99,6 G`allada % 14,5 85,0 Pillada % 15,3 98,2 Qishloq xo`jaligi Yalpi mahsulotidagi ulushi % 5,5 33,1 Shu jumladan: % 9,7 52,8 Malakatimiz qishloq xo`jaligida chuqur tarkibiy o`zgaishlar amalga oshirilmoqda.
Murakkab ob – havo sharoitiga qaramasdan fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli 2015 yili mo`l hosil yetishtirildi - 7 million 500 ming tonnadan ziyod g`alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. Qishloq xo`jaligining meva – sabzavotchilik, bog`dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal sur`atlarda rivojlandi. O`tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi. 19 2015 – yilda qishloq xo`jalik korxonalarining qishloq xo`jalik yalpi mahsulotlaridagi ulushi.
Q/X korxonalari Fermer xo`jaliklari Dehqon xo`jaliklari 2,0 % 33,1 % 64,9 % Chorva mahsulotlari 3,1 % 4,5 % 92,4 % 2016 – yilda 2015 – yilning 1 – yarmiga nisbatan: YaIM hajmi 7,8% Sanoat 6,7 % Qishloq xo`jaligi 6,8 % Chakana savdo aylanmasi 14,1% Qishloq xo`jaligida 2016 –yilda meva – sabzavot yetishtirish 11,2 %, kartoshka 9,7 % oshdi. Go`sht yetishtirish 24 %, sut 30 %, tuxum 42 %ga oshdi. 2016 –yil oxirida mamlakatimizda qoramollar soni - 12 million 165 ming, qo`y va echkilar soni – 19 million 565 ming, parrandalar soni – 65 million 785 mingni tashkil etdi. 2016 – yilda xorijdan 60 mingdan ziyod mahsuldrligi yuqori bo`lgan qoramollar keltirildi. 2016 – yil chorvachilikda 3000 dan ziyod loyiha hayotga tadbiq etildi.
20 Yer qishloq xo`jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi, shuning uchun ham qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning asosiy ko`rsatkichlari foydalaniladigan yer maydoni, ekin maydoni, ekin maydonlarining strukturasi va qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligi, yem xashak ekinlarida esa gektaridan chiqadigan ozuqa birligi bilan o`lchanadi. Chorvachilikning rivojlanishi va ishlab chiqarish hajmi ko`rsatkichi – chorva bosh soni, tarkibi, mahsuldorligi va yalpi mahsuloti bilan o`lchanadi. Iqtisodiy ko`rsatkichlarga: 1) yalpi va ttovar mahsulotining hajmi; 2) mehnat unumdorligi ko`rsatkichi; 3) mahsulot tannarxi; 4) yalpi va sof daromad; 5) rentabellik darajasi kabilar kiradi. Yalpi mahsulot xo`jalikda yetishtiriladigan jami mahsulotni yoki uning ayrim ishlab chiqarish tarmog`ida yetishtirilgan mahsulotning umumiy hajmini aks ettiradi. Tovar mahsuloti yalpi mahsulotning sotish uchun mo`ljallangan qismidan iborat. Ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko`rsatkichlaridan biri mehnat unumdorligidir, u har bir xodim yoki sarflangan mehnat birligi hisobiga olinadigan mahsulotni aks ettiradi. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish samaradorligi ko`rsatkichlari ichida mahsulot tannarxi, foyda va rentabellik muhim o`rin egallaydi.
21 Mahsulot yetishtirish va uni sotish uchun pul shaklida ifodalangan hamma xarajatlar mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi samaradorligining ko`rsatkichlari orasida asosiy va aylanma fondlarning samaradorlik darajasi ham muhim rol o`ynaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so`mi hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmi – fond samaradorligi darajasini belgilaydi. Ixtisoslashtirish asosida qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini smaradorligini oshiradi. Bu esa yangi texnika va texnologiyadan samarali foydalanish, ish kuchinitarmoqlarga yil bo`yi to`g`ri taqsimlash va tuproq iqlim sharoitlaridan unumliroq foydalanish imkoniyatini yaratadi. Qishloq xo`jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirishda tabiiy va iqtisodiy omillar hisobga olinadi: A) tabiiy faktorlarga tuproqning turi, unumdorligi, o`ratcha harorat, yog`ingarchilik miqdori, joyning relbefi, dalalarning hajmi, ekinzorlar, yaylovlar va pichanzorlarning mavjudligi kiradi; B) iqtisodiy omilllarga ishlab chiqarishning shahar va sanoat markazlariga yaqinligi, texnika taraqqiyoti, trasport, yo`l, aloqa va mehnat resurslaari bilan ta`minlanganligi, kapital mablag` sarflashni ko`paytirish imkoniyatlari va aholining avloddan avlodga o`tib kelayotgan shakllangan mehnat malakasi kiradi, ya`ni har bir zonada o`zi uchun an`ana bo`lib qolgan tarmoqlar, ekinlar, chorva turlari ixtisoslashtirishni belgilashda hisobga olinadi. Ixtisoslashtiriligan ishlab chiqarishda fan va ilg`or 22 tajriba yutuqlarini joriy qilish uchun qulay sharoitlar yaratiladi, xarajatlarni ko`p miqdordi tejab qolishga erishiladi, ishlovchilar va mutaxassislar ham ixtisoslashadi. Natijada gektar birligi, chorva bosh soni hisobiga ko`proq mahsulot ishlab chiqiladi. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini mamlakatning tabiiy iqtisodiy zonalariga qarab ilmiy jihatadan asoslangan holda to`g`ri joylashtirish, ixtisoslashtirish va konsentratsiyalashtirish zarur. Bu qishloq xo`jaligini yuksak sur`atlar bilan rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini joriy etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish hamda ularning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi.
Islohotlarning dastlabki bosqichida fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ularni yetakchi kuchga aylantirish bo‘yicha mustahkam huquqiy asos hamda zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi va “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar yerning haqiqiy egasi sifatida fermer va dehqon xo‘jaliklarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi hamda ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub’ektlar sifatida shakllanishi va rivojlanishini ta’minladi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, fermer va dehqonlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘tkazilgan islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99 foizidan ortig‘i fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer maydonlarida yetishtirilishiga erishildi.
Shu bilan birga, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda, tizimda bozor mexanizmlarini joriy etishda, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borishda hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:
birinchidan, fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston fermerlari kengashi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmadi;
ikkinchidan, aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolmoqda. Uzoq yillar foydalanilmayotgan tomorqa yer egalarining yerga nisbatan munosabatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha tizimli ish olib borilmayapti;
uchinchidan, fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlari hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish ustidan parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati lozim darajada o‘rnatilmagan;
to‘rtinchidan, fermer xo‘jaliklarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan cheklanib qolmoqda, ularning qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulotlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatish kabi ko‘p tarmoqli faoliyatini yo‘lga qo‘yishda mavjud imkoniyatlardan foydalanilmayapti;
beshinchidan, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatishda zarur infratuzilmalar yaratilmagan hamda sohada bozor mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan;
oltinchidan, aksariyat fermer xo‘jaliklarining bugungi moliyaviy ahvoli zamonaviy, resurstejovchi qishloq xo‘jaligi texnika vositalarini xarid qilish, ishlab chiqarishda ilg‘or agrotexnologiya, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini bermayapti;
yettinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari a’zolari va tomorqa yer egalarining qishloq ho‘jalik mahsulotlarini yetishtirish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish tizimi, shuningdek fermer xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini tashkil etish holati bugungi kun talablariga javob bermaydi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirish maqsadida:
1. Quyidagilar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning hozirgi bosqichdagi ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish, ushbu sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
ikkinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan tizimini yaratish;
uchinchidan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarini aniq belgilash hamda ularning javobgarligini kuchaytirish;
to‘rtinchidan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish;
beshinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, ularning tayyorlov, qayta ishlash, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
oltinchidan, “Tomorqa – qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini qishloq aholisi orasida keng targ‘ib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish;
yettinchidan, yer egalarining bilim va tajribalarini oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, fermer xo‘jaliklarining mehnat munosabatlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish.
2. O‘zbekiston fermerlari kengashi konferensiyasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston fermerlari kengashi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari sifatida qayta tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. 2018-yil hosilidan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi har oyda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilib boriladi;
yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishigacha bo‘lgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘riladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga:
hududlarda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi sharoitlari og‘ir bo‘lgan tumanlarda, ekin ekish ahvolini har oyda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan o‘rganish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida amaliy choralar ko‘rish;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligining xalq deputatlari tuman Kengashlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida muhokama qilinishi ahvolini doimiy ravishda senatorlar tomonidan o‘rganish hamda har chorakda Oliy Majlis Senatining majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotini joriy etish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda 2018 yil 1 oktyabrga qadar barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda ularning yagona reyestrini shakllantirsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda shakllantirilgan yagona reyestrning nazorat holatida yuritilishini, undagi ma’lumotlarning haqqoniyligi, to‘liqligi va doimiy ravishda yangilanib borilishini ta’minlasin.
6. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasining 2018-2021-yillarda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan fermer xo‘jaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Z.Mirzayev, J.Qo‘chqorov) har yili fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kesimida hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida tasdiqlanishini ta’minlasin, shuningdek hududiy dasturlar asosida ishlab chiqilgan respublika miqyosidagi dasturlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov, Z.Mirzayev):
ikki oy muddatda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, meva-sabzavotchilik, asalarichilik va qishloq xo‘jaligining boshqa muhim yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari loyihalarini kiritsin;
uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi samaradorligi va rentabelligini oshirishda, ayniqsa paxta yig‘im-terimini mexanizatsiyalashtirishda bozor infratuzilmalarini, innovatsiyalarni, fan yutuqlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek sohada mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda 2018-2020-yillarda respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin.
8. Dehqonchilik madaniyatini oshirishda munosib hissa qo‘shgan va ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishgan fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalariga taqdim etiladigan “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari ta’sis etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22-oktabrdagi PF–4478-son “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri, 2017-yil 9-oktabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga
Mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va aholining munosib hayot kechirishini ta’minlashda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish masalasi alohida o‘rin tutadi.
Shu sababli o‘tgan davr mobaynida fermerlik harakati, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish kabi yo‘nalishlarda bir qator islohotlar amalga oshirildi. Natijada fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub’ektlarga aylandi.
O‘tkazilgan islohotlar tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99 foizidan ortig‘i fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer maydonlarida yetishtirilishiga erishildi.
Ayni vaqtda amalga oshirilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu sohada erishilgan yutuqlar bilan birga o‘z yechimini kutib turgan qator muammo va kamchiliklar ham to‘planib qolgan.
Bundan besh yil oldin tashkil etilgan O‘zbekiston fermerlari kengashi fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmadi.


Download 38.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling